Izzax dpi rektori


Mazkur o`quv-uslubiy majmua



Download 0,55 Mb.
bet2/63
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#270831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
ADABIYOT.KIRISH - QOSIMOV

Mazkur o`quv-uslubiy majmua oliy o`quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o`quv-uslubiy majmuadan o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, aspirant va tadqiqotchilar, ryespublikamizda olib borilayotgan ma`naviy islohotlar jarayonlariga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

Tuzuvchilar: dots.U.Qosimov
kat. o`qit.M.Jo`rayev


Taqrizchilar: f.f.d.Z.Pardayeva

f.f.n.Y.Karimova
Ushbu o`quv-uslubiy majmua institut Ilmiy Kengashining 2018 yil I-sonli (29 avgust) yig`ilish bayoni bilan nashr uchun tavsiya etilgan.

MUNDARIJASI

1

Titul varag`i………………………………………………………………




2

Umumiy tavsif…………………………………………………………..




3

Mundarija………………………………………………………………




5

Ma`ruzalar matni……………………………………………………….





6

Fan dasturi……………………………………………………………….




7

Ishchi o`quv dastur……………………………………………………….




8

Seminar mashg`uloti ishlanmasi……………………………………….




9

Mustaqil ish topshiriqlari………………………………………………



























































«ADABIYOTSHUNOSLIK ASOSLARI»


fanidan

MA’RUZA MATNI





Kirish. Adabiyotshunoslikka kirish fanining maqsad va vazifalari.
R e j a

1. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari.

2. Ular o’rtasidagi munosabat.

3. Istiqlol mafkurasini shakllanishida Adabiyotshunoslikka kirish ning o’rni. 4. Adabiyotshunoslikka kirishning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Adabiyot nazariyasi 1,2 tom. 1979

2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi 1980 yil

3. Adabiyotshunoslik tyerminlari lug’ati. 1983 yil


TAYANCH IBORALAR

1. Adabiyot nazariyasi.

2. Adabiyot tarixi

3. Ijodiy jarayon

4. Adabiy nazariy qarash
Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi sanaladi. Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyotshunoslik myetodologiyasi bilan aloqador. Bu fan adabiy asarlarning yaratilish qonun qoidalari bilan shug’ullanadi.

Adabiyot nazariyasining pryedmyeti badiiy adabiyotning yaratilishi haqidagi qonun-qoidalar haqidagi fandir. Unda badiiy adabiyotning spyetsifikasi, hayot bilan aloqasi, ijtimoiy-estyetik qimmati, badiiy asarning tuzulishi, ijodiy jarayoni, hamda badiiy myetod masalalari o’rganiladi. Qo’shimcha shu yerga kiritiladi.

Istiqlol mafkurasining shakllanishida adabiyot nazariyasini ahamiyati katta. CHunki, istiqlolni tarannum etib yozilgan asarlarni tahlil qilish, kamchilik va yutuqlarini ajratish adabiyot nazariyasining funktsiyasi hisoblanadi. Badiiy asarlarga munosib baho byerishda jamiyat hayotini ijobiy tomonga o’zgartirishda adabiyot nazariyasining o’ziga xos roli bor.

Adabiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida, taraqqiy etishida jahon adabiyot nazariyasining o’z o’rni bor. Ijtimoiy badiiy tafakkurning tarkib topishi byevosita xayoliy jarayon bilan bog’liqdir.

Adabiyot nazariyasi jahon adabiyoti tajribalari bilan boyidi, taraqqiy etdi.

Adabiyot nazariyasi jamiyat badiiy madaniyatini o’stirishda, san’atkorlarning ijodiy tajribalariga, taraqqiy etgan adabiyotlar tyendyentsiyalariga asoslanadi.

Adabiyot nazariyasi qator fanlar bilan aloqadordir. U jamiyat haqidagi falsafiy fikrlarni umumlashtirgan falsafa fani bilan aloqador. CHunki har qanday badiiy asar xulosasida albatta umumlashma falsafiy fikrlarning mavjudligi ma’lum. Adabiyotda byevosita estyetik munosabatlar birinchi o’rinda turadi. SHuning uchun estyetika fani bilan aloqadordir. SHuningdyek bu fan tilshunoslik, san’atshunoslik fanlari bilan mutloqo aloqador.

Ayniqsa, inson ruhiyatining nozik tomonlarini ko’rsatib byeruvchi psiHOLogiya fani, uni ilmiy o’rganish adabiyot nazariyasini yetakchi xususiyatidir. Dyemak adabiyot nazariyasi psixologiya va boshqa fanlar bila ham aloqador.

Nazariya o’zi esa tarixiy o’rganish natijasida va zamona tarixiy- pryessining saboqlari asosida maydonga kyeladi. Nazariya va tarixini bilish bilan bilan qurollanmagan tanqid o’z davrining adabi protsyessini tushinishiga, unga qo’maklanishiga qodir emas.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasida aloqa juda muhimdir.

Hozirgi zamon asarlariga baho byerishda, zamona tarixiy protsyessini tahlil etish "Adabiy tanqidning vazifasidir. O’tmish va hozirgi zamon adabiyotini o’rganishning printsip va usullarini tayin etish" "Adabiyotshunoslik myetodologiyasi" zimmasiga tushadi.

"Adabiyot tarixi" "Adabiy tanqid" va Adabiyotshunoslik myetodologiyasi" adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi bo’lib, ularning yutuqlari asosida "Adabiyot nazariyasi" fani bunyodga kyeladi.

Adabiyot nazariyasi badiiy so’z asarlarining ijtimoiy hayotda uynagan roli, badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari haqida badiiy ijodning turlari, badiiy asarning strukturasi va ijod protsyessining qonuniyatlari haqidagi ta’limotdir. Adabiyot nazariyasi o’tmish va hozirgi zamon tarixiy-adabiy jarayonining qonuniyatlarini o’rganadi, adabiyotni to’g’ri tushunish va rivojlantirish uchun kyerakli xulosalarni chiqaradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslik qismlarining yutuqlari asosida yuzaga kyelish bilan birga o’z ilmiy xulosalari asosida adabiyot tarixini ham, adabiyot myetodologiyasi va adabiy jarayonni ham boyitadi.

Adabiyotshunoslik fanining yuqorida aytilgan yordamchi sohalari ham adabiyot nazariyasi fanining rivojiga munosib hissa qo’shadi. Jumladan bibliografiya (biblio-kitob, grafo yozuv - yunoncha) sohasi kitoblarining yozilgan; ko’chirilgan yoki bosib chiqqan vaqti xaqida ma’lumot byeradi. "Tyekstologiya" ham adabiyot shunoslikni muhim sohasi bo’lib, badiiy asarlarning ayol tyekstini tanlash va to’g’ri o’qish usullarini ishlab chiqadi.

YUqoridagi yordamchi sohalar ham Adabiyot nazariyasi fanining rivojiga munosib hissa qo’shadi.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi uzilmas aloqa mavjud. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi bu uzilmas aloqaga XIX asrdayoq CHyernishyevskiy N.G. e’tibor qilgan edi. "San’at tarixi san’at nazariyasiga" asos bo’lib xizmat qiladi, kyeyin san’at nazariyasi san’at tarixining yana ham mukammalroq, yana ham to’laroq ishlanishiga yordam byeradi. Tarixiy yaxshi ishlash nazariyasining yana ham mukammallashuviga xizmat etadi. Nazariya va tarixning bu bir-biriga foydali ta’siri so’ngsiz davom etadi. Pryedmyetning tarixisiz pryedmyetning nazariyasi bo’lmaydi.1

Dyemak, adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasiga xitoy dyevori qo’yib qo’ymaslik kyerak"

Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kyelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini har taraflama o’rganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik- badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kyelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini har tomonlama o’rganuvchi fandir. So’z orqali badiiy fikrlashning, spyetsifikasi (o’ziga xos xususiyati) haqidagi, badiiy ijodning gyenyezisi (nyegizi, zamini) strukturasi (tuzilishi), tarixiy-adabiyot protsyessining lokal (ma’lum joy va davrga oid) va umumiy qonunlari haqidagi bilimlar jamidir. Dyemak: badiiy adabiyotni va ijodiy jarayonning o’rganishning printsiplari va myetodlari haqidagi fan-adabiyotshunoslik fanidir. Bu fan klassikani va klassiklarining ijodini o’rganadi. Adabiyotni yaratish jarayoni byevosita adabiyotshunoslikning, shuningdyek adabiyot nazariyasining pryedmyeti sanaladi.

Adabiyotning yaratish protsyessiga adabiy mahsulot yaratishda ishtirok etgan hamma yozuvchilarning, bir-biri bilan kurashuvchi barcha idyeologik oqimlarning, adabiyot tarixidagi ularning faoliyati ham byevosita ushbu olimning pryedmyeti sifatida o’rganiladi.

Adabiyot nazariyasi mumtoz adabiyot nazariy qarashlari bilan byevosita aloqador. Bugungi kunda mumtoz adabiyotdagi nazariy qarash va adabiy tyerminlarga munosabat yana ham kuchaydi. Ayniqsa, aruz vaznini o’rganish uning nazariy tomonlariga e’tiborni qaratish kuchaydi. Mumtoz qarashlar bilan qiyoslash va umumlashtirish kuchaydi.

Hozirgi zamon adabiyot nazariyasi fani oldida qator muammolar mavjud. Bu muammolar adabiy-nazariy qarashlarni chuqur ishlab chiqish, butun taraqqiyparvar adabiy myerosni tanqidiy o’rganish, o’zlashtirish zarur. O’tmish va hozirgi zamon adiblarining adabiyot to’g’risidagi nazariy qarashlarini izchil o’rganish, ijobiy tajriba va fikrlarni zamonaviy adabiy jarayonga targ’ib etish eng asosiy adabiyot nazariyasining birinchi galdagi vazifasidir.

Istiqlol mafkurasini shakllanishida adabiyot nazariyasining roli katta bo’ldi. Asarlarni badiiy tahlil qilib, ularni baholarini byerishda adabiyot nazariyasini o’ziga xos o’rni va ahamiyati bor.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish