Tushunchalarni bo‘lish
Har bir inson atrofidagi odamlar, voqea-hodisalar, buyumlar va
b. ga o‘z munosabatini belgilar ekan, ularni toifalarga, qismlarga,
turlarga bo‘ladi. Bunday bo‘lish uning tushunchalar olamida amalga
oshadi. Inson fikr yuritish jarayonida tushunchalarni turli asoslarga
ko‘ra bo‘ladi.
Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar:
1. Tushunchani unga qarama qarshi bo‘lgan tushuncha orqali
ta’riflash.
2. Tasvirlash- tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi
predmetning ba’zi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlash.
3. Tavsiflash - predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur
belgilarini ko‘rsatish.
4. Ko‘rsatish (ostensiv ta’riflash) - predmetning o‘zini yoki suratini
ko‘rsatish orqali ta’riflash.
5. Misol keltirib ta’riflash. Bunda ta’riflanayotgan predmetning
mazmuni uni boshqa predmetga o‘xshatish, tafovutlash orqali
aniqlanadi.
Tushunchani bo‘lish deb, tushunchaning hajmini unda aks etgan
predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li
bilan aniqlashga aytiladi.
Tasniflash
(turkumlash,
klassifikatsiya)
tushunchalarni
bo‘lishning o‘ziga xos turi bo‘lib, unda bo‘lish izchillik bilan amalga
oshiriladi va bo‘lish a’zolarining har biri yana boshqa bo‘linmalarga
ajratiladi. Bunda bo‘lish a’zolarining har biri boshqalariga nisbatan
o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega bo‘ladi. Tasniflash natijalari har
xil jadvallar, kataloglar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Tasniflash predmetlarning muhim belgisiga ko‘ra amalga
oshirilsa, tabiiy tasniflash deyiladi. Tabiiy tasniflash predmetlarning
ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini
aniqlash imkonini beradi. Mendeleyev tuzgan kimyoviy elementlarning
davriy jadvali tabiiy tasniflashning klassik namunasidir.
403
Sun’iy tasniflash predmetlarning birorta nomuhim, umumiy
belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Kutubxonadagi kitoblar katalogi,
lug‘atlarda so‘zlarning muayyan tartibda berilishi sun’iy tasniflashga
misol bo‘ladi. Sun’iy tasniflash bilimlarni tizimlashtirishga yordam
beradi.
Tasniflashda ham tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish
zarur.Tasniflar bilish va kundalik turmush jarayonida uzoq yillar
davomida ishlatiladi, mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi
sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bo‘lishning
strukturasi
1. Bo‘linuvchi tushuncha- xajmi aniqlanishi lozim
bo‘lgan tushuncha.
2. Bo‘lish asosi – predmetning tushunchada fikr
qilinadigan birorta umumiy belgisi
3. Bo‘lish a’zolari – bo‘lish natijasida xosil qili-
nadigan tur tushunchalar.
Bo‘lishning turlari
1. Asos bo‘lgan bel-
gining o‘zgarishiga qa-
rab bo‘lish
Masalan: Burchaklar- to‘g‘ri, o‘tkir va
o‘tmas burchaklarga bo‘linadi.
2. Dixotomik bo‘lish
Masalan: Burchaklar o‘tkir yoki o‘tkir
bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.
Tushunchalarni bo‘lish qoidalari.
1. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmining
yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi shart.
2. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi shart, ya’ni asos qilib
olingan belgi bo‘lish davomida o‘zgartirilmasligi zarur.
3. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi shart.
Ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatida bo‘lishi zarur.
4. Bo‘lish uzluksiz amalga oshirilishi, ya’ni jins tushunchaga eng
yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinishi shart.
404
Do'stlaringiz bilan baham: |