Ызбекистон республикаси олий ва ырта


I–MODUL. Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va uning ob’ektlari



Download 2,61 Mb.
bet2/79
Sana23.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#694638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
inf va at majmua toshtemirov d

I–MODUL. Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va uning ob’ektlari.
1-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari
fanining mazmuni, vazifalari va asosiy tushunchalari.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Asosiy savollar:

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.

  2. Informatika va axborot texnologiyalari fanining asosiy tushunchalari.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Informatika, axborot, texnologiya, axborot texnologiyasi, algoritm, dastur, kompyuter, axborotning sifatlari, axborotning xossalari, axborotlashgan jamiyat, Bit, Bayt, Kbayt, Mbayt, Gbayt.
Mavzuga oid asosiy muammolar:

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fani axborotlarni to’plash, saqlash, uzatish, qayta ishlash va ulardan foydalanish haqidagi fan deb qaraladi. Siz ushbu ta’riflashga qo’shilasizmi yoki qo’shilmaysizmi? Sizningcha qanday ta’rifni fan uchun eng ma’qul deb o’ylaysiz? O’zingizga ma’qul bo’lgan ta’rifni izohlab bering?

  2. Informatika va axborot texnologiyalari fanida axborot va ma’lumot deb nomlangan tushunchalar qaraladi. Bu tushunchalarning bir-biridan farqi bormi? Agar mavjud bo’lsa, javobingizni izohlang.

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari to’g’risida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunini ochib bera oladi.

    2. Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalarini izohlay oladi.

1-asosiy savolning bayoni:
Informatika fani hozirgi vaqtda inson faoliyatining turli sohalarida qo’llanilayotgan fanlardan biri bo’lib, u XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi.
Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon) larning qonuniyatlarini o’rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo’lib, ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to’plash, qidirish va iste’molchiga berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’zida aks ettiradi.
Informatika atamasi lotincha «informatic» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish kabi ma’nolarni anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Somputer sciene (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimiga mos keladi. Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlagan bo’lsada, uning alohida fan sifatida ajralishi 40-50 yillarga to’g’ri keladi.
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o’rganuvchi fandir.
Oliy o’quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni quyidagilardan iborat:

  • axborotlarni to’plash, uzatish va qayta ishlashning umumiy tavsifi;

  • axborotli jarayonlarning texnik va dasturiy ta’minoti;

  • axborot texnologiyalarining turlari va ko’rinishlari;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning tuzilishi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo’llash va uning ahamiyati;

  • o’quv va nazorat qiluvchi dasturlar va ular bilan ishlash;

  • matnli va grafikli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari;

  • multimediali texnologiyalar bilan ishlash;

  • tarmoq texnologiyalari bilan ishlash;

  • internet texnologiyasi bilan ishlash;

  • masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish va boshqalar.

Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • kompyuterni kundalik aqliy faoliyatda yordamchi sifatida foydalanishni yo’lga qo’yish;

  • axborot madaniyati va uning ahamiyati haqida bilim berish;

  • zamonaviy telekommunikatsiya, virtual voqelik, multimedia tushunchalarini shakllantirish;

  • axborot texnologiyalaridan foydalana olish;

  • informatika vositalaridan foydalanish xavfsizligi masalalari, aqliy mulk va dastur ta’minotidan foydalanishning huquqiy tomonlari bilan tanishtirish va boshqalar.

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’rganish natijasida axborotlarni to’plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullarini hamda tezkor kompyuterlar va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari ko’magidan foydalanish malakasi hosil bo’ladi.
Muhokama uchun savollar:

    1. Informatika va axborot texnologiyalari fani nima bilan shug’ullanadi?

    2. Informatika so’zi qanday ma’noni anglatadi?

    3. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni nimalardan iborat?

    4. O’rta maxsus o’quv yurtlari va o’rta umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni nimalardan iborat ekanligini izohlang.




Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish