Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 2,61 Mb.
bet76/79
Sana23.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#694638
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
inf va at majmua toshtemirov d

Asosiy savollar:
1. Multimedia tushunchasi va uning imkoniyatlari.
2. Multimedia vositalari va ular bilan ishlash.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Multimedia, audio va video qurilmalar, Multimedia-kompyuterlar, audio plata, video karta, videokamera, videomagnitafon, televizor, videoshakllar, videoma’lumot, SD-ROM, lazer disk, tovushli va tasvirli fayllar.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ularga tovushlar, videoelementlar kabi vositalar kiradi. Sizningcha yana qanday elementlarni multimedia vositalari deb atash mumkin? Javobingizni izohlab bering.
2. Kompyuterga multimedia vositalari o’rnatilgan, lekin dasturlarning bajarilishi ta’minlanmagan bo’lsa, qanday ish tutish lozim deb o’ylaysiz? Javobingizni izohlab bering.

  1. Multimedia tushunchasi va uning qo’llanilishini asoslash.

  2. Multimediali texnologiyaning imkoniyatlarini izohlash.

  3. Multimediali tizimlarning tashkil etuvchilari vazifasini asoslash.

  4. Multimedia tizimlarining texnik va dasturiy vositalari ish jarayoni bilan tanishish.

  5. Multimediali texnologiyalar bilan ishlashni takomillashtirish.

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga multimedia tushunchasi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Multimedia tushunchasiga ta’rif bera oladi.
1.2. Multimedianing imkoniyatlarini ochib bera oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Tovushlar va videoelementlar bilan ishlash uchun multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar xizmat qiladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter multimedia - kompyuter deb ataladi.
“Multimedia” atamasining lug’aviy ma’nosi “multimuhit” ni anglatadi. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqe’lik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas.
Multimediaga mos mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan, kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.
CD-ROM deb atalmish jamlovchi qurilma multimedik ilovalardan ham foydalanish uchun zarur. Kompakt disklarda katta hajmdagi boshqa dasturiy mahsulotlar ham tarqatiladi. Ular o’nlab yuqori zichlikdagi oddiy disketalarning o’rnini egallashi mumkin. Ya’ni jamlovchilar faqat multimediaga taalluqli bo’lib qolmay, balki keng ma’nodagi tadbiqlarga ega moslamalardir.
Tovush va video bilan ishlashni istagan foydalanuvchilar multimedia mahsulotlari kompyuter ma’lumotlari uchun mo’ljallangan doimiy xotiraga, hamda ShKning mikroprotsessori, operativ xotirasi va videosistemaga yuqori talablarni qo’yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar ayniqsa videoma’lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki kelajakda bu yo’nalishdagi talablar yanada ortadi.
Muhokama uchun savollar:
1.1. Multimedia tushunchasi nimani bildiradi?
1.2. Multimedianing imkoniyati nimalardan iborat?
1.3. WINDOWS 98 OT ning multimedia imkoniyatlari darajasi haqida
ma’lumot bering?
1.4. Multimediani tashkil qilgan texnik ta’minotni tavsiflab bering.



Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish