381
II-QISM
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY
QONUNLARI
Tushuncha tafakkur shakli sifatida mantiq ilmi o‘rganadigan
masalalar. Mantiq ilmining asosiy qonunlari
Ilm o‘rganish tafakkur qilish orqali amalga oshadi. Imom
G‘azzoliy ta’birlari bilan aytganda,”Ilm aqlda daraxtdagi meva,
quyoshdagi ziyo va ko‘zdagi nur o‘rnida yuradi.
1
” Aql jihatdan
afzallikka erishish uchun qadimdan mantiq ilmini o‘rganish zarurligi
ta’kidlanadi.
Mantiq ilmi qachon shakllangan, uning asoschisi kim?
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel (er.
av. 384-322-yy.) ning nomi bilan bog‘liqdir. U birinchi bo‘lib, mantiq
ilmi o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning
«Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi
analitika», «Sofistik raddiyalar haqida» nomli asarlari bevosita
mantiq masalalariga bag‘ishlangandir. Uning «Ritorika», «Poetika»
asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari
hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq
masalalari ma’lum darajada bayon qilingan. Aristotel o‘z ta’limotini
“logika” emas, “analitika” deb atagan. Logika termini er.av. III asrdan
boshlab, fanni ifodalovchi termin sifatida qo‘llanila boshlagan.
“Mantiq” so‘zi yunon tilidagi “logika” so‘zining arabcha
tarjimasidir. “Logikos” – so‘z, aql, aql yuritish, qonun ma’nolarini
beruvchi keng qamrovli termindir. “Mantiq” istilohining qamrovi
ham “logos”niki kabi bo‘lib, uning o‘zagi “so‘zlashuv” ma’nosini
beradigan “nutq” so‘zidir.
2
1
Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhamad al-G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. –T.: «Movarounnahr»., 2003. 206-b.
2
Muhammad Fazlul-imom Xayriobodiy. Mirqotul mantiq. –T.: Toshkent islom universiteti, 2011. 3-bet.
382
Biz “mantiq” istilohini fanni ifodalash uchun qo‘llaymiz.
Mantiq fan ma’nosida qator tushunchalar bilan birgalikda keladi.
Bular:
Formal mantiq – mulohazalar va isbotlashning strukturasini
analiz qilish, o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, unda asosiy
e’tibor mazmunga emas, shaklga qaratiladi. Bu tushuncha I.Kant
(1724-1804-y.) tomonidan fanga kiritilgan. Formal mantiq ikki
qiymatli sistema bo‘lib, unda mulohazalar “chin” yoki “yolg‘on”
qiymatga ega bo‘ladi. Matematika va tabiiy fanlarda qo‘llaniladigan
formal mantiqning isbotlash usullari chinlik qiymatiga ko‘ra
baholansa, gumanitar fanlarda qadriyatlar tizimiga ko‘ra (yaxshi,
yomon,...) baholanadi. Shuning uchun formal mantiq “isbotlash
mantig‘i”, noformal mantiq “argumentlash mantig‘i” deb ataladi.
Noformal mantiq – Noformal mantiq(informal logic)– tabiiy
tilda argumentlashni qurish va baholashning noformal standartlarini,
uni talqin qilishning usullari va mezonlarini ishlab chiquvchi
normativ fandir. Noformal mantiq XX asrning 70- yillarida formal
mantiq imkoniyatlarini tanqid qilish asosida shakllangan. Uning
asoschilari kanadalik Entoni Bleyr (Vinzdor universiteti) va Ral’f
Djonson (Ontario universiteti)dir.
Nazariy mantiq –muayyan bilimlarning mantiqiy sistemasi yoki
mantiqiy nazariyalar yig‘indisi bo‘lib, ular tabiiy va maxsus
formallashgan (sun’iy) til vositasida, ma’lum bir prinsip va
aksiomalarga asosan qurilgandir. Nazariy mantiqqa an’anaviy
(formal) mantiq, klassik simvolik mantiq va noklassik simvolik
mantiqning turli yo‘nalishlari kiradi. Nazariy mantiqning o‘ziga
xosligi yuqori darajada abstraksiyalashganligidadir.
Amaliy mantiq – 1. Insonlarning tabiiy tafakkurlash jarayonini;
2. Nazariy mantiqdan konkret xolatlarda foydalanishni, ya’ni
dalillash va rad etishni; 3. Faoliyat mantig‘i, qaror qabul qilish
mantig‘i, tanlash mantig‘i, evristika, prakseologiya, konfliktologiya
va b. shu turdagi mantiqiy nazariyalar va tadqiqotlarni ifodalaydi.
Nazariy mantiqni formal, amaliy mantiqni noformal mantiq deb
ham yuritiladi. Formal mantiq tarixiy kelib chiqishiga ko‘ra
an’anaviy (klassik) mantiq deb ham nomlanadi.
Er.av. IV asrdan boshlangan va XIXasrning oxiri – XX asrning
boshlarida yakunlangan (formal) mantiq rivojlanishining birinchi
383
bosqichi an’anaviy (klassik) mantiq deb ataladi. An’anaviy mantiq
to‘g‘ri tafakkurlashni asosan tabiiy tilga tayangan holda o‘rgangan.
Noan’anaviy (noklassik) mantiq – klassik mantiqni tanqid qilish
va takomillashtirish bilan birga, uni mukammallashtirish, to‘ldirish
va undagi zamonaviy mantiqning asosini tashkil etuvchi g‘oyalarni
yanada rivojlantirish natijasida vujudga kelgan mantiqiy naza-
riyalarning majmuidir. Noan’anaviy mantiq ko‘p qiymatli bo‘lib,
unda mulohazalar “chin” yoki “yolg‘on” qiymatlaridan boshqa
qiymatlarga ham ega bo‘ladi.
Zamonaviy mantiq atamasi XIX asrning oxiri – XX asrning
boshlarida mantiq ilmi rivojining hozirgi bosqichini ifodalash uchun
qo‘llaniladi. Bu bosqich yana matematik mantiq va simvolik mantiq
terminlari bilan ham ataladi. Matematik mantiq terminining
qo‘llanishi uning zamonaviy mantiq bilan qo‘llaydigan usullariga
ko‘ra o‘xshashliklarini bildiradi. “Simvolik mantiq” termini esa
zamonaviy mantiqda mantiqiy taxlil qilish maqsadida maxsus
yaratilgan formallashgan tillar qo‘llanishini ko‘rsatadi.
Biz formal mantiqni o‘rganamiz. Formal mantiqning o‘rganish
predmetini quyidagilar tashkil etadi:
-
Tafakkurlash shakllari, ularning tabiati va ularning tuzilmasi
(strukturasi) bilan bog‘liq qonuniyatlari;
-
Fikrlar o‘rtasidagi aloqalarning qonunlari;
-
Bu qonunlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar.
Mantiq va boshqa fanlar.
Har bir fan kabi mantiq ham o‘zining o‘rganadigan obyekti va
predmetiga ega. Tafakkur mantiq fanining o‘rganish obyektidir.
Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya,
dialektika, kibernetika kabi boshqa fanlar ham o‘rganadi. Masalan,
grammatika mantiq faniga yaqin bo‘lib, fikrni aniq va bexato
ifodalashga yordam beradi. Tushuncha va mulohazalarning
ifodalanish strukturasini aniqlashda ham grammatikaning roli katta.
Falsafa tafakkurni moddiylik va ideallikning o‘zaro aloqadorligi
nuqtai nazaridan o‘rganadi. Psixologiya tafakkurni ruxiy jarayonlar
bilan bog‘liq xolda tadqiq etadi. Yuqorida tilga olingan fanlarning har
biri tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondashadi, uning turli
qirralarini ochib beradi.
Tafakkur va uning hususiyatlari.
384
Tafakkur bilishning yuqori bosqichi - ratsional (lotincha ratio –
aql) bilish bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim
xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni
qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.
Aqliy bilish, tafakkurlash voqelikni abstraktlashgan (mavhum-
lashgan) va umumlashgan holda aks ettiradi. Tafakkurlash til bilan
uzviy aloqada, ya’ni til fikrning voqe bo‘lish shakli hisoblanadi.
Sharq mutafakkirlari tilga katta e’tibor berganlar.
Tafakkur (aqliy bilish) hissiy bilish bilan uzviy bog‘liq.
Tafakkur yordamida buyum va hodisalarning mohiyatini tushunishga
erishiladi.
Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib,
muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, mulohaza va xulosa
chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum
mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil,
ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun-qoidalarga amal qilishni
taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan
bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligini
tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |