Ызбeкистoн рeспубликaси


Yangi tarixni davrlashtirish masalasi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/138
Sana12.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#783969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
yodgor aka yangi tarih-

Yangi tarixni davrlashtirish masalasi. 
«Yangi tarix»ni davrlashtirish turli tarixchi olimlar o’rtasida doimiy 
tortishuvlarga, turli munozaralarga, turlicha davrlashtirish xollarida namoyon 
bo’lgan. Ingliz va Fransuz inqiloblaridan iborat, ikki ulug’ burjua inqiloblari 
o’rtasidagi ikki yarim asr davom etgan yillarni biz Yangi tarixning birinchi qismi 



sifatida bayon qilamiz. Ba`zi tarixchilar uni aloxida bir davr deb atash va Yangi 
tarixni butun kursini 3 davrga ( 1640-1789 yillar, 1789-1871 yillar, 1871-1917 
yillar) bo’lish mumkin deb xisoblaydilar. Ammo juda ko’plab dunyo tarixchi 
olimlari Yangi tarixni ikki davrga: Birinchi davr 1640-1871 yillar va ikkinchi davr 
1871-1918 yillarga bo’lib davrlashtiradilar. Mantiqan o’ylab qaralganda bunday 
davrlashtirish ob`ektiv tarixiylik printsipiga va «Yangi tarix» fanini tushunarli va 
mukammal o’rganishga xizmat qiladi. 
«Yangi tarix» fanini birinchi davrida kapitalistik munosabatlarning 
rivojlanishi va g’alabasi, Yevropa va Amerikadagi turli mamlakatlarning iqtisodiy-
siyosiy xayotida, millatlarning rivojlanishida, siyosiy kurashda, XVII-XIX 
asrlardagi shiddatli siyosiy va mafkuraviy kurashlarda yo’z bergan tegishili 
protsesslardir. Kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi Yangi tarixning asosiy 
mazmuni va o’ziga xos xususiyatidir. O’rta asrlarning so’nggi yillariga kelib, 
Yevropa qit`asining rivojlangan mamlakatlarida birinchi burjua inqiloblari uchun 
va kapitalistik ishlab chiqarish uchun qulay sharoit vujudga keldi. CHunki feodal 
to’zum o’zining taraqqiyot cho’qqisiga chiqdi, feodal ekspluatatsiya Yevropada 
shaxarlarning rivojlanishi va xunarmandchilikning taraqqiy etishiga sabab bo’ldi. 
Keyinchalik Yevropadagi ilg’or mamlakatlarda manufakturalar (qo’l sanoati) 
vujudga kelib, bu kapitalistik manufakturalar xunarmandlarni va yollanma 
ishchilarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan edi. 
Dexqonlar, xunarmandlar, burjuaziya tabaqalari feodal tartiblarga qarshi 
keskin kurashlarga ko’tarildilar. Xalq ommasi (xunarmandlar, dexqonlar, ishchilar) 
burjuaziya raxbarligida burjua inqiloblari orqali feodal tartiblar va absolyutizmga 
bir qator og’ir zarbalar berdilar. XVI asr Niderlandiya inqilobi birinchi burjua 
inqilobi bo’lib, u faqatgina maxalliy axamiyatga ega edi. 1640 yidagi Angliya 
burjua inqilobi, Angliyada kapitalistik to’zumni qaror topishi uchun xal qiluvchi 



turtki bo’ldi. Ammo xali Yevropaning ko’p xududlarida XVII va XVIII asrlarda 
feodal absolyut tuzum, tartib va qoidalar saqlanib qolayotgan edi. 
Yangi tarixni ikkinchi davri 1871-1918 yillarni o’z ichiga oladi. 1871 yilda 
Parij proletariati burjuaziya xukumatini ag’darib tashlab, proletariat diktaturasini 
o’rnatish uchun, kurash olib bordi. Bu davrda juda keng ko’lamdagi
mustamlakachilik imperiyalari vujudga keldi, sanoat ishlab chiqarishining xajmi 
ko’p marta o’sdi, texnika va fan juda katta yutuqlarga erishdi. Rivojlangan 
mamlakatlardan qoloq mamlakatlarga kapital chiqarish kuchayib bordi, 
iqtsodiyotning barcha soxalarida ishlab chiqarish va kapitalni jamlanishi oqibatida 
gigant monopoliyalar vujudga kelib, bu monopoliyalar mamlakatlarni iqtisodiy va 
siyosiy xayotida muxim rol o’ynash bilan chegaralanib qolmasdan, xalqaro 
maydonda xam bu rol’ni da`vo qila boshladi.
Yangi bozorlar uchun, xom ashyo uchun, o’z ta`siriga olish uchun, kapitalni 
ko’proq kiritish uchun intilishni kuchayishi bir qator rivojlangan 
mamlakatlar o’rtasida avval bo’lib olingan dunyoning turli xududlari 
uchun turli davrlarda qator xonavayron qiluvchi o’zaro imperialistik urushlarni 
boshlanishiga sabab bo’ldi. Birinchi jaxon urushi ana shu imperialistik urushlarning 
eng yirigi edi. Bu urushlar maxalliy xalq zimmasiga og’ir yuk bo’lib tushar, xalqni 
xonavayron qilar, xalqni burujaziyaga qarshi keskin kurashga undar edi. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish