Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

4.

 

 

Bo‘lish  teng  hajmli  bo‘lmaganda  qanday  hatolarga  yo‘l 



qo‘yiladi?  

a) A va V xollari vujudga keladi;  

b) bo‘lish to‘liqsiz bo‘ladi;  

v) bo‘lish ortiqcha bo‘ladi;  

g) to‘g‘ri javob yo‘q; 

 

 



 

 

 


406 

11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH. 

 

Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy 

qismi 

 

Klassik  formal  mantiqda  mulohaza  tafakkur  shakllaridan  biri 

sifatida  tushunchadan  keyin  o‘rganiladi.  Mantiqdan  yozilgan  xorij 

adabiyotlarining  ba’zilarida  esa  tafakkur  shakllarini  o‘rganish 

mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bilan bog‘liq masalalar doirasida 

tushunchalarga  oid  ma’lumotlar  beriladi.  Xulosa  chiqarish  alohida 

o‘rganiladi

1

.  Tafakkurlash  jarayonini  bunday  tartibda  o‘rganish 



insonning  bolaligidan  boshlab  mulohaza  ko‘rinishida  fikr  yuritishi, 

uning  tushunchalar  olami  keyin  shakllanishi  bilan  asoslanadi. 

Shuningdek,  faqat  mulohazalargina  “chin”,  “yolg‘on”  qiymatlariga 

ega  bo‘ladi.  Tushunchalarga  esa  bunday  qiymatni berib  bo‘lmaydi. 

Masalan,  “yo‘lbars  yirtqich  xayvon”  mulohazasini  “chin”  deb, 

baholaymiz. “Yo‘lbars” tushunchasini esa “chin” yoki “yolg‘on” deb 

ayta  olmaymiz,  chunki  unda  biror  fikr  tasdiqlanmagan  ham,  inkor 

qilinmagan ham. 

Shunday  qilib,  yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda 

mulohazani chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr yuritish 

shakli deb, ta’riflash mumkin. 

Mulohazaning  asosiy  vazifasi  predmet  bilan  uning  xususiyati, 

predmetlar  o‘rtasidagi  munosabatlarni  ko‘rsatishdir.  Ana  shuning 

uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. 

Fikr  yuritish  jarayonida  biz  predmet  va  hodisalarning  tashqi 

xususiyatlari  bilan  birga  ularning  ichki,  zaruriy  bog‘lanishlarini 

hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani 

uchun  ularni  ifodalaydigan  mulohazalar  ham  har  xil  bo‘ladi.  Ba’zi 

mulohazalarda  aniq,  tekshirilgan  bilimlar  ifodalansa,  boshqalarida 

belgining  predmetga  xosligi  taxmin  qilinadi,  ya’ni  noaniq  bilimlar 

ifodalanadi. 

Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va 

noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi.  

                                                 

1

 

Morri s R . Cohen Ernes t  N a g e l an  introduction to logic and scientific method New  Dehli. 2007. Restall G. 



Logic

.

 Аn  introduction.Рublished in the Taylor & Francis e-Library, 2006. 




407 

Chinligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin 

bo‘ladi.  YOlg‘onligi  isbotlangan  fikrni  yolg‘on  deb  tasdiqlovchi 

mulohaza chin bo‘ladi. 

Chinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza 

yolg‘on bo‘ladi. YOlg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi 

mulohaza yolg‘on bo‘ladi. 

Ayni  vaqtda  chinligini  ham,  xatoligini  ham  aniqlab 

bo‘lmaydigan mulohazalar – noaniq bo‘ladi. 

Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza mantiqiy 

kategoriya  bo‘lsa,  gap  grammatik  kategoriyadir.  Mulohazalar, 

asosan,  darak  gap  orqali  ifodalanadi.  Faqat  darak  gaplardagina  fikr 

tasdiq yoki inkor shaklda bo‘ladi va ular chin yoki yolg‘on qiymatlari 

bo‘yicha aniqlanadi. 

Masalan,  “Til  insonlar  o‘rtasidagi  muloqot  vositasidir”, 

“Hiyonatkorlarning hech biri vijdonli emas” kabi gaplar mulohazani 

ifoda  qiladi.  Demak,  mulohaza  –  predmetga  ma’lum  bir  belgining 

(xossaning,  munosabatning)  xos  yoki  xos  emasligini  ifodalovchi 

tafakkur shaklidir. 

Mulohaza   tarkibida  mantiqiy ega va  mantiqiy  kesimni ajratib 

ko‘rsatish  mumkin.Mantiqiy  ega  –  fikr  qilinayotgan  predmet  va 

hodisani  bildiradi  va  fanda  subyekt  degan  termin  bilan  ifodalanadi 

(simvolik  belgisi  -  S).  Mantiqiy  kesim  predmet  xususiyatini, 

munosabatini  bildiradi  va  fanda  predikat  degan  termin  bilan 

ifodalanadi(simvolik belgisi - P). Mulohazaning subyekt va predikati 

uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi 

mantiqiy  bog‘lamadir.  U  subyekt  va  predikatni  bir-biri  bilan 

bog‘laydi, natijada  mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning simvolik 

ifodalanishi:  

S – P (tasdiq mulohaza),   S – P emas (inkor mulohaza) 

Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi.  

Oddiy  mulohaza  tarkibidan  yana  bir  mulohazani  ajratib 

bo‘lmaydigan  mulohazadir  yoki  bir  subyekt  va    bir  predikatdan 

tashkil topgan mulohazadir. 

Tarkibidan  ikki  yoki  undan ortiq mulohazani ajratish mumkin 

bo‘lgan  mulohaza  murakkab  mulohaza  deyiladi.  Masalan,  “Mantiq 

ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi”, degan 



408 

fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. “Mantiq ilmi tafakkur shakllari va 

qonunlarini o‘rganadi” - bu murakkab mulohazadir.  

Oddiy  mulohazalar  ikki  tamoyilga,  ya’ni  miqdori  va  sifatiga 

ko‘ra  tasniflanadi.  1-  tamoyil.  Miqdoriga  ko‘ra  oddiy  mulohazalar 

yakka, umumiy va juz’iy bo‘ladi.  

Oddiy  mulohazalarni tasniflashning ikkinchi tamoyilibu ularning 

sifatidir,  ya’ni  tasdiq  yoki  inkor  mazmunga  ega  bo‘lishidir. 

Mulohazaning  sifatini  mantiqiy  bog‘lama  belgilaydi.    “Ba’zi  ilonlar 

zaharlidir”  mulohazasining  predikatida  subyekt  haqidagi  fikr 

tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyiladi. “Hech bir riyo 

amal maqbul emas” mulohazasida subekt haqida nimadir inkor qilinadi. 

Bu  inkor  mulohaza  deyiladi.  Mulohazalarning  to‘g‘ri  yoki 

noto‘g‘riligini  aniqlashda  va  ularni  mantiqiy  tahlil  qilishda  oddiy 

mulohazalarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi 

(asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 

1. Umumiy  tasdiq  mulohazalar.  Ular  bir  vaqtning  o‘zida  ham 

umumiy,  ham  tasdiq  bo‘lgan  fikrni  ifodalaydi.  Masalan,  “Hamma 

talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar.” Bu mulohaza lotin alifbosidagi 

A  harfi  bilan  belgilanadi  va  “Hamma  S  –  P  dir”  formulasi  orqali 

ifodalanadi..  

2. Umumiy inkor mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, 

ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hech bir ishbilarmon 

rejasiz  ish  yuritmaydi.”  Bu  mulohaza  “Hech  bir  S  –  P  emas” 

formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. 

 3. Juz’iy  tasdiq  mulohazalar  bir  vaqtning  o‘zida  ham  juz’iy, 

ham tasdiq fikrni ifodalaydi. Masalan, “Ba’zi talabalar mas’uliyatli.” 

U lotincha Iharfi bilan belgilanadi va “Ba’zi S–Pdir” formulasi orqali 

ifodalanadi. 

4. Juz’iy  inkor  mulohaza  bir vaqtning  o‘zida  ham  juz’iy,  ham 

inkor  bo‘lgan  fikrni  ifodalaydi.  Masalan,  “Ba’zi  talabalar  tartibli 

emas.” Uning formulasi “Ba’zi S–P emas” bo‘lib, lotincha O harfi 

bilan belgilanadi. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish