65
5-Mavzu. Xalqaro ssuda kapitallari bozori
5.1. Xalqaro kredit va uning oʻziga xos xususiyatlari.
5.2. Xalqaro kreditning asosiy shakllari.
5.3. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting.
5.4.
Evrokredit bozori
Tayanch so’z va iboralar
Xalqaro kredit, kredit diskriminatsiyasi, firmaning (tijorat) krediti, vekselli kredit,
ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kredit, xarid bo’naki, bank kreditlari, eksport
krediti, iste’mol kredi, moliyaviy kredit, aktseptli-rambursli kredit, broker krediti,
faktoring, forfeyting
5.1. Xalqaro kredit va uning oʻziga xos xususiyatlari
Xalqaro kredit – bu tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni
qaytarib
berishlilik, muddatlilik, foiz to’lashlilik shartlari asosida berish bilan bog’liq bo’lgan
xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir.
Xalqaro kredit munosabatlarining sub’ektlari sifatida tijorat banklari, markaziy
banklar,
davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit
tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro kreditni yuzaga kelishiga sabab bo’lib, ishlab chiqarishning milliy
doiradan chiqishi, xo’jalik aloqalari baynalminallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro
kapitallarning
markazlashuvi
hamda
ishlab
chiqarishning
ixtisoslashuvi
va
kooperatsiyalashuvi hisoblanadi.
Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan
va kapitalni jamg’arishning asosiy usullaridan biri bo’lgan.
Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo’lib korxonalarning bo’sh
turgan pul
mablag’lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning
pul jamg’armalari hisoblanadi.
66
Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga ob’ektiv zarurat
yuzaga keladi va u xo’jalik sub’ektlarida mablag’larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni
ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va
muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga mo’ljallangan
yirik kapital qo’yilmalarini amalga oshirishga bog’liq bo’ladi.
Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
1.
Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag’lar
qaytarilmasa, pul kapitalini
qaytarib bermaslik shakli namoyon bo’ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga keladi;
2.
Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda kreditni
qaytarilishini ta’minlash;
3.
Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni to’lashni kafolatlanganligi;
4.
Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq ob’ektlarga yo’naltirishni ko’zlash va uni
birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag’batlantirish uchun qo’llash;
5.
Foiz to’lashlilik.
Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan aloqalarini
ta’minlaydi, bozor sub’ektlari va davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishishi
uchun ishlatiladi.
Xalqaro kreditning funktsiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda
kapitallari harakatini o’ziga
xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funktsiyalarni
bajaradi:
1.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni talablarini qondirish uchun ssuda
kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit
mexanizmi orqali foydasi ko’proq, daromadliroq bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu
orqali kredit milliy daromadni o’rtacha daromadga tenglashishiga
imkoniyatni yuzaga
keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi.
2.
Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to’lovlarni rivojlantirish
va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan
almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlarni iqtisod qilish.
Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari - veksellar, cheklar,
67
shu jumladan, bank o’tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. Ssuda
kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muomalasi vaqtini tejash kapitalning
ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilish davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab
chiqarishni kengaytirish va foydaning o’sishini ta’minlashga xizmat qiladi.
3.
Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashtirish. Xorijiy kreditlarni jalb
qilish tufayli qo’shimcha qiymatni kapitalga
aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy
jamg’armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallari boshqa
davlatlarning mablag’lari qo’shilishi oqibatida ko’payadi. Xalqaro kredit avvaldan yakka
korxonalarni aktsionerlik
jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni
paydo bo’lishiga xizmat qiladi. Kredit boshqa mamlakatlarning kapitali, mulki va
mehnatidan belgilangan me’yorlarda foydalanish imkoniyatini beradi.
Yirik
kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik hamda o’rta
hajmdagi firmalarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining qiyinligi jahonda
kapitalni bir joyga to’planishi va markazlashuvining kuchayishiga olib keladi.
Xalqaro kreditning funktsiyalarining ahamiyati katta va u milliy va jahon xo’jaligi
rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni
tartibga solish funktsiyasini bajarmoqda va o’zi ham tartibga solinish ob’ekti bo’lib
hisoblanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: