409
musobaqada qatnashadi.” Bu ajratib ko‘rsatuvchi mulohazadir.
“Davrada yaqinlarimdan boshqa boshqa hamma bor edi.” Bu istisno
qiluvchi mulohazadir.
Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar ham
tushunchalar kabi taqqoslanuvchi (umumiy subyekt va predikatga
ega
bo‘lgan)
va
taqqoslanmaydigan
turlarga
bo‘linadi.
Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan
bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan
ikkinchisining yolg‘onligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro
sig‘ishmaydigan mulohazalar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohazalar
qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida
bo‘ladi. Sig‘ishmaydigan mulohazalar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi.
Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman
ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy
bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi.
Bu munosabatlarni quyidagi misollarda taxlil qilamiz:
Masalan, 1-misol. A
1
. “Hamma o‘simliklar shifobaxshdir.”
Bu umumiy tasdiq mulohaza bo‘lib, uni umumiy inkor, juz’iy
tasdiq va juz’iy inkor mulohaza ko‘rinishlarida quyidagicha
ifodalaymiz:
E
1
. Hech bir o‘simlik shifobaxsh emas.
I
1
. Ba’zi o‘simliklar shifobaxshdir.
O
1
. Ba’zi o‘simliklar shifobaxsh emas.
Tajribamiz va bilimimizga asoslanib, yuqoridagi mulohaza-
lardan faqat I va O mulohazalarni chin deb baholashimiz mumkin.
2- misol:
A
2
. Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega.
E
2
. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas.
I
2
. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega.
O
2
. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas.
Mantiq ilmida mulohazalarning chinligini aniqlash uchun ular
o‘rtasidagi munosabatlarga asoslaniladi:
1. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha
bo‘lgan umumiy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu
munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi.
Bu mulohazalar (A
1
va ye
1
) bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar
410
ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa (A
2
), unda boshqasi xato bo‘ladi
(E
2
).
2. Zidlik (kontradiktor) munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra
turlicha bo‘lgan mulohazalar (1- misolda: A
1
va O
1, ye1
va I
1
; 2-
misolda: A
2
va O
2
, ye
2
va I
2
.) o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu
mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi.
Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi. 1-misolda
A
1
– yolg‘on, O
1
-chin va ye
1
– yolg‘on, I
1
- chin mulohazalardir;
2-misolda A
2
- chin, O
2
– yolg‘on va ye
2 –
yolg‘on, I
2
- chin
mulohazalardir.
3. Bo‘ysunish munosabati sig‘ishadigan mulohazalardan
mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan mulohazalar o‘rtasida
bo‘ladi. Bunda umumiy mulohazalar bo‘ysundiruvchi, juz’iy
mulohazalar bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida
umumiy mulohazalar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy
mulohazalar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy mulohazalar chin
bo‘lganda, umumiy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi.
Agar umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy
mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi.
Yuqoridagi 1- misolda A
1
– xato, I
1
– chin; ye
1
– xato, O
1
– chin
bo‘ladi. Ma’lum bo‘ladiki, umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, juz’iy
mulohazalar chin bo‘lishi mumkin.
2- misolimizda A
2
– mulohaza chin bo‘lgani uchun unga
bo‘ysinuvchi I
2
mulohaza – chin; ye
2
- mulohaza xato bo‘lgani uchun
unga bo‘ysinuvchi O
2
mulohaza ham xato bo‘ldi.
4. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil
bo‘lgan juz’iy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalar
bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato
bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi,
albatta, chin bo‘ladi. Yuqoridagi 1- misolimizda I
1
- va O
1
-
mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lsa, 2-misolimizda O
2
–
mulohazaning xatoligi aniq bo‘lgani uchun I
2
– mulohaza chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi mulohazalar hamma vaqt chin
bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi.
Masalan, “A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining
muallifi” va “A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni” mulohazalari
411
o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil
predikatga ega bo‘lgan mulohazalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: