К. Э. Фигурнов «IBM PC для пользователя» M. 1997 г.
S.S.G’ulomov va boshqalar «Iqtisodiy informatika», Toshkent: «O’zbekiston»,1999 y.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va xisoblash texnikasi», T.: «O’zb.M.E.», 2001 yil.
3 – laboratoriya ishi.
Mavzu: MS DOS operatsion tizimi muhitida ishlash.
Darsning maqsadi: Operatsion tizim (OT) haqida tushuncha berish, MS DOS OT ning ichki va tashqi buyruqlari ish faoliyati bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Kompyuterning dasturiy ta’minoti haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
Fayl va kataloglar tushunchalariga izoh bera oladi.
OT ning tashkil etuvchilari va ularning ish jarayoni bilan tanishtira oladi.
MS DOS OT ning ichki va tashqi buyruqlari bajarilishini izohlay oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kompyuter, MS DOS operatsion tizimi, ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
1–topshiriq.Quyidagi bandlarda berilgan amaliy vazifalarni bajaring:
a) Kompyuterning joriy kunini va vaqtini ekranga chiqarib, uni tahrirlash ishlarini bajaring.
b) Tashqi xotiradagi ma’lumotlarni ekranga chaqirib, biror ishchi dasturni ishga tushiring.
c) Yangi katalog hosil qilib, uning nomini o’zgartiring.
d) Yangi disketani formatlash buyrug’ini quyidagi ikki holatda bajaring:
tizimsiz (oddiy) holatda;
tizimli holatda.
e) Kompyuter xotirasidagi barcha ma’lumotlarni ekranga vertikal va gorizontal ko’rinishlarda chiqarish ishlarini bajaring.
f) Disketadan kompyuter xotirasiga biror faylning nusxasini ko’chirish ishlarini bajaring.
g) Yangi fayl hosil qiling uning nomiga o’z ismingizni, uning mazmuniga o’zingiz haqingizda ma’lumotlarni kiriting.
h) Yangi hosil qilgan faylingizni xotiradan disketaga nusxasini ko’chiring.
2-topshiriq. Quyidagi variantlar bo’yicha berilgan ma’lumotlarni yangi fayl hosil qilish orqali xotiraga kiritib matnli fayl hosil qiling:
O’zingiz va do’stlaringiz haqida ma’lumot.
Guruhingiz talabalari haqida ma’lumot.
Universitetingiz faoliyati haqida ma’lumot.
Fakultetingiz haqida ma’lumot.
O’z shahringiz (tumaningiz) haqida ma’lumot.
Universitetingiz kutubxonasi haqida ma’lumot.
Shaxsiy kutubxonangiz haqida ma’lumot.
Oilaviy tarkibingiz haqida ma’lumot.
Kundalik ish rejangiz haqida ma’lumot.
Haftalik dars jadvali haqida ma’lumot.
Universitetingiz tarixi haqida ma’lumot.
Fakultetingiz tarixi haqida ma’lumot.
Viloyatingiz tumanlari haqida ma’lumot.
Viloyatingiz shaharlari haqida ma’lumot.
O’zingiz qiziqqan kasb haqida ma’lumot.
Gurihingiz ilg’orlari haqida ma’lumot.
O’zingiz qiziqqan fan sohasi haqida ma’lumot.
Siz tanlagan sport sohasi haqida ma’lumot.
Universitetingiz tarkibi haqida ma’lumot.
Fakultetingiz tarkibi haqida ma’lumot.
Universitetingizdagi ustozlaringiz haqida ma’lumot.
Siz o’qigan badiiy kitoblar haqida ma’lumot.
O’zbekiston oliy o’quv yurtlari haqida ma’lumot.
O’zbekistonning yirik shaharlari haqida ma’lumot.
O’zbekiston Respublikasi viloyatlari haqida ma’lumot.
Tekshirish uchun savollar:
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo’linadi?
Fayl tushunchasiga ta’rif bering.
Katalog tushunchasiga ta’rif bering.
Faylni nomlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Faylning qanday turlari mavjud?
Katalogning qanday turlari mavjud?
Operatsion tizim (OT) tushunchasiga ta’rif bering.
OT ning vazifasi nimalardan iborat?
OT turlari va ularning tashkil etuvchilari haqida ma’lumot bering?
Quyidagi amallarni MS DOS OT ning qaysi buyruqlari yordamida bajarish mumkin:
Yangi fayl yaratish.
Faylni o’chirish.
Faylni qayta nomlash.
Katalog yaratish.
Katalogni o’chirish.
Ekranni tozalash.
Fayl mazmunini ekranga chiqarish.
Diskni formatlash.
Diskni sistemalashtirish.
Kompyuterda vaqtni ko’rish va o’zgartirish.
Kompyuterda joriy kunni ko’rish va o’zgartirish.
Adabiyotlar:
T. A. Nurmuxamedov «IBM PC va MS DOS bilan tanishuv», Toshkent: «Mehnat», 1994 yil.
S. I. Raxmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash», Toshkent: «Sharq» - 1998 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |