Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar.
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
Tushunchani chegaralash – jins (hajmi keng) tushunchadan tur
(hajmi tor) tushunchaga fikran o‘tishdan iborat. Tushuncha
chegaralanganda jins tushunchaning mazmuniga tur tushunchani
hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Masalan: Inson → ayol → o‘zbek
ayoli → o‘zbek shoirasi → shoira Uvaysiy. Chegaralash amali yakka
tushunchada to‘xtaydi.
Tushunchani umumlashtirishtur (hajmi tor) tushunchadan jins
(hajmi keng) tushunchaga fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan
tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur
hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada, mazmun
jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan
jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan: Olma daraxti → mevali daraxt
→ daraxt → o‘simlik.
Umumlashtirish amali eng umumiy tushuncha – kategoriyalarda
to‘xtaydi. Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari ilmiy
bilishda va kundalik turmushda keng qo‘llaniladi.
Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya). Har bir inson hayoti
davomida tushunchalarning aniq ta’riflanishiga ehtiyoj sezadi,
tushunchaning ta’rifiga asoslanib bilimga ega bo‘ladi, voqea va
hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid
Xavofiyning: “Sahiylik - bu (biror narsani) boshqa kishiga hech
qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda
shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir,”-
degan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib
olamiz. Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish
demakdir.
Ta’riflash – definitsiya tushunchaning mazmunini ochib
beruvchi mantiqiy amaldir.
Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo‘llaydigan
tushunchalarning ta’riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan.
401
Har bir fan doirasida qo‘llaniladigan atamalar qat’iy ta’riflangan
bo‘lib, ilmiy jamoat tomonidan qabul qilingandir. Bu ta’riflarni
subyektiv xohishga ko‘ra o‘zgartirish mumkin emas. Kundalik
hayotda qo‘llaniladigan tushunchalar ijtimoiy hayotdagi o‘zga-
rishlar, insonning yoshi, shaxsiy tajribasi, bilimi, dunyoqarashi, ruhiy
holati va b. ta’sirida o‘zgarib turadi. Shu bois odamlar bir-birlarini
tushunmasliklari, bir hodisaga nisbatan turli nuqtai nazardan
yondashishlari mumkin. Bunday holatlarda tomonlar avvalo, bahsga
sabab bo‘layotgan tushunchalarning mazmunini, ya’ni ta’rifini
aniqlab olishlari zarur.
Ta’riflashning
strukturasi
Aniqlanuvchi qism – mazmuni ochib berilishi
lozim bo‘lgan tushuncha
Aniqlovchi qism – aniqlanuvchi tushunchaning
mazmunini ochib beruvchi tushunchalar
Ta’riflashning turlari
Nominal ta’rif- predmetni ifodalovchi tushunchaning ma’nosini
aniqlovchi ta’rif.
Aniq real ta’rif- predmet-
ning muhim belgisini ko‘r-
satish orqali ta’riflash
Aniq real ta’rifning 2 turi mavjud:
1. Yaqin jinsi va tur belgisini
ko‘rsatish orqali ta’riflash;
2. Genetik ta’rif.
Noaniq real ta’rifda-tu-
shunchaning mazmuni yor-
damchi vositalar orqali
ochib beriladi.
Noaniq real ta’rifning 3 turi mavjud:
1. Aksiomatik ta’rif.
2. Kontekstual ta’rif.
3. Induktiv ta’rif.
Ta’riflashning qoidalari
1. Ta’rif teng xajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi va
aniqlovchi tushunchalarning xajmlari o‘zaro teng bo‘lishi shart.
2. Ta’rif aniq bo‘lishi kerak, unda obrazli iboralar, mazmuni noaniq
so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
3. Ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak, ya’ni aniqlovchi
tushunchaning
mazmunini
aniqlash
uchun
aniqlanuvchi
tushunchaning o‘ziga murojaat qilish mumkin emas.
4. Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak.
402
Do'stlaringiz bilan baham: |