Ызбекистон республикаси олий ва


-MA'RUZA. YOG‘OCH MATERIALLAR



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

1-MA'RUZA. YOG‘OCH MATERIALLAR 

 

Ma'ruza rejasi: 

1. Fan bo'yicha umumiy ma'lumotlar. 

2. Dumaloq yog‘ochlar. 

3. Arralangan materiallar va zagotovkalar. 

5. Shpon. 

 

1.1. Fan bo'yicha umumiy ma'lumotlar. 

So’nggi  yigirma  yil  ichida  xukumatimiz  tomonidan  Respublikadagi 

yog’ochsozlik  korxonalarini  xususiylashtirilishi  hozirgi  kundagi  zamon  talablariga 

javob  beradigan,  raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqaradigan,  zamon  zayliga, 

odamlarning  didiga  tez  moslashuvchan  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar 

paydo  bo’lishiga  olib  keldi.  Mazkur  korxonalarda  faoliyat  yuritayotgan  mutaxassis 

kadrlar  yog’ochsozlikda  qo’llaniladigan  materiallardan,  ularning  xususiyatlaridan 

yaxshi  xabardor  bo’lishi,  boshqa  materiallardan  afzallik  va  kamchiliklarini  yashi 

bilishlari shart. 

“Yog‘ochsozlikda qo‘llaniladigan  xom  ashyo  va  materiallar”  fanining  maqsadi 

va  vazifasi  –  o‘quv  rejasidagi  fundamental  va  umumkasbiy  fanlardan  bilim  olgan 

talabalarga  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlarda  interaktiv  uslublardan  foydalangan 

holda  yog‘ochsozlikda  qo‘llaniladigan  xom  ashyo  va  materiallarning  sinflanishi, 

turlari,    afzallik  va  kamchiliklari,  fizik-kimyoviy  va  ekspluatatsion  hususiyatlari, 

tarkibi,  sifati,  ishlatilishi  va  ularga  qo‘yiladigan  talablar,  ularni  ishlab  chiqarish, 

sinash, saqlash, tashish usullari va vositalarini o‘rgatishdir. 

Mazkur  fan  texnologik  ishlab  chiqarish  sohasiga  oid  bo‘lib,  yog‘ochsozlikda 

qo‘llaniladigan  barcha  xom  ashyo  va  materiallarni,  ularning  tarkibi,  tuzilishi, 

xususiyatlari  va  ishlatilish  imkoniyatlarini  tadqiq  qiladi.  Ushbu  materialshunoslikka 

oid  bilimlar  yog‘ochdan  duradgorlik  va  mebel  buyumlarini  yasash,  yog‘ochga 

gidrotermik  ishlov  berish,  yog‘ochga  mexanik  va  kimyoviy  ishlov  berish  va  uni 

qayta  ishlash  jarayonlarining  barchasida  zarur  bo‘ladi.  Ayniqsa,  mebelni 

loyihalovchilar, dizaynerlar va konstruktorlar uchun bu bilimlar juda ham zarur. 

«Yog‘ochsozlikda qo‘llaniladigan xom ashyo va materiallar» fanini o‘rganish 

natijasida talaba: 

-  yog‘ochsozlikda 

qo‘llaniladigan  materiallarning  (yog‘och,  yog‘ochli 

yelimlangan va kompozitsion materiallar, plastmassa, metall, mato, tola, ip, yelimlar 

va lok-bo‘yoq materiallar va h.k.) tuzilishi, tarkibi, fizik-kimyoviy va ekspluatatsion 

hususiyatlari, sifati va ishlatilishi, afzallik va kamchiliklarini bilib olishi kerak; 

-  yog‘ochsozlikda  qo‘llaniladigan  materiallarning  xususiyatlarini  farqlash, 

buyum  uchun  material  tanlash,  ularni  o‘lchash  va  sifatini  aniqlash,  ularga  ishlov 

berish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak

-  duradgorlik va mebel buyumlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi xom 

ashyo  va  materiallarni  turli  axborot  manbalaridan  izlash,  zamonaviy  mebel 



 

buyumlari  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  materiallar  sarfini  hisoblash, buyum  sifatini 



yaxshilash malakasiga ega bo‘lishi kerak

Buning uchun talaba fanga qiziqish bilan yondashishi, o‘quv intizomiga qat’iy 

rioya  qilishi,  mashg‘ulotlarda  faol  bo‘lishi,  mustaqil  ish  topshiriqlarini  o‘z  vaqtida 

bajarishi va o‘tilgan materiallarni muntazam ravishda takrorlab borishi lozim. 

Mazkur  fanni  o‘rganish  uchun  talaba  “Fizika”,  “Oliy  matematika”,  “Chizma 

geometriya  va  muhandislik  grafikasi”,  “Amaliy  mexanika”,  “Organik  kimyo” 

fanlarini, shuningdek, ixtisoslik fanlari blokidagi “Yog‘ochshunoslik asoslari”  fanini 

ham  chuqur  o‘zlashtirgan  bo‘lishi  zarur.  O‘z  navbatida,  “Yog‘ochsozlikda 

qo‘llaniladigan  xom  ashyo  va  materiallar”  fani  ham  o‘zidan  keyin  o‘qitiladigan 

barcha mutaxassislik fanlari uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi. 

Mazkur  yo‘nalishning  namunaviy  o‘quv  rejasida  6-semestrda  harbiy  ta’lim 

rejalashtirilgan bo‘lib, uni faqat 1-2 ta talaba o‘qiydi. Asosiy kontingent uchun ushbu 

fanni ishchi dasturida 6-semestrga ko‘chirib o‘qitish tavsiya etiladi. 

Fanni o‘qitishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, 

ko‘rgazmali  va  tarqatma  materiallar,  proektorlar,  virtual  stendlar  va  kompyuter 

dasturlaridan  foydalaniladi.  Dars  mashg‘ulotlarida  interfaol  usullardan  (aqliy 

xujum, klasterli tahlil, sinkveyn, charxpalak, taqdimot va h.k.) foydalaniladi. 

Mazkur  fanning  auditoriya  soatlari  nisbatan  kamligi  sababli  reyting 

nazoratlarini  darsdan  tashqari  vaqtda  o‘tkazish  tavsiya  etiladi:  1-oraliq  nazorat  – 

yozma  ish,  2-oraliq  nazorat  –  hisob  ishi, yakuniy  nazorat  esa  -  yozma  ish  shaklida 

mustaqil ish soatlari hisobidan tashkil qilinishi maqsadga muvofiq. 

Mustaqil  ta’limni  fan  hususiyatlarini  inobatga  olib,  ma’ruza  va  amaliy 

mashg‘ulotlari mazmuni bo‘yicha quyidagi shakllarda tashkil etish tavsiya etiladi: 

-  ma’ruza  materiallarni  muntazam  ravishda  takrorlab,  tavsiya  etilgan 

adabiy manbalarni o‘rganib borish (28 soat); 

-  1-oraliq nazorat va yakuniy nazoratga tayyorlanish (4 soat); 

-  amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlarini bajarish (28 soat); 

-  hisob ishlarini bajarish va 2-oraliq nazoratga tayyorlanish  (10 soat). 

Mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular: 

1.  Modifikatsiyalangan yog‘och. 

2.  Duradgorlik plitalari. 

3.  O‘rtacha zichlikdagi yog‘och tolali plitalar. 

4.  Polimer qoplama materiallar. 

5.  Elimlarning suv ta’siriga chidamliligi. 

6.  Bo‘yovchi moddalar. 

7.  Yumshoq mebelda qo‘llaniladigan materiallar. 

 


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish