Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

 

Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari 

 

Tushuncha  tafakkur  shakllaridan  biri  sifatida  til  orqali 

ifodalanadi.  Tushunchaning  mohiyatini  bilish  uchun  uning  nom  va 

so‘z bilan qanday bog‘liqligini aniqlab olamiz. 

 Inson  buyum  va  hodisalar  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lish 

uchun  ularning  nomlarini  bilishi  zarur.  Olamdagi  barcha  jonli  va 

jonsiz  mavjudotlarning,  voqea  va  hodisalarning  nomi  bor.  Nomlar 



392 

bilish  va  muloqotning  zaruriy  vositasidir.  Buyum  va  hodisalarning 

nomi  tilni  mavjud  voqelik  bilan  bog‘lab  turadi.  Faraz  qiling, 

olamdagi  hech  bir  narsaning  nomini  bilmasak,    ular  haqida 

tushunchaga ega bo‘lishimiz, fikr yuritishimiz mumkinmi?  

Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi?  

Nom  alohida predmetni yoki predmetlar gruhini belgilovchi til 

ifodasidir.  Masalan:  “Amur  Temur”  so‘zi  temuriylar  davlatining 

asoschisi  bo‘lgan  buyuk  bobokalonimizning  nomini  bildiradi; 

“o‘qituvchi”  so‘zi  bilim  beruvchi  insonni,  “qizil”so‘zi  esa  barcha 

buyumlardagi qizil rangni ifodalaydi. Nom tushuncha bilan aynanmi 

yoki  yo‘qmi  degan  savolga  javob  berish  uchun  quyidagi  rivoyatni 

taxlil qilamiz: Qadimda bir podsho “Hech kim bilmagan, hech kim 

ko‘rmagan g‘aroyib narsani topib kelgan yoki uning suratini chizgan 

odamga yarim davlatimni beraman”- deb farmon chiqaribdi. Odamlar 

g‘aroyib narsani topish uchun rosa harakat qilishibdi. Turli jismlarni, 

mavjudotlarning qismlarini birlashtirib hech kim bilmagan, hech kim 

ko‘rmagan  narsani  yasashga,  suratini  chizishga  harakat  qilishibdi. 

Lekin bu ishning uddasidan chiqa olishmabdi. Chunki ular yasagan, 

chizgan  narsalarining  o‘z  nomi  bo‘lmasa  ham,  bu  narsalardagi 

qismlarning  nomi  (masalan,  it  boshli  odam)  bor  ekan.  Buyum  va 

hodisalarga  inson  nom  qo‘yadi  va  nom  tufayli  ular  haqida 

tushunchaga ega bo‘ladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, nom til ifodasi 

bo‘lsa, tushuncha tafakkur shaklidir. 

Tushuncha  buyum  va  hodisalarning  umumiy,  muhim  va  farq 

qiluvchi  belgilarini  bir  butun,  yaxlit  xolda  aks  ettiruvchi  tafakkur 

shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr yurtish 

jarayonida  biror  predmetning  vakili  sifatida  xizmat  qiladigan 

belgilardan  farq  qiladi.  Buyum  va  hodisalarning  belgilari 

predmetlarni  bir-biridan  farq  qiluvchi  hamda  ularning  bir-biriga 

o‘xshashligini  ifoda  qiluvchi  xususiyatlar  va  munosabatlarni 

ifodalovchi  belgilardir.  Masalan,  savdo-sotiq  bilan  shug‘ullanish 

faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoliyat 

bilan shug‘ullanmaydilar. 

Buyum  va  hodisalarning  belgilari  umumiy,  muhim,  farq 

qiluvchi  turlarga  bo‘linadi.  Bir  sinfga  mansub  bo‘lgan  hamma 

predmetlarga  xos  bo‘lgan  belgilar  –  umumiy  belgilardir.  Insonlar 

sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va b. shunday belgilarga 




393 

misol  bo‘ladi.  Biror  belgining  o‘zgarishi  yoki  yo‘q  bo‘lishi 

tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishiga olib keladigan 

belgi  muhim  hisoblanadi.  Inson  uchun  aqllilik  (tafakkur  qilish) 

muhim  belgidir.  Farq  qiluvchi  belgi  predmetni  o‘ziga  o‘xshash 

boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruvchi belgidir. 

Masalan,  har  bir  inson  o‘ziga  xos  individual  belgilari  bilan 

boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum belgilariga 

ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini ifodalaydi. 

Tushuncha so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik 

tafakkur  va  til  o‘rtasidagi  bog‘lanishning  konkret  tarzda  namoyon 

bo‘lishidir.  Tushunchalar  so‘z  (talaba,  universitet,  qog‘oz)  va  so‘z 

birikmalari  (O‘zbekiston  Milliy  universitetining  talabasi,  O‘zbe-

kiston  Milliy  universiteti,  rangli  qog‘oz)  yordamida  ifodalanadi. 

Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib 

chiqmasligi kerak. 

 Ba’zi  so‘zlar  (ammo,  chunki,  uchun  va  h.k.)  hech  bir 

tushunchani  ifodalamasligi  ham  buning  sabablaridan  biridir.  Bitta 

tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan 

ifodalanadi. Tildagi omonim va sinonim so‘zlarning mavjudligi esa 

so‘z  va  tushunchaning  aynan  emasligidan  dalolat  beradi.  Ayrim 

so‘zlarning  ko‘p  ma’noliligi  ba’zan  tushunchalarni  aralashtirib 

yuborishga olib keladi. Shu sababdan kundalik hayotda qo‘llanadigan 

til bilan ilmiy til bir-biridan farq qiladi. Ilmiy til  tabiiy til, sun’iy til 

va maxsus termin (atama)lardan tashkil topadi. 

Termin(atama)ilmning  har  bir  sohasida  predmetlarni  belgilash 

uchun faqat bir ma’noda qo‘llaniladigan  so‘z yoki so‘z birikmasidir. 

Ilmiy tilda termin va tushuncha bir ma’noda qo‘llanadi. 

Tushuncha  va  so‘z  shakllanishiga  ko‘ra  ham  bir-biridan 

farqlanadi.  So‘zning  shakllanishida  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalar 

ishtirok  etadi.  Shuningdek,  o‘zlashtirma  (boshqa  tillardan  kirib 

kelgan) so‘zlar ham milliy  tillarda yangi so‘zlarning shakllanishiga 

sabab  bo‘ladi.  Tushuncha  esa  quyidagi  mantiqiy  usullardan 

foydalangan holda hosil qilinadi: 

Tushunchaning mazmuni va hajmi. Tushunchaning turlari. 

Har  bir  tushuncha  muayyan  hajm  va  mazmunga  ega. 

Tushunchaning  hajmiunda  fikr qilinayotgan  predmetlar yig‘indisini 

aks  ettiradi.  Masalan,  “orol”  tushunchasining  hajmi  yer  yuzidagi 




394 

mavjud  barcha  orollarni  o‘z  ichiga  qamrab  oladi.  Tushunchani 

ifodalovchi  so‘zda  ko‘plik  qo‘shimchasi  “lar”  bo‘lmasa  ham,  u 

umumiy  xajmga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  inson,  uy,  davlat 

tushunchalari kabi. 

 

Taqqoslash  usulida  predmetlarning  sifat  va  xususiyatlari  o‘zaro 



solishtirilib, tushuncha xosil qilinadi. 

Analiz  –  tahlil  yordamida  predmet  uni  tashkil  qiluvchi  qismlar, 

tomonlarga fikrda ajratilib, har qaysinisi haqida alohida tushuncha hosil 

qilinadi. 

Sintez  usulida  tahlil  davomida  ajratilgan  qismlar,  tomonlar  fikran 

birlashtirilib, predmet haqida tushuncha hosil qilinadi. 

Abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirish usuli yordamida predmetning 

sifat, hususiyatlari fikran ajratib olinib, tushunchada ifodalanadi.  

Umumlashtirish  usulida  predmetlar  umumiy,  muhim  xususiyatlariga 

ko‘ra sinflarga birlashtirilib, tushuncha hosil qilinadi. 

 

Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning 



muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, “imij” 

tushunchasining  mazmunini  –  odamlar  ongida  muayyan  shaxs, 

tashkilot  yoki  boshqa  ijtimoiy  obyektga  mos  keladigan,  idrok 

etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va 

ijtimoiy  xulq-atvorga  da’vat  etadigan  muayyan  sintetik  obraz 

haqidagi ma’lumot tashkil qiladi. 

Hajmiga  ko‘ra  yakka  va  umumiy,  ayiruvchi  va  to‘plovchi, 

shuningdek, bo‘sh hajmli tushunchalar farqlanadi: 

 

Hajmiga ko‘ra tushuncha turlari 



Misollar 

Yakka 


tushunchaning 

hajmida 


bitta 

predmet fikr qilinadi 

“O‘zbekiston  Respublika-

si”, “Ko‘kaldosh madrasasi” 

Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini 

aks  ettiradi.  Umumiy  tushunchalarni  aks 

ettiruvchi  predmetlarning  miqdori  sanala-

digan va sanalmaydigan bo‘lishi mumkin. 

Inson, stol, shoir – sanal-

maydigan umumiy tushun-

chalar. 

XIX asr o‘zbek shoiralari, 

Nobel mukofotini olganlar 

– sanaladigan umumiy 

tushunchalar. 



395 

 

Tushunchalarning  mazmuni  va  hajmiga  ko‘ra  turlarini  bilish 



fikrlash  jarayonidagi  noaniqliklarni  bartaraf  etishga,  fikrni  aniq  va 

to‘g‘ri  bayon  qilishga  yordam  beradi.    U  yoki  bu  tushunchaning 

mazmuni  va  hajmiga  ko‘ra  qaysi  turga  mansub  ekanligini  aniqlash 

unga mantiqiy tavsif berish deyiladi. Masalan:  

Universitet  -  umumiy  sanaladigan,  to‘plovchi,  aniq,  musbat, 

nisbatsiz tushuncha. 

Kentavr  – bo‘sh hajmli, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha. 

Bilimsiz  –  umumiy  sanalmaydigan,  mavhum,  manfiy, 

nisbatdosh tushuncha. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish