Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar
Avval ko‘rib o‘tganimizdek, tushunchalar hajmiga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi. Ba’zilarining hajmi keng, boshqalariniki tor,
ba’zilarining hajmi boshqalarining hajmiga kiradi va h.k.
Shuningdek, mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan (“talaba” va
“hunarmand”) yoki juda uzoq bo‘lgan (“qalam” va “tog‘”)
tushunchalar ham bor. Mazmuni biror umumiylikka ega bo‘lgan
tushunchalarni o‘zaro taqqoslash mumkin, mazmuni bir-birdan uzoq
bo‘lgan tushunchalarni esa taqqoslab bo‘lmaydi. Aytish mumkinki,
ba’zi tushunchalar mazmuni va xajmiga ko‘ra yaqin bo‘lsa,
boshqalari uzoq bo‘ladi.
Umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan
bir-biriga yaqin turgan tushunchalarga taqqoslanadigan tushunchalar
deyiladi. Masalan, “kvadrat” va “romb”, “muhandis” va ”olim”
397
tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisob-
lanadi.
Bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki
ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni
aks ettiruvchi tushunchalar taqqoslanmaydigan tushunchalardir.
“Planeta” va “daraxt”, “baxt” va “non” tushunchalari taqqoslan-
maydigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushun-
chalarni taqqoslash albatta fikrning xato bo‘lishiga, noto‘g‘ri
xulosalarga olib keladi. Noto‘g‘ri, xato fikr xatti - xarakatlarning ham
noto‘g‘ri bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, “baxt” va “qimmatbaho
taqinchoq” tushunchalarini taqqoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun
insonning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi uning qimmatbaho taqinchoqqa
ega ekanligiga bog‘liq emas.
Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o‘rtasidagi
mantiqiy munosabatlar o‘rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar
hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Hajmi
umumiy elementlarga ega bo‘lgan tushunchalar sig‘ishadigan
tushunchalar bo‘lib, ularning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha
yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud:
moslik, qisman moslik va bo‘ysunish.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega
bo‘lmagan tushunchalardir. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil:
birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik munosabatlari mavjud.
Moslik
munosabati
A – A.Navoiy. .
V – “Mahbub ul-qulub” asarining
muallifi. A=V
Qisman moslik
munosabati
A – deputat.
V – huquqshunos.
Bo‘ysunish
munosabati
A – tarix.
V – O‘zbekiston tarixi
AB
А
В
в
398
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni bilish ularning maz-
muni va hajmini aniqlashtirishga, aloqadorlik tomonlarini topishga
yordam beradi. Masalan, “talaba” va “yoshlar yetakchisi” tushun-
chalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida “Ba’zi talabalar
yoshlar yetakchisidir” degan mulohazani hosil qilish mumkin.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada aniqroq
tasavvur qilish uchun doiraviy ifodalardan foydalanib, quyidagi
misollarni ko‘rib chiqamiz:
1-misol.
A - geometrik figura
B – uchburchak
S – to‘rtburchak
D – kvadrat
E – teng yonli uchburchak
Birga bo‘ysunish
munosabati
A – shifokor
V – kardiolog
S – endokrinolog
Qarama-qarshilik
munosabati
A – ta’m
V – achchiq
S – shirin A
Zidlik munosabati
A – urush.
V – adolatli urush.
V – adolatsiz urush. A
А
Б
С
Е
Д
A
B
C
B
C
В
В
эмас
399
1-
misolda birga bo‘ysinish va bo‘ysinish munosabatlari aks etgan:
geometrik figura tushunchasi hajmiga uchburchak va to‘rtburchak
tushunchalari va ularga bo‘ysinuvchi tushunchalar kiradi.
2-misol.
A – bobo
B – ota
S – o‘g‘il
D – o‘g‘il nabira
2-misoldagi tushunchalar bo‘ysinish munosabatida bo‘lib,
ulardan o‘g‘il nabira tushunchasining hajmi boshqa tushunchalarga
nisbatan keng bo‘lgani uchun, qolgan tushunchalar unga bo‘ysinadi.
3-misol.
A – din
B – islom dini
S – musulmon
3-misolda din tushunchasiga islom dini tushunchasi bo‘ysunadi.
Musulmon tushunchasi avvalgi ikki tushuncha bilan hajmiga ko‘ra
umumiylikka ega bo‘lmagani uchun alohida doira bilan ifodalandi.
4-misol.
A – okean
B – dengiz
S – daryo
D – ko‘l
4-misoldagi har bir tushuncha bir-birini inkor qiladi: okean bu
dengiz emas, daryo ko‘l emas, ko‘l okean emas va h.k. shuning uchun
ham ular qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardir.
А
Б
С
С
Б
А
А
Б
С
Д
400
Do'stlaringiz bilan baham: |