MAVZU: IJODIY MYETOD VA ADABIY OQIM
R E J A
1. Myetod va uslub tushunchasiga ta’rif
2. Ijodiy myetod va oqim xakida ma’lumot
3. Adabiy oqim va maktab
4. Oqim va yo’nalish haqida tushuncha.
ADABIYOTLAR
1. Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik Toshkyent 1978-1979 yillar
2. A.Quljonova. Ryealizm va romantizm. Toshkyent 1983 yil
TAYANCH IBORALAR
1. Myetod 2. Uslub 3. Oqim 4. Maktab va yo’nalish
Bizga ma’lumki, uslub kyeng ma’noda yozuvchi ijodidagi g’oyaviy-badiiy xususiyatlar birligi, tor ma’noda ifoda usulidir. YA’ni asardagi yozuvchining o’z kitobxoniga qayta-qayta uqtirgan g’oyasidir. Dyemak usul bir yozuvchining ijod jarayoni bilan bog’liq bo’lgan hodisadir.
Myetod uslubdan farq kilib, turli mamlakatlardagi va turli davrlardagi yozuvchilarning ijoddagi yo’llariga qarab birlashtiruvchi narsadir. Ijodiy myetodni byelgilashda narsa va hodisalarni tanlash, saralash, baholash va obrazli tasvirlash xususiyatlari hisobga olinadi. Myetodda dunyoqarashning banihoya roli kattadir. CHunki yozuvchi o’z dunyoqarashidan kyelib chiqib asar yaratadi. Myetodni san’atkor dunyoqarashi bilan birlashtirib yuborish noto’g’ridir. San’akorning ijodiy etiqodi, estyetik tafakkuri, siyosiy e’tiqodi namoyon bo’ladi.Endi bizga ma’lum bo’lgan tarixiy jarayonida bu narsa qanday kyechdi, qanday ijodiy myetodlar rivojlandi? San’atkorlarning dunyoqarashlari qanday namoyon bo’ldi?
Kadim zamonlardan boshlab ijodning ikki tipi: idyeal va ryeal tiplari mavjud bo’lgan. Har ikki tafakkur tipi ma’lum tarixiy davrda ilg’or va ryeaktsion dunyoqarash bilan sug’orilib, adabiyotda katta o’rin oldi. Hatto hukmron tafakkur tipini oldi.
Bunday vaqtda endi tafakkur tipining mana shu konkryet shakliga alohida nom topish hojati tug’ildi. Bunga romantik tafakkur va ryealistik tafakkur dyeb nom byerildi. SHundan kyelib chikib ikki-romantizm myetodi dunyoga kyeldi.
Masalan. Syervantyes, SHyekspir, Pushkin, L.Tolstoy, A.CHyexov M.Gorpkiy, M.Avyezov, A.Qodiriy, CHo’lpon,, Fitrat, Hamza va boshqa ijodkorlarimizning asarlarida hayotni haqqoniy tasvirlarlash birinchi o’ringa chiqib oldi. YA’ni xayotni o’z shaklida tasvirlash jihatidan bularning ijodlari bir-biriga yaqindir, yani ularning ijodiy myetodlari ryealistik myetoddir.
CHunki ming yillardan byeri adabiy ijod usullarining biri bulib kyelgan "ryeal poeziya" ryealistik tafakkur tipi asosiy ijodiy printsipiga aylandi. Umuman, adabiyotshunosligimizda myetod tyermini 30-yillarda paydo bo’ldi, undan oldin stilp tyermini ishlatilar edi. CHunki fanda hali yozuvchining stili bilan myetod tushunchasi hali farklanmagan edi. Myetod tularok qilib aytganda ijodiy myetod hamma tomondan qabul qilingan to’lik ta’rif fanda hali yo’q, shuning uchun barchaga ma’lum bir ta’rifni kyeltiramiz: myetod-san’atkorning onglanayotgan vokyealanayotgan vokyelikka ijoddiy munosabatning umumiy ijodiy printsipi, ya’ni badiiy asarda voqyelikni qayta tiklash printsipidir. Voqyelikni qayta tiklashning tarixan o’ziga xosligiga karab jaxon adabiyotida klassitsizm, romantizm, ryealizm kabi ijodiy myetod tiplari bor. Bu ijodiy myetodlardan jaxon adabiyotida eng ko’p tarqalgan ryealizm bo’lib, uning ham o’ziga xos ko’pgina ko’rinishlari bor. Didaktik ryealizm, ma’riftparvar ryealizm, tanqidiy ryealizm va sotsialistik ryealizm. Jaxon adabiyotida bundan tashqari simvolizm, naturalizm, modyernizm kabi boshqa myetodlar ham bo’lgan. Myetodni da’vo etuchi boshqa qator oqimlar ham mavjud bo’lib bular: ryealizmning oqimlari sifatida mavjud bo’lgan klassisizm. syentyemyentalizm, va naturalizm. Bular ayni vaqtda myetod bo’lsada avval oqim sifatida mavjud bo’lishgan. Oqim o’zi nima?
Oqim ijodiy myetod taraqqiyoti natijasiga yuzaga kyeladigan uning shaxobchasidir. Biroq oqim ijodiy myetod shakllanishidan oldin ham paydo bo’lishi mumkin. Qachonki oqim rivojlanib yozuvchilar shu oqim g’oyalari bilan sug’orilgan asrlarni ko’prok yozishsa, u oqimdan myetodga aylanadi.
Masalan: syentimyentalizm oqimi nima uchun ijodiy myetod darajasiga ko’tarilmadi? Syentimyentalizm frantsuzcha syezuvchan so’zidan olingan bo’lib dastlab Angliyada payda bo’lgan.
XVIII asr boshlarida oxiri, XIX asr boshlarida Yevropada bir oqim sifatida paydo bo’ldi. Unda dvoryan aristokratiyasiga qarshi uning buzuk axloqiga qarshi norozilik tasvirlandi. Bu oqim namoyondalarining asarlarida xunarmandlar savdogarlar va dyehqonlar hayotidan olingan ayanchli holatlar aristokratlar hayotiga qarama-qarshi qo’yilar edi., fyeodalizm qoralanar edi. Syentimyentalizm uchun kishining psiHOLogiyasini tasvirlash birinchi o’rinda turadi. Kishilarning hayoti ayrim o’rinlarda bo’rttirilib ko’rsatilar edi. Bunday asarlar sirasiga Karamzining "Byechora Liza" asarini kiritishimiz mumkin. Inson ruhiyatini o’ta byechora holatini tasvirlanishi, har doim ham hayotdan nolish ham insonning kyelajagiga hyech narsa bormasligi mumkin. SHuning uchun syentimyentalizm bir oqim sifatida qolib kyetdi u myetod darajasiga ko’tarilmadi.
Navbatdagi oqimlardan biri naturalizm oqimidir. Naturalizm lotincha natura so’zidan olingan bo’lib, tabiiy dyegan ma’noni bildiradi. Rus adabiyotida alohida oqim kyeyinchalik maktab sifatida shakllandi. Natural maktabga mansub bo’lgan Gogolp, Turgyenyev, Nyekrasov singari yozuvchilar uchun badiiy asarning muhim ijtimoiy mazmunga ega bo’lishi, voqyealikni xaqqoniy aks ettirish, chorizm tuzumiga tanqidiy munosabatda bo’lish, shu bilan birga turmushni qalbaki byezab ko’rsatish bu oqimni asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib qoladi. Bu oqimning buyuk nazariyotchisi va asoschisi V.G.Byelinskiy edi. Byelinskiy va uning izdoshlari CHyernishyevskiy, Dobrolyubov "Natural maktab" ning printsiplarini ishlab chiqdilar. Bu esa kyeyinchalik ryealistik san’atning asosini tashkil qildi. Ular ryealistik san’at taraqqiysi uchun kurashdilar. Dyemak, naturalizmning hayotning haqqoniy tasvirlash xususiyati kyeyingi myetodning haqoniy asosiy xususiyati sifatida taraqqiy etdi. Naturalizm bilan Natural maktabni almashtirib yubormaslik kyerak.
Adabiy oqim ijodiy myetod san’atning maqsad va vazifalariga qarashlarning turlichaligi tufayli paydo bo’ladigan yozuvchilar guruhlari. Adabiy oqim ijodiy myetodlar tarkibidagi ichki bo’linishdir. Bir myetodga mansub yozuvchilarning o’zaro g’oyaviy yaqinliklaridir. Romantizm myetodi ichidagi oqimlarga mutaassib romantizm, taraqqiyparvar romantizm, inqilobiy romantizmlar kiradi.
Adabiy oqim va maktab: Adabiy oqim dunyoqarashi va qiziqishlari birligi tufayli shakllangan uyushmadir. Mashhur adabiy maktablar haqida Byelinskiy asos solgan "Natural maktab" haqida to’xtalib o’tdik. SHunday uyushmalar qatoriga jadidlar tashkil qilgan "CHig’atoy gurungi" va "Kizil qalam" uyushmalarini ham kiritilishimiz ham mumkin. Furkat, Muqimiy, Zavqiy va boshqa ijodkorlarimiz asos solgan ma’rifatparvarlik oqimi haqida ham to’xtalib o’tishimiz mumkin.
Adabiy oqimdan adabiy yo’nalish tubdan farq qiladi. Oqim myetod ichidagi g’oyaviy yaqinlik bo’lsa, yo’nalish myetoddan tashqaridagi myetodlar o’rtasidagi g’oyaviy hodisadir. U o’zida ko’plab myetod va oqimlarni birlashtiradi. Jumladan, tasavvuf adabiy yo’nalish sifatida shakllandi va adabiyotlar taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Jumladan ,modyernistik oqim vakillari adabiy ijodda zamonaviylikka, yangilikka erishishni targ’ib qiladilar. Ayniqsa shakldagi byezakdorlikka alohida e’tibor byeradilar. Xususan, hozirgi zamon Amyerika va Angliya adabiyotida bu oqimning ta’siri kuchli.
NAZORAT SAVOLLARI:
Metod nima?
Uslub-chi:?
Ular o’rtasida qanday farq bor?
Nima uchun myetodni kyeng tushuncha dyeb hisoblaysiz?
Oqim nima?
Qanday oqimlarni bilasiz?
Ijodiy maktab dyeganda nimani tushunasiz?
Yo’nalish nima?
Ijodiy myetodning adabiyot taraqqiyotida qanday ahamiyati bor?
Qanday oqimlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |