Identiv o’quv maqsadlari: 1. PowerPoint dasturi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
2. Slayd va taqdimot tushunchalariga tavsif bera oladi.
3. Taqdimotlar yaratish malakasiga ega bo’ladi.
4. Maxsus va animatsion effektlar bilan ishlash malakasiga ega bo’ladi.
Kerakli jihoz va materiallar:Shaxsiy kompyuter, Windows operatsion tizimi, Power Point dasturi, ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi: Quyidagi bandlarda berilgan amaliy vazifalarni bajaring?
a) Power Point dasturini ishga tushiring:
«Bosh menyu» orqali;
«Проводник» dasturi orqali;
«Yorliq» orqali;
«Moй компьютер» orqali;
Office paneli orqali.
b) Bo’sh prezentatsiya hosil qiling va quyidagi topshiriqlarni bajaring:
Hosil bo’lgan ob’ektlardan birinchisiga fakultetingiz nomini kiriting;
Ikkinchisiga ta’lim yo’nalishingiz nomini kiriting;
Keyingisiga muallif sifatida o’zingizning F.I.Sh. ni kiriting;
Rasmlar to’plamidan ixtiyoriy rasmni tanlab, slaydga joylashtiring;
Slaydning pastki qismiga “Guliston – 2003” matnini kiriting.
Keyingi bo’limga fan bo’yicha mavzular ketma-ketligini kiriting;
Slaydga turli xil rasmlarni joylashtiring;
Slaydga tovush va kliplarni joylashtiring.
g) Keyingi slaydlarni ochgan holda quyidagi ishlarni bajaring;
Mundarijada keltirilgan har bir mavzu bo’yicha asosiy savollar, tayanch tushuncha, iboralar va mavzu bo’yicha qisqacha nazariy ma’lumotlarni kiriting;
Kiritilgan ma’lumotlar ustida tartiblash ishlarini amalga oshiring.
d) Hosil qilingan slaydlar ustida quyidagi ishlarni bajaring:
Birinchi slaydga navbatdagi slaydga va oxirgi slaydga o’tish uchun boshqarish tugmachalarini joylashtiring;
Joylashtirilgan tugmachalarning boshqarish
parametrlarini o’rnating;
Keyingi hosil qilingan slaydlarga ham kerakli boshqarish tugmalarini qo’ying va ularni boshqarish parametrlarini o’rnating;
Mundarijada keltirilgan mavzularga tegishli nazariy ma’lumotlar joylashgan slaydlar bilan giperaloqa o’rnating;
Hosil qilingan slaydlardagi ob’ektlarda animatsiya, tovush jo’rligini o’rnating.
e) Slayddagi kerakli ob’ektga boshqa kompyuterda joylashgan ixtiyoriy matnli faylga aloqa o’rnating.
yo) Yaratilgan slaydlarni taqdimot qilishni ko’rsating.
z) Prezentatsiyani xotiraga saqlang va dastur ishini yakunlang.
Tekshirish uchun savollar: PowerPoint dasturini ishga tushirish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?
PowerPoint dasturi qanday maqsadlar uchun yaratilgan?
Slayd deganda nima tushuniladi?
Prezentatsiya (taqdimot) deganda nima tushuniladi?
Yaratilgan slaydlar qanday tartibda nomoyish etiladi?
Maxsus effektlar nima va ular qanday o’rnatiladi?
Animatsion effektlar nima va ular qanday ishga tushiriladi?
PowerPoint dasturi menyusi qanday bo’limlardan tashkil topgan va ularning vazifasi?
PowerPoint dasturining qanday uskunalar paneli mavjud?
Adabiyotlar: U.Yu. Yuldashev, R.R.Boqiev, F.M.Zokirova «Informatika», T.:2002 y.
A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari», T.: 2002 y.
M.Aripov va boshq.«Informatika, axborot texnologiyalari», T.:2003 y.
20-mavzu: Ma’lumotlarni arxivlash va ularning ahamiyati.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.