7.2. Furnituralar.
Ko‘rinishiga, ishlatilish joyiga va mebelning materialiga qarab mebel
furniturasining shakli, o‘lchami, tuzilishi va pardozi ham xilma-xil bo‘ladi. Furnitura
o‘zining asosiy vazifasini bajarishdan tashqari, mebeldan foydalanishni
qulaylashtiradi va uni bezatadi. Hozirgi vaqtda mebellar rangli metallardan yasalgan
bezaklar, suyak va sadaflar bilan bezatilmaydi, desak xato bo‘lmaydi.
Sharnirlarining sterjenlari chiqarilmaydigan qilib yasalgan, kichikroq
o‘lchamdagi tavaqali oshiq-moshiqldr sodda mebellargagina ishlatiladi. Tovonli
to‘g‘ri hamda burchak oshiq moshiqlari (begunki) tavaqali yonbosh va burchak
oshiq-moshiqlari hamda ikki sharnirli (lomberli) oshiq-moshiqlar, royal oshiq-
moshiqlari, qalpoqchali yoki bochkasimon, olinadigai oshiq-moshiqlar eng ko‘p
ishlatiladi.
86
25-rasm. Mebel oshiq-moshiqlari:
a) tovonli to‘g‘ri oshiq-moshiqlar; b) burchakka o‘rnatiladigan tovonli oshiq-
moshiqlar va yon tomonga, o‘rnatiladigan tavaqali oshiq-moshiqlar; g) burchakka
o‘rnatiladigan tavaqali oshiq-moshiqlar; d) royal oshiq-moshiqlari; ye) qo‘sh
sharnirli (lomber) oshiq-moshiqlar; j) qalpoqli (bochkasimon) olinadigan oshiq-
moshiqlar.
Oshiq-moshiqlar tanlashda mebelning xilini va konstruksiyasini nazarda tutish
kerak; masalan, tovonli oshiq-moshiqlar va tavaqali to‘g‘ri oshiq-moshiqlar eshiklari
urib ochiladig‘an shkaflarga ishlatiladi, tavaqali yonbosh va burchak oshiq-
moshiqlari eshiklari tashqariga ochiladigan shkaflarga, ikki sharnirli oshiq-moshiqlar
esa suriladigan stollarga ishlatiladi.
Mebel eshiklariga va tortmalariga o‘rnatiladigan qulflar eshik qulflaridan
kichikroq bo‘ladi, ular o‘yib o‘rnatiladigan, kesib o‘rnatiladigan va ustdan
o‘rnatiladigan qulflarga ajratiladi. Mebellarning eshiklariga o‘yib o‘rnatiladigan
shpingaletlar eshik shpingaletlaridan biroz kichikroqdir, ularning ust (ko‘rinib
turadigan) tomoni ko‘pincha rangli metallardan yasaladi yoki nikellanadi.
Mebellarga shpingaletlar o‘rniga ko‘pincha zadvijkalar (lo‘kidonlar)
o‘rnatiladi, ular mebel eshigining yuqorisiga va pastiga ichki tomondan o‘rnatiladi.
Ustdan o‘rnatiladigan shpintalet eng ko‘p tarqalgan.
87
Uning yaxshi tomoni shundaki, u eshikning tob
tashlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Zashchyolkalar ko‘pincha
sharikli qilib yasaladi.
27- rasm. Sharikli zashyolka
Mebellarning bandlari yoki tutqichlari xilma-xil
bo‘ladi. Ular ko‘rinishi jihatidan skobasimon,
knopkasimon, halqasimon va tomchisimon bandlarga
ajratiladi. Agar bandlarning ustidan qoplanadigan
plastinkasi bo‘lmasa yoki plastinkada kalit uchun teshik
qoldirilmagan bo‘lsa, u holda eshikka kalit uchun
o‘yilgan teshikning devorchalari yemirilmasligi uchun,
teshikka kalit shakli berilgan detal (klyuchezina)
o‘rnatiladi; bu detal eshikka o‘yib o‘rnatiladi yoki
ustidan qoplanadi, u metall, plastmassa va suyakdan
yasaladi.
28-rasm. Mebel tutqichlari va
kalitdonlar
Furnituraning
barcha
detallari mustahkam, o‘tmas
qirrali, burchaksiz va pitirsiz
bo‘lishi kerak. Detallarning
ustki yuzasida hech qanday
nuqson
bo‘lmasligi,
tushirilgan naqshi yoki o‘yib
solingan bezaklari ochiq bilinib turishi lozim. Qulflar, shpingaletlar, zashchyolkalar,
26- расм.
Устдан ўрнатилган
шпингалет қулфи.
88
lo‘kidonlar hech qanday kuch talab qilmasdan va taqillamasdan bemalol , ishlashi
lozim. Furnituralar zavodda odatda yumshoq qog‘ozga bitta-bittadan o‘ralib,
yashikka komplekti bilan joylanadi. Ularni yopiq, quruq binolarda yashikda saqlash
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |