2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga kompyuter tarmoqlari turlari va ularning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Kompyuter tarmoqlari turlarini izohlay oladi.
2.2. Kompyuter tarmoqlari imkoniyatlarini tavsiflab bera oladi.
2-asosiy savolning bayoni: Kompyuter tarmoqlari har xil xususiyatlari, masalan, hududiy taqsimlanishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Global (xalqaro) tarmoqlar.
Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
Lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi. Ular bir – biridan 10 – 15 ming kilometr uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali foydalaniladi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat, shaxarlar va viloyatlardagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Ular orasidagi masofa 10 – 1000 kilometrgacha bo’lishi mumkin.
Lokal tarmoqlar bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi kompyuterlarni bir – biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa 10 kilometrgacha bo’lishi mumkin. Agar radiokanal aloqasidan foydalanilsa 20 kilometrgacha bo’lishi mumkin.
Lokal kompyuter tarmog’i maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar guruhi hisoblanadi. Bu tarmoqni yaratishdan maqsad tashkilotlar, o’quv yurtlarida mavjud kompyuterlar guruhidan unumli foydalanish, har xil ma’lumotlarni bir – biriga etkazish, kompyuterning qo’shimcha qurilmalaridan unumli va tejamli foydalanishdir.
Hozirgi vaqtda dunyoda ko’plab kompyuter tarmoqlari ishlab turibdi. Global tarmoqlardan biri Internet tarmog’i bo’lib, u butun dunyo bo’yicha kompyuter foydalanuvchilarini birlashtiruvchi tarmoqdir. Bu tarmoq 1983 yilda butun dunyo bo’yicha o’z faoliyatini boshladi.
Internet – bu, ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga kirish imkoniyatini beruvchi tarmoqdir.
Internet o’zining foydalanuvchilariga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanish kerak.
Internetning tarkibiy qismi:
Texnik ta’minot.
Dasturiy ta’minot.
Informatsion ta’minot.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan jamoa ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
Muhokama uchun savollar: 2.1. Kompyuter tarmoqlarining qanday turlari bor va ular qaysi
xususiyatlarga ko’ra farqlanadi.
2.2. Lokal tarmoqlar qanday ishlaydi va uning ahamiyati.
2.3. Mintaqaviy tarmoqlar qanday ishlaydi va uning ahamiyati.
2.4. Global tarmoqlar qanday ishlaydi va uning ahamiyati.
2.5. Internet global tarmog’i haqida tushuncha.
2.6. Internet tarmog’ining hozirgi vaqtdagi o’rni va ahamiyati nimalardan
iborat.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar: 1. Lokal tarmoqdan foydalanishning takomillashtirilgan variantlarini ishlab chiqish.
2. Global tarmoq imkonitlaridan o’quv jarayonida foydalanish usullarini ishlab chiqish.