Asosiy savollar:
1. Ko’rgazmali taqdim etuvchi dasturlar va ularning imkoniyatlari.
2. PowerPoint dasturi va uning ish jarayoni bilan tanishish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: ko’rgazma, slayd, prezentatsiya, chizma, grafik, animatsion effektlar, maxsus effektlar, ovoz, videooraliq.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Ko’rgazmali taqdim etuvchi dasturlar matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videooraliq va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. Ushbu aytilgan fikrlar taqdimot dasturlari uchun to’liq aytilgan deb o’ylaysizmi? Sizningcha yana qanday fikrlarni aytish mumkin. Javobingizni izohlab bering.
2. PowerPoint dasturi ishchi oynasidagi uskunalar panelida mavjud tugmachalar ish jarayonida etarli bo’lmasa, uni o’rnatish uchun qanday ishlar bajarish kerak deb o’ylaysiz. Javobingizni izohlab bering.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga ko’rgazmali taqdim etuvchi dasturlar va ularning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berish hamda dasturlarda ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Ko’rgazmali taqdim etuvchi dasturlar haqida to’liq ma’lumot bera
oladi.
1.2. Ko’rgazmali taqdim etuvchi dasturlarning vazifalarini izohlay oladi.
1.3. Ko’rgazmali taqdim etuvchi dasturlar imkoniyatlarini ajrata oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
PowerPoint dasturi universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videooraliq va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd – ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin.
Prezentatsiya – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.
Dastur ishga tushganda uni boshqaruvchi ishchi oynasi hosil bo’ladi. U to’rtta asosiy bo’limdan iborat.
Мастер автосодержания (Avtomundarija ustasi).
Шаблон презентации (Taqdimot qoliplari).
Пустую презентацию (Bo’sh taqdimot).
Открыт презентацию (Taqdimotlarni ochish).
Dasturning ishchi oynasi tuzilishi quyidagicha: taqdimotning nomi, menyu bo’limlari, uskunalar satri va ishni bajaruvchi asosiy bo’limlar. Asosiy bo’limlar ishchi oynaning o’rtasida joylashgan. Ularning keraklisi tanlanib «Ok» tugmasi bosiladi.
Ishchi oynadagi mavjud bo’limlarning har biri o’z tashkil etuvchilariga ega. Masalan, yangi taqdimot yaratish kerak bo’lsa, Pustuyu prezentatsiyu (Bo’sh taqdimot) bo’limi tanlanadi. Natijada turli ko’rinishlardagi ishchi oynalar hosil bo’ladi. Keraklisi tanlanib, taqdimot elementlari joylashtiriladi.
Muhokama uchun savollar:
1.1. Slayd deganda nima tushuniladi?
1.2. Prezentatsiya (taqdimot) deganda nima tushuniladi?
1.3. PowerPoint dasturini ishga tushirish uchun qanday ishlar amalga
oshiriladi?
1.4. PowerPoint dasturi qanday maqsadlar uchun yaratilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |