Asosiy savollar:
1. Axborot tizimlari tushunchasi, ularni loyihalash va yaratish.
2. Axborot tizimlarining turkumlanishi, ularni ishlab chiqish va foydalanish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: tizim, axborot tizimlari, tizim turlari, tizim elementlari, tizimlarning turkumlanishi, bilimlar ombori, sun’iy intellekt, ekspert tizimlar.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Axborot tizimlari deganda axborotni saqlash, izlash, turlarga ajratish, uni qayta ishlash jarayonlari, usullari, vositalari tushuniladi. Ushbu fikrga qo’shilasizmi yoki yo’qmi? Sizning fikringizcha axborot tizimlariga yana qanday ko’rinishlarda ta’rif berish mumkin deb o’ylaysiz? Javobingizni izohlab bering.
2. Axborot tizimlarini ishlab chiqish uchun kompyuterning barcha texnik va dasturiy vositalari mavjud bo’lishi talab etiladi. Ushbu fikrga qo’shlasizmi yoki yo’qmi? Sizningcha yana qanday vositalar bo’lishi kerak deb o’ylaysiz? Javobingizni izohlab bering.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga axborot tizimlari tushunchasi, ularni loyihalash va yaratish to’g’risida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Axborot tizimlari tushunchasi bo’yicha to’liq ma’lumot bera oladi.
1.2. Axborot tizimlarining tashkil etuvchilarini izohlay oladi.
1.3. Axborot tizimlarini loyihalash va yaratish bosqichlarga izoh bera
oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Axborot tizimlari degan tushunchada «tizim» so’zi ko’p uchraydigan so’zlardan bo’lib, rus tilida sistema deb nomlanadi. Tizim tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Tizim deganda, yagona maqsadlar yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi.
Informatika fanida tizim tushunchasi ko’proq texnik vositalar va dasturlar to’plamiga nisbatan ishlatiladi. Masalan, kompyuterning texnik tuzilishini tizim deb tasavvur etish mumkin.
Axborot tizimlari deganda axborotni saqlash, izlash, turlarga ajratish, uni qayta ishlash jarayonlari, usullari, vositalari tushuniladi.
Axborot tizimi asosida ombordagi ma’lumotlarni tartiblash, avtomatik izlash, ma’lumot almashish mumkin.
Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni ishlash, uni qayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini hal qilish kiradi. Kompyuter axborot tizimi bilan samarali ishlaydigan elektron qurilmadir.
Kompyuterlarning takomillashuvi dunyodagi barcha o’zgarishlarni o’z ichiga qamrovchi yagona axborot tizimini yaratishga imkoniyat yaratadi.
Muhokama uchun savollar:
1.1. Tizim deganda nimalar tushuniladi va u nima uchun yaratiladi?
1.2. Tizimning asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
1.3. Axborot tizimlari deganda nimalar tushuniladi?
1.4. Axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari va vazifalari
nimalardan iborat?
1.5. Axborot tizimlarining tashkil etuvchilari nimalardan iborat?
1.6. Axborot tizimlari qanday masalalarni hal qilishga mo’ljallangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |