Reja: - Uyg'onish davri haqida
- Uyg'onish davri yuz berishining sabablari3
- Uyg'onish davrida fan va madaniyat
Uyg'onish davri haqida.
Uyg'onish davri deyilganda ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat va tafakkur yuksalgan davr tushuniladi. Bunday davr dastlab Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda yuz bergan.
Uyg'onish davri yuz berishining sabablari.
Ilm-fan sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar va Buyuk geografik kashfiyotlar odamlarning olam haqidagi tasavvurlarini o'zgartirib yubordi.
Ayni paytda madaniy aloqalarning kengayishiga imkon yaratdi.
Adabiyot.
Uyg'onish davri adabiyoti va san'atida o'z davrining buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga ko'p qirrali noyob qobiliyat in'om etgan edi.
Bunday noyob qobiliyat egalaridan biri Uilyam Shekspir (1564-1616) bo'lgan.
U: «Inson - tabiatning ajoyib mo'jizasi», deb hisoblardi.
U. Shekspir teatrga muhabbat qo'ydi.
Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod qildi. U. Shekspir insonlarni o'rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi.
Bu davr madaniyatining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547-1616).
Uning mashhur «Don Kixot» asari qahramoni, jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so'nggi olijanob ritsar.
Tasviriy san'at.
Uyg'onish davri madaniyatining yana bir buyuk namoyandasi Italiyalik Leonardo da Vinchidir (1452-1519).
Leonardo rasm chizish san'atini «san'atlar malikasi» deb atagan.
U bir vaqtning o'zida ham rassom, ham shoir, ham me'mor, ham haykaltarosh, ham musiqachi, ham ixtirochi edi.
Buyuk rassom bir paytning o'zida zehnli izlanuvchan olim ham edi. Uning asarlari qahramonlari xudolar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. «Chaqaloq tutgan Madonna» rasmi buning yorqin dalilidir. Bu davrning buyuk Italiyalik rassomlaridan yana biri Rafael Santi (1483-1520) edi. U atigi 37 yil umr ko'rdi, xolos.
Lekin shu qisqa davr ichida o'z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi. U yaratgan asarlar ichida «Sikstin madonnasi» mashhurdir.
Zamondoshlari «Sikstin madonnasi» asariga «shu xildagilarning yagonasi» deb baho berishgan edi. Unda oyoqyalang Bibi Maryam go'yo bulutlarni bosmaganday, ohista ularning ustida uchib yurganday. Gollandiyalik mashhur rassom Rembrandt (1606-1669) yaratgan asarlar ichida eng mashhuri «Adashgan o'g'ilning qaytishi» rasmi edi.
Bu asarni muallif hayotining eng og'ir damlarida - o'g'lining o'limidan so'ng yaratgan.
Haykaltaroshlik.
Ularning eng mashhuri Italiyalik Mikelanjelo (1475--1564) edi.
Bu davr haykaltaroshlari haykaltaroshlik san'atini san'atlarning birinchisi, u insonni, uning go'zalligini hamma boshqa san'at turlaridan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblaganlar.
Haykaltarosh Mikelanjelo esa jang oldida turgan Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g'azabga to'la.
Bu haykal o'zining balandligi va go'zalligi bilan o'zigacha yaratilgan barcha asarlarni ortda qoldirdi.
Pyotr sobori Rimning va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasidir.
Yuz yildan ortiq davr mobaynida bunyod etilgan bu sobor qurilishini Mikelanjelo nihoyasiga yetkazdi.
Xulosa Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14-16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Adabiyotlar - Mets A., Musulmanskiy renessans, M., 1966;
- Xayrullayev M ., Uygonishdavri va Sharq mutafakkiri, T., 1971; Hay itmetov A., Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan [10—15-asrlar], T., 1970;
- Konrad N. I ., Zapad i vostok, M., 1992;
- Sulaymonova F., Sharqu Gʻarb, T., 1997;
- Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999;
- Yevdokimov Yu., Simakova N., Muzika epoxi Vozrojdeniya M., 1982;
- Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. 5, M., 1967;
Do'stlaringiz bilan baham: |