Ызбекистон республикаси олий ва



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

Shishalar.  Shishalar  kvars  qumi,  soda  va  ohaktoshdan  iborat  aralashmani 

pechlarda  1200-1500°С  temperaturada  eritish  yo‘li  bilan  tayyorlanadi.  Shishani 

cho‘zib, yoyib, presslab, sovitib turli shakldagi buyumlar yasaladi. 

Shishaning  va  shisha  buyumlarning  juda  ko‘p  xili  chiqariladi,  quyida  mebel  va 

yog‘ochsozlik ishlarida qo‘llaniladigan shishalar to‘g‘risida to‘xtab o‘tamiz. 

Shisha  listlar.  Sanoat  shisha  listlarning  quyidagi  xillarini  chiqaradi:  deraza 

oynasi,  vitrinalarga  moslangan  yassi  va  egilgan  oynalar,  prilavkalar  uchun  moslab 

egilgan  oynalar,  mustahkam  oyna,  toblangan  oyna  -  «stalinit»,  naqshli  oyna,  xira 

oyna,  «moroz»,  taram-taram  novli  oyna,  biologik  nurlarni  o‘tkazadigan  o‘ta  tiniq 

oyna, rangli oyna. Oynalar silliqlangan va silliqlanmagan bo‘lishi mumkin. 

Deraza oynasi yassi listlar holida chiqarilib, o‘lchami 250x250 dan 2000x2200 

mm  gacha,  qalinligi  2  dan  6  mm:  gacha  bo‘ladi  (standartga  muvofiq  dopusk 

qoddiriladi).  Deraza  oynasi  rangsiz,  tez  kesiladigan  bo‘lib,  binolarning  deraza  va 

eshiklariga o‘rnatish uchun ishlatiladi. 

Deraza  oynasini  maxsus  usulda  ishlab,  birmuncha  boshqacharoq  oyna  hosil 

qilinadi. 

Qalinligi  4-5  mm  bo‘lgan  egilgan  oyna  do‘konlarning  prilavkalariga 

o‘rnatiladi. 

Qalinligi  1,5-5  mm  bo‘lgan  mustahkam  oyna  juda  mustahkam  oyna  talab 

qiladigan joylarga o‘rnatiladi. 

Toblangan  oyna  «stalinit»  juda  mustahkam  va  issiqqa  chidamli  bo‘ladi. 

Oynavand  devorlarga,  ya’ni  yon  cho‘plari  va  boshqa  maxsus  ihotalari  bo‘lmagan 

oyna tavaqali eshiklarga ishlatiladi. 

Qalinligi 3-6 mm bo‘lgan xira oyna deraza oynasining bir yoki ikkala yuzasiga 

qum oqimining ishqalishidan hosil bo‘ladi, bu maqsadda qum sepadigan apparatdan 

foydalaniladi.  Apparatdan  katta  tezlikda  tushayotgan  qum  oqimi  shishaning  yuziga 

urilganligidan  shisha  xira tortadi.  Bu xil oynalar  yorug‘likni  o‘tkazadigan xira oyna 

talab qilingan hollarda ish-latiladi. 

«Moroz» deb ataluvchi, naqshlari yaxlagan deraza oynasini eslatuvchi oynalar 

xira oynalarning bir turidir. 

Taram-taram novli oyna deganda, tayyorlagan vaqtda yuziga bir-biridan 10-30 

mm masofada parallel do‘mboq chiziqlar tortilgan oyna tushuniladi. Uning tiniq xilli 

ham,  xira  xili  ham  bo‘ladi.  Bunday  oyna  yorug‘lik  nurlarini  qisman  tarqatadi, lekin 

buyumlarni u orqali ko‘rib bo‘lmaydi. Taram-taram novli oynaning qalinligi 4-5 mm. 

Bunday oyna asosan eshiklarga va pardevorlarga ishlatiladi. 

Biologik  nurlarni  o‘tkazadigan  o‘ta  tiniq  oyna  juda  sof  xom  ashyodan 

tayyorlanadi, o‘ta tiniqligi va ultrabinafsha nurlarni o‘tkaza olishi bilan ajralib turadi. 

Bunday  oynalar  bolalar  yaslilari,  bog‘chalari,  davolash  muassasalari  hamda 

oranjeriyalar uchun ishlatiladi. Ularning o‘lchami deraza oynalariniki kabidir. 




 

89 


Naqshdor oynalar yuzi 400x400 dan 1200x1800 mm gacha, qalinligi 3-6,5 mm 

bo‘lgan listlar holida chiqariladi (uzunligiga va eniga ±3 mm, qalinligiga esa deraza 

oynalarniki  singari  dopusk  beriladi).  Bunday  oynaning  bir  yoki  ikkala  tomoniga 

tayyorlanish  vaqtidayoq  bo‘rtma  naqshlar  solingan  bo‘ladi.  Naqshdor  oyna  rangsiz, 

xira va rangli bo‘lishi mumkin. 

Ba’zi  hollarda  mebellarga  silliqlab  yaltiratilgan  va  qalinligi  4-7  mm  bo‘lgan 

oddiy oyna ishlatiladi. Bunday oynalar mebel yasaladigan korxonaning o‘zida zarur 

kattalikda kesiladi. 

Mebellar ko‘zgusi ikkala tomoni silliqlab yaltiratilgan oynalardan bir tomoniga 

kumush  nitrat  eritmasi  surtib  yasaladi.  Mebel  ko‘zgulari  to‘g‘ri  to‘rtburchak  va 

boshqa  har  xil  shakllarda  chiqariladi,  chetlarida  enli  fatsetlari  va  orqa  tomonida 

faskasi bo‘ladi. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ko‘zgularning kattaligi 200x600 mm 

dan  700x1500  mm  gacha,  oynasining  qalinligi  5-9  mm.  Standartda  ko‘zgularning 

o‘lchamlari va shakllari ko‘rsatilmaydi.  Shakldor  ko‘zgular buyurtmalarga  muvofiq 

yasaladi. 

Katta gabaritli ko‘zgular quyidagi o‘lchamlarda chiqariladi: uzunligi 4300 mm 

gacha,  eni  2900  mm  gacha  va  qalinligi  10  mm  gacha  bo‘ladi.  Bunday  ko‘zgular 

jamoat binolarini ichdan pardozlash uchun ishlatiladi. 

Eshik  va  derazalarga  ishlatiladigan  har  xil  shakldagi,  o‘lchamdagi, 

ko‘rinishdagi va rangdagi shisha bandlarning odatda metall yoki plastmassa gardishi 

(hoshiyasi)  bo‘ladi.  Bunday  bandlar  eshik  va  derazalarga  o‘rnatilishdan  tashqari, 

xonalarni bezatish uchun ham xizmat qiladi. 

 


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish