10- laboratoriya ishi
Mavzu: PAINT grafik muharriri va u bilan ishlash.
Darsning maqsadi: PAINT grafik muharriri bilan tanishtirish va uning ishlash jarayonini o’rganish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Grafik muharrirlar va ularning imkoniyatlariga tavsif bera oladi.
PAINT dasturini ishga tushiradi va uni boshqara oladi.
PAINT menyusi tarkibini izohlay oladi.
PAINT da grafiklar hosil qilish malakasini egallay oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kompyuter, Windows operatsion tizimi, Paint grafik muharriri, ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
1 - topshiriq. Quyidagi bandlarda berilgan amaliy vazifalarni bajaring:
a) Dasturni ishga tushiring va uning ishchi oynasi tashkil etuvchilarini ekrandan olish va joylashtirish amallarini bajaring?
b) Dasturning ishchi oynasida har xil geometrik figuralar hosil qiling va ularni xotiraga saqlang.
v) Dasturda rangli kvadrat chizib uni qismlarga ajrating va ajratilgan qismlarni boshqa joyga o’rnatish (nusxalash) amallarini bajaring.
g) Dasturda uch qismga bo’lingan to’g’ri to’rtburchak hosil qiling, uning rangini uch xil ko’rinishga o’zgartiring, kattalashtirish va kichiklashtirish amallarini bajaring.
d) Dasturda hosil qilingan tasvirning turli qismlariga atrofiga, ustiga har xil shriftlarda ma’lumotlar yozish amallarini bajaring.
2 – topshiriq. Paint dasturida quyidagi bandlarda berilgan topshiriqlardagi tasvirni hosil qilib, xotiraga saqlang:
a) Fazoviy geometrik figuralardan piramida, prizma, tsilindr, konus va shar tasvirlarini hosil qiling.
b) Shaxsiy kompyuter asosiy qurilmalarini ifodalovchi tasvir hosil qiling.
v) Engil va yuk avtomobillari shaklini ifodalovchi tasvir hosil qiling.
g) WINDOWS, WORD, EXCEL va PAINT so’zlarini turli shakllarda hosil qiling.
d) O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining tasvirini hosil qiling.
Tekshirish uchun savollar:
Grafik muharrirlarning vazifasi nimaladan iborat?
Paint dasturi qanday ishlarni bajarishga mo’ljallangan?
Paint dasturi qanday imkoniyatlarga ega?
Paint dasturini ishga tushirish tartibi nimalardan iborat?
Paint dasturi ishchi oynasi qanday tashkil etuvchilarga ega?
Paint da tasvirlar qanday hosil qilinadi?
Paint da tasvir ranglari qanday o’zgartiriladi?
Paint dasturida tasvirlarni tahrirlash uchun qanday amallar bajariladi?
Paint da hosil qilingan tasvirni xotiraga saqlash qanday bajariladi?
Paint da tasvirni printerda chop qilish uchun qanday tartibda ishlar bajariladi?
Adabiyotlar:
1. T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va xisoblash texnikasi», T.: «O’zb.M.E.», 2001 y.
2. S.S. Qosimov, A. A. Obidov, «Kompyuter olami» T.: «Cho’lpon» 2001 y.
3. N.Taylaqov, A.Axmedov «IBM–PC kompyuteri»,T.:«O’zbekiston»,2001 y.
19-mavzu: Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish texnologiyalari.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Do'stlaringiz bilan baham: |