96
(tayyorlovchilar) o‘zlariga mijozni qidirish va lizing ob’ektiga xizmat ko‘rsatish
majburiyatini oladilar, lizing kompaniyasi esa,
loyihani ishlab-chiqish, ma’muriy
masalalarni hal qilish, maslahat berish xizmatlari kabi operatsiyalarni amalga oshiradi.
13.
Ijaraga berilayotgan ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib -
harakatlanadigan
mulk lizingi va
harakatlanmaydigan
(ko‘chmas mulk)
mulk
(ma’muriy bino-inshootlar, omborxonalar, supermarketlar, garajlar va boshqalar) lizingi
farqlanadi.
Lizingning muddatini birlamchi va ikkilamchi davrlarga ajratishadi. Lizingning
birlamchi
davri deyilganda, lizing oluvchi lizing kompaniyasiga ob’ektning to‘la
amortizatsiya ajratmalari hamda ajratilgan foizlarni to‘liq amalga oshirmagan bo‘ladi.
Ikkilamchi davrda, lizing oluvchi lizing firmasiga to‘lovni to‘liq amalga oshiradi. Biroq,
lizing firmasi lizing ob’ektiga egalik qilish huquqini bermagan bo‘ladi. Lizing oluvchi
asbob-uskunani an’anaviy stavka bilan foiz to‘lagan holatda foydalanishda davom etadi.
Nazariy jihatdan, lizingning ikkilamchi davri vaqt bo‘yicha cheklovlarga ega emas, biroq,
uning muddati asbob-uskunaning haqiqiy xizmat muddati bilan chegaralangandir. Asbob-
uskunaga e’tibor qaratish va buzilganda o‘z vaqtida qayta ta’mirlash kabi masalalar,
ikkilamchi davrni noma’lum muddatga uzayishiga olib kelishi mumkin.
Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishda vujudga keladigan risklarni
baholashda odatda quyidagi omillarni e’tiborga olish taqozo etiladi:
-
lizing oluvchi kompaniyaning moliyaviy holati va tijorat doirasidagi mavqei;
-
shartnoma bahosining ikkilamchi bozordagi o‘zgarishi;
-
lizing oluvchi firma tomonidan lizing ob’ektini ishlatilish shart-sharoitlari;
-
lizing oluvchi kompaniya mamlakatdagi moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatlar
(yani,
milliylashtirish riski, chet elga valyuta mablag‘larini o‘tkazishdagi mavjud
cheklovlar, garov huquqini amalga oshirishda vujudga keladigan qiyinchiliklar riski va
boshqalar).
Xalqaro lizing xizmatlarining jahon bozori - ikkinchi jahon urushidan keyin
quyidagi omillar hisobiga shakllandi va rivojlandi:
-
likvid mablag‘lar hajmining to‘liq etishmasligi;
-
investitsiyani optimallashtirishni talab qiluvchi raqobatning kuchayishi;
97
-
ishlab chiqarish kengaytirilishi uchun korxonalarda etarli mablag‘lar ajratilishida,
uning foydasini chegaralanganligi;
-
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, xususan, investitsiyani o‘sishiga
shart-sharoit
yaratish uchun hukumat va moliyaviy organlarning lizing operatsiyalari rivojlanishiga
ko‘maklashishi.
Hozirda, jahon bozorida xalqaro lizing operatsiyalariga talab juda katta. Chunki,
lizing bitimida ishtirok etayotgan hamma tomonlar o‘zi uchun ustunlikka, yoki yanada
to‘g‘rirog‘i, afzalliklarga ega.
Xalqaro lizing operatsiyalari mamlakat to‘lov balansiga ta’sir ko‘rsatadi. Xorijiy
lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan ijara to‘lovlari mamlakatning
valyuta xarajatlarini ko‘paytirsa, ularning tushumi esa to‘lov balansiga ijoriy ta’sir
ko‘rsatadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda lizing shartnomasi tugagandan so‘ng
ob’ektga (mulkka) egalik qilish import operatsiyasi hisoblanadi. Shuning uchun, xalqaro
lizing operatsiyalari davlat orqali tartibga solinadi. Davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga
qaramasdan, jahon
bozoridagi kuchli raqobat, milliy qonunchiliklarning, hisob-kitob
usullarining va soliqqa tortish tartiblarining o‘zaro mos kelmasligi hisobiga xalqaro lizing
o‘z taraqqiyot yo‘lida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: