chirigan) ko‘zlar bo‘ladi. Usti po‘stloq bilan berkilib ketgan, sog‘lom, yorilgan oqish
rangli ko‘zlar ham yog‘ochning sifatini va mexanikaviy xossalarini pasaytiradi. O‘sib
turgan daraxtlarning o‘zagida ko‘pincha yoriqlar paydo bo‘ladi. Bunday taxtalar
ko‘pincha yorilib ketadi. O‘zak taxtalar ko‘pincha, yo‘g‘on xodalardan 40 mm va
taxtalarni tilishda taxtaning ichki yuzida nuqsonlar yanada yaqqol ko‘rinadi.
14
Markazii taxtalardagi hamma yillik qatlamlar qirqilgan bo‘ladi, shu sababdan bu
taxtalar o‘zak taxtalariga nisbatan kamroq yoriladi. Yon taxtalar xodaning o‘zak taxta
bilan pushtaxta yoki markaziy taxtalar bilan pushtaxta orasidagi yon qismidan
chiqadi, yon taxtalarda ko‘zlar kam bo‘ladi, tarmoqlangan ko‘zlar bo‘lmaydi va ko‘p
miqdorda po‘stloq osti yog‘ochidan iborat bo‘ladi, shu sababdan yon taxtalar yadro
taxtalariga nisbatan suvni yaxshi o‘tkazadi. yon taxtalar yaxshi ishlanadi va toza sirt
hosil qiladi, yon taxtalarda jarohatlar kam bo‘lganligi uchun o‘zak va markaziy
taxtalariga nisbatan yaxshi sifatliligi bilan xarakterlanadi.
Tilinish xiliga qarab arralash materiallari ikki gruppaga: gruppaviy hamda
yakka tartibda tilingan taxtalarga ajratiladi. Xodalarni gruppaviy tilish har bir
xodaning alohida xususiyatlarini hisobga olmay, arralangan materiallarni ko‘plab
tayyorlashda qo‘llaniladi. Xodani bunday tilishda taxtalar yillik qatlamga nisbatan
plastlar yo‘nalishi va yonlari hisobga olinmagan holatda tayyorlanadi. Bunday
arralangan materiallarning sifati ishlanish nuqsonlari va jarohatlari bo‘yicha
baholanadi. Yakka tartibda tilingan arralangan materiallar radial, tangental va tashkil
etuvchilarga parallel tilingan taxtalarga ajratiladi.
Nina bargli daraxtlardan tayyorlangan arralangan materiallar (ГОСТ 8486-86)
qarag‘ay, archa, oq qarag‘ay, tilog‘och va kedr yog‘ochidan tayyorlanadi.
O‘lchamlari. Gradatsiyasi 0,25 m bo‘lgan arralangan materiallarning uzunligi
1 dan 6,5 m gacha, taralar uchun 0,1 m gradatsiya bilan 0,5 m dan uzun bo‘ladi.
Shpallar tayyorlashda ishlatiladigan arralangan materiallarni 2,75 m uzunlikda
chiqarishga ruxsat etiladi.
Nina bargli arralangan materiallardan 3 mm gradatsiya bilan 13-25 mm
qalinlikdagi taxtalar; 5 mm gradatsiya bilan 32, 40 dan 45 mm gacha qalinlikdagi
taxtalar; 50, 60, 70, 75 va 100 mm li brusoklar 130, 150, 180, 200, 220 va 250 mm li
bruslar ishlab chiqariladi.
Arralangan materiallarning sifati nuqsonlariga, sirtining g‘adir-budurligiga va
boshqa sabablarga bog‘liq. Taxta va brusoklar (ГОСТ 8486-86) beshta sortga (sara;
1; 2; Zva 4-sortlarga); bruslar to‘rt (1; 2; 3 va 4-) sortga ajratiladi.
Yaproqli daraxtlardan tayyorlangan arralangan materiallar qattiq va yumshoq
daraxt turlaridan tilinadi (ГОСТ 2695-91).
Yaproqli arralangan materiallar ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari bo‘yicha
bruscha va taxtalarga ajratiladi. Taxtalar o‘z navbatida yupqa (qalinligi 32 mm gacha
bo‘lgan) va qalin (qalinligi 35 mm dan ortiq bo‘lgan) taxtalarga ajratiladi. Uzunlik
bo‘yicha arralangan materiallarning quyidagi o‘lchamlari belgilangan: qattiq turdagi
yaproqli daraxtlardai 0,1 m gradatsiya bylan 0,5-6,5 m; yaproqli yumshoq daraxt
turlaridan va qayindan 0,1 m gradatsiya bilan 0,5 dan 2,0 m gacha; 0,25 m gradatsiya
bilan 2,0 dan 6,5 m gacha. Arralangan materiallar 13-35 mm qalinlikda 3 mm
gradatsiya, bilan; 40, dan 80 mm gacha bo‘lganlari 5 mm gradatsiya bilan va 80 dan
100 mm gacha qalinlikdagilari esa10 mm gradatsiya bilan tayyorlanadi. yon chetlari
olingan taxtalarning kengligi 60, 70, 80, 90, 100, 110, 130, 150, 180 va 200 mm; yon
chetlari olinmagan va bir yoni olingan arralangan materiallarning kengligi 50 mm va
undan ortiq (10 mm dan ortiq gradatsiyali) bo‘ladi. Yonlari olinmagan va bir yoni
olingan ensiz plastning kengligi kamida 40 mm bo‘lishi kerak. Qalinlik, kenglik va
15
uzunlnk bo‘yicha yo‘l qo‘yilzdigan chetga chiqishlar nina bargli arralangan
materiallar uchun belgilanganga teng.
Ish joyiga yetkazib beriladigan arralangan materiallarning namligi 22% dan
ortiq bo‘lmasligi kerak. Namligi yuqori bo‘lgan arralangan materiallar
iste’molchining roziligi bilangina keltiriladi.
Arralangan materiallar sifati bo‘yicha uch sortga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: