9 – amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Arxivator va antivirus dasturlari bilan ishlash.
Darsning maqsadi: Arxivator va antivirus dasturlari bilan tanishish va ularda ishlash malakasini oshirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Arxivator va antivirus dasturlari haqida ma’lumotlarga ega bo’la oladi.
2. Arxivator va antivirus dasturlarini boshqarish buyruqlariga tavsif bera oladi.
3. Arxivator va antivirus dasturlari ishchi oynasi tuzilishi tavsifini bera oladi.
4. Arxivator va antivirus dasturlari bilan ishlash malakasiga ega bo’la oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kompyuter, MS DOS va Windows operatsion tizimlari, Arj, Rar, Zip, WinZip arxivatorlari, Avp, Drweb antivirus dasturlari, ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Kompyuterni ishga tushirish tartibi bo’yicha ishga tushiring.
2. Kompyuter avtomatik ravishda biror dastur bilan ishlashga o’tsa undan MS DOS tizimi bilan ishlash rejimiga o’tkazing.
3. Arj, Rar va Zip dasturlarining birini ishga tushiring.
4. Kompyuter xotirasidagi biror papka ichidagi fayllar guruhini arxivlash amallarini bajaring.
5. Arxivlangan faylni boshqa diskga ko’chirib o’tkazing va uni arxivdan oching.
6. Kompyuterni Windows tizimiga o’tkazib WinZip dasturini ishga tushiring va biror papkadagi fayllar guruhini arxivga joylashtiring.
7. WinZip dasturi orqali arxivlangan faylni oching va kompyuter xotirasiga o’zingizning ismingiz bilan nomlangan papka yaratib ularni joylashtiring.
8. Windows tizimida Avp yoki Drweb antivirus dasturlaridan birini ishga tushiring.
9. Kompyuterning qattiq diskini va yumshoq disklarni virusdan tozalash amallarini bajaring.
Adabiyotlar:
S. I. Raxmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash», Toshkent: «Sharq», 1998 yil.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va xisoblash texnikasi», T.: «O’zb.M.E.», 2001 yil.
N.Taylaqov, A.Axmedov «IBM–PC kompyuteri» T.:«O’zbekiston»,2001 y.
D. E. Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan muammoli ma’ruza matnlari, Guliston – 2004 y.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1 – topshiriq.
1.1. Paint grafik muharriri uskunalar paneli va ularning vazifasi.
1.2. Paint da tayyor rasmlar ustida ishlash.
1.3. Paint dasturida tasvirlarni tahrirlash.
2 – topshiriq.
2.1. Kompyuter grafikasi turlari va ularning vazifasi.
2.2. Power point da slaydlar tayyorlash va ularni tayyorlashga talablar.
2.3. Power point da prezentatsiya tayyorlash va ularni tayyorlashga talablar.
2.4. Powerpoint da tasvirlar hosil qilish va ularni namoyish etish.
3 – topshiriq.
3.1. Arxivator dasturlar turlari va ularning farqi.
3.2. Fayllarni arxivlash va ularni qayta tiklash.
3.3. Kompyuter viruslarining kelib chiqishi va ularning oldini olish.
3.4. Antivirus dasturlarining xususiyatlari.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
S. S. G’ulomov, A. T. Shermuxammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» T. – «O’zbekiston» – 1999 yil.
M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-2 qism, 2002, 2003 y.
S. I. Rahmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash» T. NMK – «ShARQ» - INSTAR – 1996 yil.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va xisoblash texnikasi» T. – «O’zb.M.E.» – 2001 yil.
V-modul bo’yicha yakuniy xulosalar:
V-modulda Informatika va axborot texnologiyalari fanining «Ma’lumotlar ustida ishlash» deb nomlangan qismi bir nechta mavzularga bo’lib o’rganilib chiqildi. Bu mavzularda quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
1. Axborotlarni grafik usulda qayta ishlash texnologiyalari mavzusida Paint grafik muharriri o’rganilib chiqildi. Unda dasturning ishchi oynasi tuzilishi va tashkil etuvchilari vazifalari o’rganib chiqildi. Grafik muharrirda ishlash uchun mashqlar va laboratoriya ishlari topshiriqlari tavsiya etildi.
2. Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish texnologiyalari mavzusida PowerPoint taqdimot dasturi o’rganilib chiqildi. Unda dasturning ishchi oynasi tuzilishi va tashkil etuvchilari vazifalari o’rganib chiqildi. Taqdimot dasturida ishlash uchun mashqlar va laboratoriya ishlari topshiriqlari tavsiya etildi.
3. Ma’lumotlarni arxivlash va ularning ahamiyati mavzusida arxivlash tushunchasi, ularni amalga oshirish usullari, arxivlash jarayonini misollar yordamida tushuntirildi. Arxivlash masalasi ARJ va Zip arxivatorlari yordamida ko’rib chiqildi.
4. Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish mavzusida kompyuter virusi tushunchasi, virusning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish masalalari o’rganilib chiqildi. Antivirus dasturlaridan Avp va Drweb dasturlari ko’rib chiqildi.
5. Har bir mavzu yuzasidan o’rganishni takomillashtirish uchun dasturlar bilan ishlash bo’yicha mashqlar va laboratoriya ishlari bajarish uchun tavsiya etildi.
Nazorat savollari:
Kompyuterning grafik dasturlari haqida ma’lumot?
Grafik muharrirlarning vazifasi nimalardan iborat?
Grafik muharrirlar va ularning imkoniyatlari.
Kompyuter grafik dasturlarining turlari.
Paint dasturi haqida ma’lumot.
Paint dasturining ishchi oynasi tashkil etuvchilari.
Paint dasturi menyusi tarkibi va ularning vazifasi.
Paint dasturi imkoniyatlari.
Paint dasturini ishga tushirish va unda ishni yakunlash qanday bajariladi?
Paint dasturi uskunalar majmuasi qanday o’rnatiladi va uning tarkibi nimalardan iborat?
Paint dasturi uskunalar majmuasi tashkil etuvchilari vazifalari nimalardan iborat?
Paint menyusi yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?
Paint da tayyorlangan tasvirning rangini o’zgartirish qanday bajariladi?
Paint dasturida hosil qilingan tasvirni qog’ozga chop qilish qanday bajariladi?
Paint dasturi Windows ish stoliga qanday o’rnatiladi?
Paint da tayyorlangan tasvirni xotiraga saqlash uchun fayl qanday nomlanadi?
Paint dasturi “Fayl” menyusida qanday ishlar bajariladi?
Paint dasturining “Pravka” va “Vid” menyularida qanday ishlar bajariladi?
Paint dasturining “Risunok” va “Palitra” menyularida qanday ishlar bajariladi?
Kompyuterda ko’rgazmali taqdimotlar tayyorlash uchun qanday dasturlardan foydalaniladi?
Ko’rgazmali taqdim etish uchun mo’ljallangan dasturlarning imkoniyatlari.
Slaydlar nima va ular qanday yaratiladi?
Prezentatsiya nima va uni hosil qilish tartibi.
Power point dasturi qanday maqsadlar uchun yaratilgan?
Power point dasturi imkoniyatlari.
Power point dasturini ishga tushirish, uning ishini boshqarish va unda ishni yakunlash.
Power point da tayyorlangan slaydlar qanday tartibda namoyish etiladi?
Power point da maxsus effektlarni o’rnatish qanday amalga oshiriladi?
Power point da animatsion effektlar qanday hosil qilinadi?
Power point da slaydlarga tovushli vositalar qanday joylashtiriladi?
Power point da yaratilgan prezentatsiya xotiraga qanday saqlanadi va uning fayl nomi qanday shaklda bo’ladi?
Arxivlash deganda nima tushuniladi?
Qanday arxivator dasturlari mavjud?
Arxivator dasturlar bir-biridan qanday farq qiladi?
Arxivator dasturlarning qanday imkoniyatlari mavjud?
MS DOS tizimida arxivlash qanday bajariladi?
NC qobiq dasturida arxivlash qanday bajariladi?
Windows tizimida arxivlash qanday bajariladi?
Fayllarni bo’laklab va qirqib arxivlash deganda nimalar tushuniladi?
Arxiv fayllarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Fayllarni arxivlashning ahamiyati nimalardan iborat?
ARJ arxivatori haqida ma’lumot.
PKZIPG’PKUNZIP arxivatori haqida ma’lumot.
Arxivlangan fayllarning qanday turlari bor va ularga qanday kengaytma qo’yiladi?
Fayllarni arxivlash va arxivlangan fayllarni qayta tiklash deganda nimalar tushuniladi?
ARJ arxivatori ishlash jarayonini tushuntiring.
ZIP arxivatori ishlash jarayonini tushuntiring.
Kompyuter virusi nima va uning salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
Kompyuter virusining kelib chiqishi va rivojlanishi.
Kompyuterda virus bor yoki yo’qligi qanday aniqlanadi?
Kompyuterda virusning borligini bildiruvchi o’zgarishlar nimalardan iborat?
Kompyuter viruslarining qanday turlari bor?
Viruslarni yo’qotish va uning oldini olish uchun qanday ishlar qilish kerak?
Antiviruslar nima va ular qanday vazifalarni bajaradi?
Antivirus dasturlarining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Aidstest antivirus dasturi haqida ma’lumot.
Aidstest antivirusining ishlash jarayoni nimalardan iborat?
Drweb antivirusi va uning imkoniyatlari.
Drweb antivirusining ishlash jarayoni nimalardan iborat?
MS DOS tizimida qanday antiviruslar mavjud va ularning imkoniyatlari?
Windows tizimida qanday antiviruslar mavjud va ularning imkoniyatlari?
Norton antivirus dasturi haqida ma’lumot.
Avp antivirus dasturi haqida ma’lumot.
Avp antivirus dasturining imkoniyatlari.
Avp antivirus dasturini ishga tushirish va unda ishlash jarayoni nimalardan iborat?
TAVSIYa ETILADIGAN ADABIYoTLAR:
S. S. G’ulomov, A. T. Shermuxammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» T. – «O’zbekiston» – 1999 yil.
M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-2 qism, 2002, 2003 y.
S. I. Rahmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash» T. NMK – «ShARQ» - INSTAR – 1998 yil.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va hisoblash texnikasi» T. – «O’zb.M.E.» – 2001 yil.
S.S.Qosimov, A.A.Obidov «Kompyuter olami» T.–«Cho’lpon»–2001 y.
N.Taylaqov, A.Axmedov «IBM–PC kompyuteri» T.:«O’zbekiston»,2001 y.
D. E. Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan muammoli ma’ruza matnlari, Guliston – 2004 y.
S. P. Allayorov, S. T. Raxmonov, S. I. Qulmamatov, D. E. Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlari», Guliston – 2003 y
U.Yu. Yuldashev, R.R.Boqiev, F.M.Zokirova «Informatika», T.:2002 y.
A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari», T.: 2002 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |