2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga multimedia vositalari va ular bilan ishlash to’g’risida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Multimedia vositalarini izohlay oladi.
2.2. Multimedia vositalari bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’ladi.
2-asosiy savolning bayoni: CD Player dasturini bosh menyudan bevosita ishga tushirish Programs – Accessories – Multimedia - CD Player [Программа– стандартные –мультимедиа - Лазерный проигрыватель] buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
CD Player dasturini funktsional imkoniyatlari bo’yicha o’ta zamonaviy, keng ko’lamli kompakt disklarni ifodalovchisi bilan taqqoslash mumkin.
Kompakt disklarni tinglash uchun amalda har qanday CD da tugmachalar mazmuni:
Play [Воспроизведение] - kompakt diskning boshidan yoki Pause [Pauza] tugmasini bosishdan to’xtatilgan joyidan boshlab tinglash;
Pause [Пауза] - kompakt diskni ifodalashda rejali uzilish. Rejani davom ettirish uchun shu tugmani qayta bosish kerak yoki Play [Воспроизведение] tugmasini bossa ham bo’ladi;
Stop [Стоп] - ifodalashning to’xtatish. Bu holda Play [Воспроизведение] tugmasi bosilsa disk boshidan ifodalanadi;
Eject [Извлечь] - kompakt diskni CD-ROM jamlovchidan chiqarish yoki teskarisi joylashtirish. Ba’zi jamlovchilargina kompakt disklarni joylashtirish va chiqarishni dasturiy ta’minlaydi;
Previous Nrack [Передидушая запись ] - avvalgi asarga o’tish. Ammo bu tugma ilk bor bosilganda ifodalanayotgan asarni boshiga siljishi sodir bo’ladi;
Next track [Следуюшая запись] - keyingi asarga o’tish;
Skip Backwodrs [Перемотка назад] - kompakt diskni teskariga g’altaklash (aylantirish);
Skip Forwodrs [Перемотка вперед] - kompakt diskni oldiniga g’altaklash (aylantirish);
Tasvirlangan bu tugmalarni bosish sichqonchaning faol tugmasiini mos holatda bosish bilan amalga oshiriladi. Ammo oxirgi ikkita g’altaklash tugmalarini ishlatganda jarayon tugamaguncha barmoqni sichqonchaning tugmasida bosilgan holda saqlab turish lozim. Odatda jamlovchining holatiga ko’ra muayyan tugmani bosish imkoni belgilangan bo’ladi. Tinglanadigan asarni almashtirish Play yoki Pause holatida amalga oshirilishi mumkin. Asarlarni almashtirish ketma-ket tarzda amalga oshirilishi ham mumkin. Aslida bunday almashtirishlarni diskret almashtirish deb atasa bo’ladi. Ifodalash, asarni almashtirish va g’altaklash jarayonlarini kuzatishda vaqt indikatori va ma’lumotlar zonasi ko’maklashadi.
Muhokama uchun savollar: 2.1. Multimedia vositalari nimalardan iborat?
2.2. Tovushli fayllar qanday o’zgartiriladi?
2.3. Videofayllar ustida qanday ishlar olib boriladi?
2.4. Hujjatlarga multimedia qismlarini joylashtirish tartibi qanday?
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar: 1. Multimedia tizimlaridan foydalanib o’quv jarayoniga ko’rgazmali vositalar yaratishni takomillashtirish.
2. Multimediali vositalardan foydalanib zamonaviy elektron darsliklar yaratishni takomillashtirish.
26-mavzu: Masofaviy ta’lim asoslari, ularni tashkil
etish va rivojlanish bosqichlari
Ajratilgan vaqt - 2 soat.