2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga masofaviy ta’limni tashkil qilinish va rivojlantirish haqida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Masofaviy ta’limni tashkil qilish usullariga tavsif bera oladi.
2.2. Masofaviy ta’limni yo’lga qo’yishni amalga oshira oladi.
2.3. Masofaviy ta’limda ma’lumotlar almashishni yo’lga qo’ya oladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Masofaviy ta’limda asosan multimediali darsliklar qo’llaniladi va ular o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izohlaydi.
Masofadan o’qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va axborot olish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Bunda o’quvchining fanni o’zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilanadi.
Masofaviy ta’lim jarayonida talabalar darsliklardan, elektron kutubxona va darsliklardan, elektron formulalardan, videokonferentsiyalardan foydalanishlari mumkin.
Masofadan o’qitishni yo’lga qo’yish uchun internet tarmog’idan foydalaniladi. Buning uchun kerakli manzilni internetdan topish kerak, manzilga kirib ta’lim jarayonining talabasi bo’lish uchun maxsus shakl to’ldirilishi kerak, keyin kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
O’qish tartibi quyidagicha: o’qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko’rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o’qituvchiga yuborasiz. Muzokaralar asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
Masofaviy ta’limda kerakli ma’lumotlar olishda internet tarmog’ining imkoniyatlaridan foydalaniladi. Misol uchun kerakli kitobni olib tanishib chiqish uchun quyidagi ishlar bajariladi:
elektron kitob rastasi manzilini topish;
kitob do’koniga kirish;
do’kondagi kitoblar ro’yxati bilan tanishish;
biror mavzudagi kitobni qidirish tizimi yordamida topish;
kitob tavsifi bilan tanishish;
kitobni xarid qilish tartibi bilan tanishish.
Muhokama uchun savollar:
2.1. Masofaviy ta’limning rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat?
2.2. Masofaviy ta’lim qanday maqsadlar uchun qo’llaniladi?
2.3. Masofaviy ta’limda qanday uslubiy materiallardan foydalaniladi?
2.4. Masofaviy ta’limning rivojlanish tarixi va kelajakdagi
istiqbollari?
2.5. Masofaviy ta’limning qanday modellari mavjud?
2.6. Elektron kutubxonalar va ulardan foydalanish.
2.7. Virtual kutubxona tushunchasi nimani bildiradi?
2.8. Telekonferentsiya tushunchasi haqida ma’lumot bering?
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. Virtual kutubxona va undan foydalanish masalalarini takomillashtirish.
2. Telekonferentsiyalar o’tkazishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1 – topshiriq.
1.1. Ma’lumotlarning turlari va tuzilishi.
1.2. Ma’lumotlar omborini ishlab chiqish va yaratish.
2 – topshiriq.
2.1. O’zbekistonda kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlarining rivojlanish
darajasi.
2.2. Kompyuter tarmoqlarining qo’llanilishi va istiqbollari.
3 – topshiriq.
3.1. Multimedia vositalarining qo’llanilishi.
3.2. Tovushli fayllar va ularni ishga tushirish.
3.3. Video fayllar va ularni ishga tushirish.
4 – topshiriq.
4.1. Masofaviy ta’limda o’qitish texnologiyalari.
4.2. Masofaviy ta’limni tashkil qilishning texnik ta’minoti.
4.3. Masofaviy ta’limni tashkil qilishning dasturiy vositalari va ularning
takomillashishi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
S. S. G’ulomov, A. T. Shermuxammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» T. – «O’zbekiston» – 1999 yil.
M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-2 qism, 2002, 2003 y.
S. I. Rahmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash» T. NMK – «ShARQ» - INSTAR – 1996 yil.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va xisoblash texnikasi» T. – «O’zb.M.E.» – 2001 yil.
VI-modul bo’yicha yakuniy xulosalar:
VI-modulda Informatika va axborot texnologiyalari fanining «Axborot tizimlari ustida ishlash» deb nomlangan qismi bir nechta mavzularga bo’lib o’rganilib chiqildi. Bu mavzularda quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
1. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari mavzusida ACCESS dasturi o’rganilib chiqildi. Unda dasturning ishchi oynasi tuzilishi va tashkil etuvchilari vazifalari o’rganib chiqildi. ACCESS dasturida ishlash uchun mashqlar va laboratoriya ishlari topshiriqlari tavsiya etildi.
2. Axborot tizimlari, ularni loyihalash, ishlab chiqish va ulardan foydalanish mavzusida turli axborot tizimlari o’rganilib chiqildi. Unda dasturlarning ishlash tamoyillari, ishchi oynasi tuzilishi va tashkil etuvchilari vazifalari o’rganib chiqildi. Axborot tizimlari dasturida ishlash uchun mashqlar va topshiriqlar tavsiya etildi.
3. Tarmoq texnologiyasi va kompyuter tarmoqlarining ishlash tamoyillari va ularning ahamiyati mavzusida tarmoq texnologiyasi tushunchasi, kompyuter tarmoqlari va ularni amalga oshirish usullari, tarmoqda ishlash jarayoni misollar yordamida tushuntirildi.
4. Multimedia vositalari, ularning holati va rivojlanish istiqbollari mavzusida multimedia tushunchasi, ularning ishlash jarayoni va qo’llanilish sohalari kabi masalalar o’rganilib chiqildi. Multimedia vositalarining texnik va dasturiy ta’minotlari ko’rib chiqildi.
5. Masofaviy ta’lim asoslari, ularni tashkil etish va rivojlanish bosqichlari mavzusida masofaviy ta’lim tushunchasi va ularni tashkil qilish hamda o’tkazish tamoyillari o’rganilib chiqildi.
6. Har bir mavzu yuzasidan o’rganishni takomillashtirish uchun dasturlar bilan ishlash bo’yicha mashqlar va laboratoriya ishlari bajarish uchun tavsiya etildi.
Nazorat savollari:
Ma’lumotlar ombori nima?
Ma’lumotlar qanday turlarga bo’linadi?
Ma’lumotlarning qanday ko’rinishlari mavjud?
Ma’lumotlar qanday tashkil qilinadi?
Ma’lumotlar omborining vazifasi nimalardan iborat?
Ma’lumotlar omborini yaratishning qanday usullari bor?
Ma’lumotlar omborini boshqaruvchi tizimlarning turlari va ularning ishlash jarayoni nimalardan iborat?
Ma’lumotlar omborini boshqaruvchi tizimlarning vazifalari nimalardan iborat?
Ma’lumotlar omborini yaratish bosqichlari nimalardan iborat?
ACCESS dasturi haqida ma’lumot?
ACCESS dasturi ishlash jarayoni nimalardan iborat?
ACCESS dasturini ishga tushirish va unda ishni yakunlash qanday bajariladi?
Ma’lumotlar omborida qanday ma’lumotlar saqlanadi?
Ma’lumotlar omborini boshqaruvchi tizimlarning qanday imkoniyatlari mavjud?
ACCESS dasturi qanday maqsadlarga mo’ljallangan?
ACCESS dasturi menyusi qanday bo’limlardan iborat va ularda qanday vazifalar bajariladi?
ACCESS dasturida ma’lumotlarni xotiraga saqlash va qog’ozga chop etish qanday bajariladi?
ACCESS dasturida ma’lumotlarni qidirish va saralash amallari qanday bajariladi?
ACCESS dasturida ma’lumotlarni saralashning qanday turlari mavjud?
Axborot tizimlari deganda nima tushuniladi va ularga misol keltiring?
Axborot tizimlarini loyihalash deganda nima tushuniladi?
Axborot tizimlarining turkumlanishi.
Axborot tizimlarida ma’lumotlar almashish.
Ekspert tizimlar deganda nima tushuniladi?
Axborot tizimlarining qanday ta’minotlari mavjud?
Tizim tushunchasiga ta’rif va unga misollar keltiring?
Axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Axborot tizimlarining vazifalari nimalardan iborat?
Axborot tizimlari qanday masalalarni hal qilishga mo’ljallangan?
Axborot tizimlarida axborotni uzatish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Axborot tizimlari qanday yaratiladi?
Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi elementlar nimalardan iborat?
Axborot tizimlarining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Axborot tizimlarida ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi nimalardan iborat?
Axborot tizimlarida ma’lumotlarni qabul qilish texnologiyasi nimalardan iborat?
Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tartiblash deganda nimalar tushuniladi?
Bilimlar ombori deganda nima tushuniladi?
Bilimlar omborida qanday ma’lumotlar saqlanadi?
Bilimlar ombori qanday yaratiladi?
Bilimlar omborini yaratish bosqichlari nimalardan iborat?
Sun’iy intellekt qanday tushuncha?
Intellektual tizim deganda nima tushuniladi?
Ekspert tizim tushunchasiga ta’rif bering?
Ekspert tizimlarga misollar keltiring?
Pedagogik dastur vositalari nimalardan iborat?
Pedagogik dastur vositalari qanday guruhlarga ajratiladi?
Pedagogik dastur vositalarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Pedagogik dastur vositalarining imkoniyatlari nimalardan iborat?
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida ma’lumot?
Axborot tizimlarining qanday turlari mavjud?
Axborot tizimlarining tarkibi nimalardan iborat?
Axborot tizimlarining rivojlanish istiqbollari.
Tarmoq texnologiyasi nima?
Kompyuter tarmog’i tushunchasiga ta’rif bering?
Kompyuter tarmog’i turlari va ularning imkoniyatlari?
Kompyuter tarmog’ining texnik vositalari nimalardan iborat?
Tarmoq topologiyasi deganda nima tushuniladi?
Kompyuter tarmog’ining dasturiy ta’minoti nimalardan iborat?
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat?
Lokal tarmoq haqida ma’lumot.
Mintaqaviy tarmoq haqida ma’lumot.
Global tarmoq haqida ma’lumot.
Internet tarmog’i haqida ma’lumot.
Internet tarmog’ining afzalliklari.
Kompyuter tarmoqlarining bir-biridan farqi.
Kompyuter tarmoqlarida aloqa vositalari haqida ma’lumot.
Tarmoqlarning operatsion tizimi haqida ma’lumot.
Kompyuter tarmog’ining asosiy tushunchalari nimalardan iborat?
Kompyuter tarmog’ining tarkibiy qismi nimalardan iborat?
Aloqa kanallarining qanday turlari bor?
Modem qurilmasi va uning kompyuter tarmoqlaridagi afzalliklari nimalardan iborat?
Modem qurilmasining qanday turlari mavjud?
O’zbekistonda kompyuterlashtirishning borishi to’g’risida ma’lumot?
O’zbekistonda kompyuter tarmoqlarining bugungi kundagi o’rni va ahamiyati.
Elektron aloqa deganda nima tushuniladi?
Kompyuter tarmoqlarining ishlash jarayonini tushuntiring?
Lokal tarmoqdagi doiraviy topologiya tushunchasi.
Lokal tarmoqda shinali topologiya tushunchasi.
Lokal tarmoqda yulduzli topologiya tushunchasi.
Multimedia qanday tushuncha.
Multimedia vositalari nimalardan iborat?
Multimedia tizimlarining hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari nimalardan iborat?
Multimedia vositalarining vazifalari.
Multimedia tizimlarining texnik ta’minoti.
Multimedia tizimlarining dasturiy ta’minoti.
Multimedia vositalarining qo’llanilish sohasi.
Multimedia tizimlarining ahamiyati.
Multimedia vositalarining takibi nimalardan iborat?
Tovushli texnologiyalarni ta’minlovchi kompyuter vositalari.
Video texnologiyani ta’minlovchi kompyuter vositalari.
Multimedia tizimlarida axborotning turlari.
Multimedianing amaliy dasturlari haqida ma’lumot.
Elektron qo’llanmalar haqida ma’lumot.
Masofaviy ta’lim tushunchasi.
Masofaviy ta’limda o’qitish texnologiyalari nimalardan iborat?
Masofaviy ta’limning o’rni va ahamiyati.
Masofaviy ta’limning afzalliklari.
Masofaviy ta’limni tashkil qilishning texnik vositalari.
Masofaviy ta’limni tashkil qilishning dasturiy vositalari.
Masofaviy ta’limning rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat?
Masofaviy ta’lim qanday maqsadlar uchun qo’llaniladi?
Masofaviy ta’limda qanday uslubiy materiallardan foydalaniladi?
Elektron kutubxonalar va ulardan foydalanish.
Virtual kutubxona tushunchasi nimani bildiradi?
Masofaviy ta’limning rivojlanish tarixi va kelajakdagi istiqbollari?
Masofaviy ta’limning qanday modellari mavjud?
Telekonferentsiya tushunchasi haqida ma’lumot.
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYoTLAR:
S. S. G’ulomov, A. T. Shermuxammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» T. – «O’zbekiston» – 1999 yil.
M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-2 qism, 2002, 2003 y.
S. I. Rahmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash» T. NMK – «ShARQ» - INSTAR – 1998 yil.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va hisoblash texnikasi» T. – «O’zb.M.E.» – 2001 yil.
N.Taylaqov, A.Axmedov «IBM–PC kompyuteri» T.:«O’zbekiston»,2001 y.
D. E. Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan muammoli ma’ruza matnlari, Guliston – 2004 y.
S. P. Allayorov, S. T. Raxmonov, S. I. Qulmamatov, D. E. Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlari», Guliston – 2003 y
U.Yu. Yuldashev, R.R.Boqiev, F.M.Zokirova «Informatika», T.:2002 y.
A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari», T.: 2002 y.
Referat mavzulari
(2-qism uchun)
Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida ma’lumot.
Axborot texnologiyalari haqida ma’lumot.
Axborot tizimlari haqida ma’lumot.
Axborot texnologiyasining texnik ta’minoti.
Axborot texnologiyasining dasturiy ta’minoti.
Zamonaviy axborot texnologiyasining qo’llanilishi va uning ahamiyati.
Matn muharrirlari va matn protsessorlari.
WORD matn protsessori.
WORD matn protsessorining ishchi stoli tashkil etuvchilari.
WORD matn protsessori menyusi va uning tarkibi.
Elektron jadvallar va ularning ahamiyati.
EXCEL elektron jadvali.
EXCEL elektron jadvali ishchi stoli tashkil etuvchilari.
EXCEL elektron jadvali menyusi va uning tarkibi.
Kompyuter grafikasi va uning imkoniyatlari.
Microsoft Paint grafik dasturi.
Arxivator dasturlar va ularning ahamiyati.
Fayllarni arxivlash va ular ustida ishlash.
Kompyuter virusi va unga qarshi kurash.
Antivirus dasturlari va ularning ahamiyati.
Kompyuter tarmoqlari va ularning ahamiyati.
Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari.
Microsoft ACCESS dasturi va unda ishlash.
Kompyuter tarmoqlarining texnik va dasturiy ta’minoti.
Multimedia va distant tizimlari asoslari.
Multimedia vositalarining ahamiyati va rivojlanish istiqbollari.
Paint dasturi menyusi tarkibi va ularning vazifasi.
Kompyuterning ko’rgazmali dasturlari va ularning imkoniyatlari.
Power point dasturi va uning ish stoli tashkil etuvchilari.
Power point da slayd va prezentatsiyalar tayyorlash.
Power point da taqdimotlar hosil qilish va namoyish etiluvchi ob’ektlar ustida ishlash.
Tarmoq texnologiyasi va uning tarkibi.
Multimedia tizimlarining texnik va dasturiy ta’minoti.
Masofaviy ta’limning o’rni va ahamiyati.
Masofaviy ta’limni tashkil etish usullari.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxati:
S. S. G’ulomov, A. T. Shermuxammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» T. – «O’zbekiston» – 1999 yil.
S. S. G’ulomov va boshqalar «Axborot tizimlari va texnologiyalari» T. –«Sharq» - 2000 yil.
M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-2 qism, 2002, 2003 y.
S. I. Rahmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash» T. NMK – «ShARQ» - INSTAR – 1998 yil.
К. Э. Фигурнов «IBM PC для пользователя» М. 1997 г.
М. Арипов и др. «Основы интернет» Ташкент-«Университет», 2002 г.
A. R. Maraximov, S.I.Raxmonqulova «Internet va undan foydalanish asoslari» Toshkent, 2001 yil.
S.I.Rahmonqulova, F.Z.Roziev «Virtual kutubxona»,Toshkent,2000y.
A. R. Maraximov, S. I. Rahmonqulova «Internet va undan foydalanish asoslari”, T., 2001 y.
Берченко Н., Березовская И. «Самоучитель по работе в Интернет и каталог ресурсов» Минск, 1999 г.
А. Левин «Самоучитель работы на компьютере» Москва, 1998 г.
А. П. Микляев «Настольная книга IBM PC» Москва, 2000 г.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov «Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti» T. – «Mehnat» – 2000 yil.
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va xisoblash texnikasi» T. – «O’zb.M.E.» – 2001 yil.
S.S.Qosimov, A.A.Obidov «Kompyuter olami» T.–«Cho’lpon»–2001 y.
A. A. Abduqodirov, A. G’. Hayitov, R. R. Shodiev «Axborot texnologiyalari» T. – “O’qituvchi” – 2002 yil.
Ю. Шафрин «Основы компьютерной технологии» Справочник школьника Москва, 2000 г.
N.Taylaqov, A.Axmedov «IBM–PC kompyuteri» T.:«O’zbekiston»,2001 y.
D. E. Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan muammoli ma’ruza matnlari, Guliston – 2004 y.
S. P. Allayorov, S. T. Raxmonov, S. I. Qulmamatov, D. E. Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlari», Guliston – 2003 y.
M U N D A R I J A
So’z boshi ………………………………………………………………………………. 3
I-Modul. Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti
va uning ob’ektlari ………………………………………………………..4
1-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni,
vazifalari va asosiy tushunchalari……………………………………… 4
2-mavzu: Kompyuterning arifmetik va fizik asoslari…….…………………….. 7
1-Laboratoriya ishi. Kompyuterning arifmetik asosi va unda
axborotlarning ifodalanishi ……………………………..10
3-mavzu: Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar arxitekturasi va texnik
ta’minoti …………………………………………………………………….11
2-Laboratoriya ishi. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishini o’rganish………..14
4-mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti …………………………..………..16
5-mavzu: MS DOS operatsion tizimi bilan tanishish va unda ishlash……….18
1-Amaliy mashg’ulot. MS DOS operatsion tizimining ichki va tashqi
buyruqlari bilan ishlash…………………………………..20
3-Laboratoriya ishi. MS DOS operatsion tizimi muhitida ishlash…………….21
II-Modul. Operatsion tizimlar bilan muloqot qilish………………………………26
6-mavzu: Norton Commander (NC) dasturi bilan ishlash…………..………….26
2-Amaliy mashg’ulot. NC dasturida ishlash……………………………………….. 27
4-Laboratoriya ishi. Norton Commander dasturi bilan tanishish va
unda ishlash…………………………………………………..28
7-mavzu: Windows operatsion tizimi va uning boshqaruv dasturlari…………30
8-mavzu: Windows 98 dasturi bilan tanishish va unda ishlash………….…….32
3-Amaliy mashg’ulot. Windows 98 dasturi bilan ishlash………….…………….35
5-Laboratoriya ishi. Windows 98 boshqaruv dasturi bilan ishlash……………35
III-Modul. Amaliy dasturlar tuzish……………………………………………………42
9-mavzu: Modellashtirish va algoritmlash asoslari ……………………………….42
10-mavzu: Dasturlash asoslari ………………………………………………………..44
11-mavzu: Chiziqli jarayonlar va ularni dasturlash……………………………….46
4-Amaliy mashg’ulot. Turli jarayonlarni dasturlashga doir mashqlar
bajarish………………………………………………………..48
12-mavzu: Murakkab jarayonlar va ularni dasturlash ………………………….49
6-Laboratoriya ishi. Chiziqli va murakkab jarayonlarni dasturlash…………..52
13-mavzu: Dasturlash jarayonida grafik imkoniyatlardan foydalanish……….57
5-Amaliy mashg’ulot. Dasturlash jarayonida grafika bilan ishlash……………59
14-mavzu: O’quv va nazorat qiluvchi dasturlar tuzish ………………………..60
7-Laboratoriya ishi. O’quv va nazorat qiluvchi dasturlar tuzish……………..62
Referat mavzulari (1-qism uchun)………………………………………………….66
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………67
IV-Modul. Zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari ….…………………….. 68
15-mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, ularning
ko’rinishlari, turlari va har xil sohalarga qo’llanilishi………………… 68
16-mavzu: Matnli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari……………………… 70
6-Amaliy mashg’ulot. WORD matn protsessorida ishlash…….………………72
8-Laboratoriya ishi. WORD matn protsessori bilan tanishish va unda
ishlash ……………………………………….……………. 73
17-mavzu: Elektron jadvallar bilan tanishish va ularda ishlash…………………… 74
7-Amaliy mashg’ulot. EXCEL elektron jadvalida ishlash……..…………….. 77
9-Laboratoriya ishi. EXCEL elektron jadvali bilan tanishish va unda
ishlash ……………………………………….……………. 78
V-Modul. Ma’lumotlar ustida ishlash ……………………..…………………….. 84
18-mavzu: Axborotlarni grafik usulda qayta ishlash texnologiyalari……………… 84
8-Amaliy mashg’ulot. Paint grafik muharririda ishlash……….…………….. 86
10-Laboratoriya ishi. Paint grafik muharriri va u bilan ishlash …….……. 87
19-mavzu: Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish texnologiyalari………………. 88
11-Laboratoriya ishi. Kompyuterning ko’rgazmali namoyish etuvchi
dasturlari bilan ishlash …….………………………… 89
20-mavzu: Ma’lumotlarni arxivlash va ularning ahamiyati…………………………. 91
21-mavzu: Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish…………………………….. 93
9-Amaliy mashg’ulot. Arxivator va antivirus dasturlari bilan ishlash…………… 95
VI-Modul. Axborot tizimlari ustida ishlash ……………..………………………. 99
22-mavzu: Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari………………………….. 99
10-Amaliy mashg’ulot. Malumotlar ombori tizimini boshqaruvchi ACCESS
dasturi bilan ……….…………………………………….102
12-Laboratoriya ishi. Malumotlar ombori va ular ustida amallar
bajarish …….…………………………………………….. 102
23-mavzu: Axborot tizimlari, ularni loyihalash, ishlab chiqish va
ulardan foydalanish………………………………………………………………103
24-mavzu: Tarmoq texnologiyasi va kompyuter tarmoqlarining ishlash
tamoyillari hamda ularning ahamiyati……………………………………….106
13-Laboratoriya ishi. Kompyuter tarmoqlari va ular bilan tanishish..……..108
25-mavzu: Multimedia vositalari va ularning holati va rivojlanish
istiqbollari………………………………………………………….……………… 110
26-mavzu: Masofaviy ta’lim asoslari, ularni tashkil etish va
rivojlanish bosqichlari…………………………………………………………… 112
Referat mavzulari …………………………………………………………………….. 117
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………… 119
Doniyor Eshboevich Toshtemirov
«Informatika va axborot texnologiyalari»
fanidan o’quv – uslubiy majmua
Guliston – 2005
Terishga berildi 10.01.2005 y. Bosishga ruxsat etildi 15. 03. 2005 y.
Formati 60x84 1/16, Nashr hajmi 7,6 b.t. Nusxasi 300 dona.
GulDU bosmaxonasida chop etildi.
707012, Guliston sh. 4-mavze, GulDU bosh binosi, 2-qavat.
Do'stlaringiz bilan baham: |