J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Global moliya bozoridagi moliyaviy innovatsiyalar



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/112
Sana20.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#828840
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112
Bog'liq
J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori

 
9.1. Global moliya bozoridagi moliyaviy innovatsiyalar. 
Aniq bir bozor sharoitida keng tarqalmagan, axborotlarni, likvidlikni, risklarni, 
daromadlarni va moliyaviy resurslarni samaraliroq qayta taqsimotini ta’minlovchi, 
bunday qayta taqsimlash orqali qo‘shimcha foyda olishni ko‘zlagan moliyaviy 
texnologiyalar - moliyaviy innovatsiyalar tushunchasida namoyon bo‘ladi. 
Moliyaviy innovatsiyalar ko‘pincha bozor orqali moliyalashtirish vositalari - 
qimmatli qog‘ozlar, ya’ni optsionlar, fyucherslar, shuningdek, qarzli obligatsiyalar, 


140 
aktivlar, uy-joy ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatli 
qog‘ozlar ko‘rinishida standartlashgan bitimlar shaklida paydo bo‘ladi. Standartlashgan 
bitimlar ularni tuzishdagi vaqtni tejalishiga, xarajatlarni qisqarishiga, risklarni 
kamayishiga va bunday vositalar likvidligini oshishiga olib keladi.
Ma’lumki, nazariy jihatdan moliyaviy innovatsiyalar moliyaviy mahsulotlar va 
xizmatlar turlarini ko‘paytirish hisobiga moliyaviy vositachilik samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi. Bunda bir tomondan, individual jamg‘armalarga bo‘lgan talab, 
ikkinchi tomondan, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mablag‘ jalb 
qilishga bo‘lgan talab qondiriladi. Kapitalning jamg‘arilishining bunday jadallashuvi 
iqtisodiy o‘sishga olib keladi
15

Moliyaviy innovatsiyalarning jadal rivojlanishiga asosiy sabab o‘tgan asrning 70-80 
yillarida foiz stavkalar va valyuta kurslar tebranishi hamda inflyatsiya sur’atlarining tez 
oshib borishi bo‘lib hisoblanadi. Bunday sharoitda bozordagi risklarni xedjirlash 
imkonini beruvchi samarali vositalarga bo‘lgan talab ortdi va natijada ushbu muammoni 
bartaraf etuvchi yangi moliyaviy texnologiyalar, vositalar jadal rivojlandi. Hozirgi kunda 
derivativlar nominal qiymati global YaIMdan 10 marta ko‘pdir.
Albatta moliyaviy innovatsiyalar rivojlanishini moliyaviy erkinlashtirishning 
samaradorligi bilan bog‘lash mumkin. Ta’kidlash joizki, moliyaviy erkinlashtirish 
natijasida resurslarni taqsimlash takomillashdi, iqtisodiy o‘sishning barqarorligi ortdi, 
moliyaviy vositachilikning tannarxi pasaydi, riskni baholash va undan himoyalanish 
imkoniyatlari kengaydi. Moliyaviy innovatsiyalar rivojlanishini texnologiyalarning 
taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Moliya tizimiga innovatsion texnologiyalarning 
joriy etilishi texnik-iqtisodiy taraqqiyotning bir “to‘lqini”dan boshqasiga o‘tish uchun 
zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi
16

Yoppasiga moliyaviy innovatsiyalarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan boshqa asosiy 
omillardan biri milliy moliya bozorlariga ta’sir ko‘rsatuvchi hukumatning tartibga solish 
talablarini o‘zgarishi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni bu milliy nazorat organlari tomonidan 
15
Chou, Yuan K. Modeling Financial Innovation and Economic Growth: Why the Financial Sector Matters to the Real 
Economy // Journal of Economic Education. 2007. Vol. 38. № 1. Р. 78-91. 
16
Сергиенко Я. О финансовом механизме длинноволновых технико-экономических изменений // Вопросы 
экономики. 2004. №1. 


141 
aktivlar sifatiga va kredit tashkilotlari kapitalining etarligiga ko‘yilgan talablarning 
kuchayganligi orqali namayon bo‘ldi. Bu aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar 
kabi moliyaviy vositalarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bunday omillarning o‘zaro 
ta’siri risklarni kamaytiruvchi, ortiqcha likvidlikni paydo qiluvchi, moliya bozori 
faoliyatidagi yangi shartlarga javob beradigan kapital va qarz majburiyatlarini yuzaga 
keltiruvchi innovatsion moliyaviy vositalarga bo‘lgan talabni jadal o‘sishiga olib keldi.
Biroq moliyaviy innovatsiyalarning baholar dinamikasiga nisbatan bir tekis ta’sirga 
ega bo‘lmasligini ham qayd etish joiz. Boshqacha aytganda, moliyaviy innovatsiyalar 
ta’siri natijasida baho mavjud shart-sharoitlarga nisbatan yanada ta’sirchan bo‘lib qoladi. 
Moliyaviy innovatsiyalarning sezilarli darajada noaniqligi sharoitida baholar 
tebranuvchanligining oshishi ehtimoli yuqori bo‘ladi
17

Bugungi kunda investitsion banklar tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy 
mahsulotlar turli-tumanligi va son jihatdan ko‘pligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari 
shuni ko‘rsatadiki, investitsion banklar yangi moliyaviy vositalarni yaratish jarayonini 
harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi. Bunga sabab ularning asosiy 
faoliyati moliyaviy vositachilik, ya’ni moliyaviy xizmatlarni taklif etishdan iborat 
ekanligidir. 
Moliyaviy innovatsiyalarning asosiy qismi hosila moliyaviy vositalar guruhiga 
to‘g‘ri keladi. Dastlab ular xalqaro bozorlarda tarqalishadi, so‘ngra milliy bozorlarga 
kirib keladilar. Milliy bozorlarga moliyaviy innovatsiyalarni tarqalishi va kirib kelishi 
davlatning tartibga soluvchi organlari tomonidan bozor qatnashchilari ish tartibiga va 
ularga ko‘yilgan cheklovlarga to‘sqinlik qiladi. Xalqaro bozorlarda bunday tartiblar 
bo‘lmaydi va shuning uchun ular moliyaviy innovatsiyalar makonidir.
Moliya bozorida amalga oshiriladigan innovatsiyalarni ikki guruhga bo‘lish 
mumkin:
1. Moliya bozorida yangi vositalarni joriy etilishi. Bunday innovatsiyalarga bugungi 
kunda odatiy tus olgan hosila moliyaviy vositalarni, ya’ni svoplar, fyucherslar, forvardlar 
17
Citanna Alessandro. Financial Innovation and Price Volatility // HEC Department of Economics Working Paper № 
685/1999. March 2000 (http://ssrn.com/abstract=260912). 


142 
va derivativlar bozorining innovatsion moliyaviy mahsulotlari – svoptsionlar, kredit 
derivativlar va boshqalarni keltirish mumkin. 
2. Sub’ektlarning innovatsion faoliyatini moliyaviy ta’minlash, moliyaviy va 
innovatsion risklarni sug‘urtalash, savdo hajmini ko‘paytirish, investitsion resurslarni 
jalb etish, korxona daromadini oshirish maqsadlarida muddatli va kredit, valyuta va fond 
bozorlaridagi turli innovatsion moliyaviy mahsulotlarni tashkil etish imkonini beruvchi 
moliya bozoridagi vositalarning yangi (innovatsion) birikmalari. Bunday moliya 
bozoridagi innovatsion birikmalarga venchurli moliyalashtirish, forfeyting, franchayzing, 
maxsus qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishi va boshqa shu kabilarni sanab o‘tish mumkin.
Fikrimizcha, yuqoridagi innovatsion moliyaviy mahsulotlar iqtisodiyotda moliya 
injiniringgi sifatida faol yaratuvchilik faoliyatini olib boradi.
Moliya 
bozorining 
barcha 
segmentlarida 
foydalaniladigan 
moliyaviy 
innovatsiyalarni asosan uch guruhga bo‘lish mumkin.
-
Svoplar; 
-
Optsionlar; 
-
Forvardlar. 
Yuqorida keltirilgan moliyaviy derivativlar hajmining jadal o‘sishiga va moliyaviy 
mahsulotlar turli-tumanligiga qaramasdan kredit derivativlar guruhi alohida ajralib turadi. 
Har bir vosita o‘zining shakli va amaliyotda qo‘llanilishiga ko‘ra turlicha bo‘lib, ular 
moliyaviy innovatsiyalar shaklida moliya bozorining barcha segmentlariga kirib borgan. 
Kredit derivativlar guruhi moliyaviy innovatsiyalarning muhim shakllaridan biridir. 
Jahon moliya bozori taraqqiyotining hozirgi bosqichida kredit derivativlari o‘z aktivlari 
va risklarni ajratib sotish imkonini beruvchi tarkibiy moliyaviy vosita sifatida 
aniqlashimiz mumkin.
Kredit derivativlari ko‘p funktsiyali moliyaviy vosita hisoblanadi. Ular quyidagi 
vazifalarni bajarishadi:
-
kredit risklaridan xedjerlash; 
-
risklarni deversifikatsiyalash; 
-
qarz olish shartlarini yaxshilash; 
-
daromadlilik darajasini oshirish; 


143 
-
obligatsiyalarni qayta guruhlash; 
-
trasaktsion xarajatlarni kamaytirish 
Kredit derivativlari o‘zining etarlicha murakkabligi bilan 2008 yilda boshlangan 
jahon moliyaviy inqirozini chuqurlashishiga hamda jadallashishiga olib kelgan asosiy 
sabablardan biri bo‘ldi. Fikrimizcha, kredit derivativlar bozorida inqirozni yuzaga 
kelishiga asosiy sabab quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, berilgan kreditlar hajmiga nisbatan kredit derivativlar orqali tuzilgan 
bitimlar hajmi bir necha barobar ortiq bo‘lgan.
Ikkinchidan, ushbu bozor shaffofligining mavjud emasligi, natijada mavjud risklar 
va bunday vositalar hajmini baholash imkonini yo‘qligi.
Uchinchidan, kredit derivativlar bilan bog‘liq operatsiyalarga juda ko‘p sonli 
ishtirokchilar jalb etilganligi. Ko‘p bosqichli o‘zaro bog‘liq operatsiyalar chizmasi uning 
ishtirokchilariga bunday moliyaviy mahsulotni to‘liq anglab olish imkonini bermadi va 
ularni sotib oluvchilar to‘liq reyting agentliklari bahosiga ishonishga majbur bo‘ldilar.
Moliyaviy innovatsiyalar vujudga kelishining asosiy yo‘nalishlaridan biri turli 
aktivlarni qimmatli qog‘ozlarga aylantirib, ularni qayta taqsimlash operatsiyalarini o‘zida 
mujassamlashtirigan sekyuritizatsiyalash jarayoni hisoblanadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish