4. Quyidagi javoblarning qaysi birida go‘zallik xususiyatlari
ko‘rsatilgan?
a) Sifatlilik, qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik;
b) hashamdorlik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik;
v) chiroylilik, manfaatdorlik, yoqimlilik, hashamdorlik;
572
g) qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik;
d) ko‘rkamlik, jozibadorlik, qulaylik;
5. Estetika o‘z tadqiqot obyektiga faqat...
a) amaliy yondashadi;
b) iqtisodiy yondashadi;
v) nazariy yondashadi;
g) umumiy yondashadi;
d) ilmiy yondashadi;
573
17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA
ESTETIKASI
Tabiatning estetik xususiyatlari
Tabiat go‘zalligi va tarbiyaviy ahamiyati azaldan faylasuflarni
qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma’naviy yuksalishidagi eng buyuk
davrlar ham tabiat va odamzod hayotidagi o‘zaro uyg‘unlik va
mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, tabiat va dunyoning
tartibli yaratilishi haqidagi oqilona munosabatlar bilan bog‘liq.
Ma’lumki, go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiatga
dahldor bo‘lib, tabiatdagi organizmlarning har biri o‘z holicha emas,
balki boshqa organizmlar bilan bog‘liq holda yashaydi. Masalan,
nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq
ta’sirida yashaydi, rivojlanadi. Buni zardo‘shtiylikning kitobi bo‘lgan
“Avesto”da ham ko‘p bora ta’kidlab o‘tiladi. Axura Mazda
qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, yerni hayvonot va nabotot bilan
boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt shodlik, umid,
ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Shuni
ta’kidlash joizki, “Avesto” da inson oliy jonzot sifatida talqin etiladi,
ayni paytda yeru-ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash,
insonning muqaddas burchi hisoblagan. Ozodalik, tozalik
tushunchalari axloqiy hamda ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi.
Suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga shafqatli munosabat,
bularning bari “Avesto”da eko-estetik tarbiyaning uzviy bog‘liq ifoda
etilishini ko‘rsatadi.
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik
ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm
ta’limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vujudga
kelgan., u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan
borish. Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini
o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuz-
liklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan
qonunlardan chekinishdir. Shu sababli Lao-tszi nazdida faoliyat-
daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi., uning asosiy
axloqiy tamoyili “uvey”-faoliyatsizlik, donishmand kishining
“dao”si-bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida
574
tabiatga qarshi bo‘lmagan faol hatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat
qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl holda saqlash va
uni ko‘rish, his qilish daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan.
Muqaddas Islom dinining muborak manbalari - Qur’oni Karim
va Hadisi sharifda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat ne’matlaridan
oqilona foydalanishga da’vat qilinadi. Tabiat ne’matlarini isrof
qilmaslik, insonning yashasha tarzi, shaxsiy gigiyenasi, zurriyotni
tozaligiga, o‘simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman
ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan.
Chunonchi, Hadisda “Kimki daraxt ekib uni muhofaza qilishga sabr
qilsa, meva bergunicha parvarish qilsa, u odamga mevasidan kelgan
har bir foyda uchun Alloh huzurida ajr savob bo‘lgay” “Dunyo yam-
yashil va go‘zaldir. Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa,
undan baraka topadi. Kimki nafs xohishi bilan dunyoni mukasidan
ketib egallasa, qiyomat kuni do‘zaxdan boshqa narsaga erishmaydi”
– degan hikmatlar bir necha marta ta’kidlanadi.
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli
uyg‘unligi bilan go‘zaldir. Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat,
san’at) hodisasi bo‘lib, aniq hissiy ta’sir o‘tkazish orqali insonda
jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik,
zavqlanish, to‘la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon
yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat
taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali amaliy
faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin
go‘zallik qanchalik o‘zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin,
ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo‘lib, mana
shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-
falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati
mavjud.
Inson hamma yerda va har qanday darajada mavjud tabiiy
hamohanglik bilan to‘qnashar ekan, u albatta tabiatning go‘zalligidan
zavq-shavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma’naviy
boylik orttiradi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy
guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go‘zallik
sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga estetik munosabat va
tabiatni estetik o‘zlashtirish uni «insoniylashtirish», tabiat
575
hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini tatbiq etish
bilan bog‘lanib ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi
birdaniga paydo bo‘lmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati
rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali
tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki hunuk
ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi-musavvir o‘z diqqat
e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo‘lgan narsalar, voqea
hodisalarga qaratgan edi. (Omonqo‘ton, Sarmishsoy, Zarautsoy,
Xojikent, Panjikent va boshqa qoya rasmlarni eslang). O‘sha
paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo‘lgan ovchilik o‘rniga u
yoki u bilan yonma-yon dehqonchilikning paydo bo‘lishi bilan, ya’ni
inson atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha
ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o‘lchanadi, inson uchun
tabiatning go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo‘la boshlaydi.
Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etiladi.
Biroq, bu go‘zallikka munosabatning faqat bir jihati, xolos. Bizning
asrimizda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan
vositalarni qo‘lga kiritdi. Shu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki,
tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda
bo‘lish salbiy oqibatlarga ham olib keladi.
Estetik xususiyatlar orasida tabiat go‘zalligi inson uchun
hammadan ko‘ra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin
bo‘lishga botiniy intilish, undagi go‘zallik va nafosat olamini
o‘zlashtirish, idrok etish inson zotiga xosdir.
Tabiat estetikasi insonni uyg‘unlikka asoslangan go‘zallikni
ko‘rish, xis qilish, zavqlanish va qadrlashga o‘rgatadi. Chunki, tabiat
go‘zalligi ko‘z bilan ko‘rish, qalb bilan his etish va harakat bilan
barpo etish orqali idrok etiladi. Bu jarayon uchta jihatni to‘laqonli
anglash va munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Bu:
a) tabiiy organizmning o‘ziga xos tuzilishi va o‘zaro
mutanosibligini;
b) doimiy harakatda, rivojlanishda bo‘lgan jonli organizmning
o‘ziga xos xususiyatlarni;
v) tabiiy obyektlarga xos bo‘lgan dekorativ nafosatni. Bunday
hodisa odatda san’at orqali yetkazib beriladi.
576
Tabiatning estetik xususiyatlari insonni tabiatni sevishga, uning
go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ya’ni tabiatni
faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan
tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni
taqozo qiladi. Ayniqsa, tabiat estetikasining zamonaviy ko‘rinishi
bo‘lgan landshaft dizayni masalalariga zamonaviy yondashuv, atrof-
muhitni go‘zallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Shu bois mamlakatimizda landshaft dizaynini yanada rivojlantirish,
aholi punktlari va qishloqlararo hududlarning arxitekturaviy-badiiy
qiyofasini yaxshilash, landshaft dizayni mutaxassislarini tayyorlash va
qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2013-yil
13-avgustda
“O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish
dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida
ishlab chiqilgan dasturda Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish
bosh boshqarmasi, Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan
shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni
guruhlarini, loyihalash tashkilotlarini malakali kadrlar, mutaxassislar
bilan ta’minlash, zarur texnika, asbob-uskunalar va materiallar sotib
olish uchun mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, landshaft,
me’moriy dizayn bevosita inson turmush tarzining farovonlashuvi va
sog‘lom turmush tarzining vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb
etayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Olmon faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan
bog‘laydi: “Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning
fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat
mavjudligidan dalolat beradi”, – deydi. Biroq, yana bir olmon
faylasufi Gegelning “Tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi
darajali go‘zallikdir!” – degan fikri estetikada uzoq davrlar
hukmronlik qildi. Bu ayniqsa, “tabiatdan in’om-ehson kutmaymiz,
balki uni bo‘ysindirish vazifamizdir” - degan g‘oya tarafdorlari
uchun juda qo‘l keldi. Natijada uzoq yillar tabiat, atrof-muhim va
ekologiya estetikasi muammolari nazarda chetda qolib keldi.
Me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdi, ularni estetik
qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga
chiqarib qo‘ydik.
577
O‘zbekistonda tabiatga estetik munosabatni takomillashtirish
borasida muayyan tajriba orttirildi. Sohadagi vazifalarning ko‘lami
mamlakatimiz hamda mintaqada ekologik vaziyatni sog‘lom-
lashtirish bilan bog‘liq muammolarni kompleks hal etishni, bu borada
davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari
va fuqarolarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Zero, sog‘lom va go‘zal atrof-muhit muhofazasi davlatning,
jamiyatning va har bir fuqaroning eng muhim vazifasidir.
Inson hayotining farovonligi bevosita tabiat bilan bog‘liq, shu
bois ekologiya va inson salomatligi, tabiatga estetik munosabatni
shakllantirish masalalari bugun ijtimoiy zaruriyatga va ma’naviy
ehtiyojga aylanib bormoqda. Bu jamiyat, davlat va har bir fuqaro
manfaatiga birdek dahldor masalalar sirasiga kiradi. Tabiatni
muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chat-daraxtlar
o‘tkazish va ularni parvarishlash, foydali qushlar va hayvonlarga
zarar yetkazmaslik, ko‘l va ariqlarni ifloslantirmaslik, ularni doim
tozalab turish tabiatni go‘zallashtirish muammolari bilan bevosita
bog‘liq.
Hozirgi kunda tobora oydinlashib borayotgan haqiqat shuki,
tabiatni estetik qadriyat deb bilmaslik estetik savodsizlik, aniqrog‘i,
bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas.
Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rni.
Globallashuv sur’atlarining ortishi, xalqaro raqobatning
kuchayishi, axborot texnologiyalari jadal rivojlanishi hamda fanlar
integratsiyalashib borayotgan hozirgi sharoitda jamiyat yangicha
falsafiy tafakkurga zaruriyat sezmoqda. Endilikda, falsafa inson,
jamiyat va davlatga har doimgidan ham ko‘ra ko‘proq kerak ekanligi
ayon bo‘lib bormoqda. Chunki, inson ma’naviy kamol topib, jamiyat,
fan va texnika rivojlanib borgani sari falsafiy tafakkurga bo‘lgan
ehtiyoj ham kengayadi, chuqurlashadi. Bu esa falsafiy fanlarga
yangicha, ijodiy yondashish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Globallashuv jarayonida yangicha mazmunga va zamonaviy
ko‘rinishga ega bo‘lgan estetik qadriyatlar shakllanmoqda. Bu
insonning tabiatga, jamiyatga, turmush tarziga, atrof-muhitga bo‘lgan
munosabatida tobora aks etmoqda.
XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik o‘zlashtirish bilan bir
qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga alohida e’tibor berilmoqda.
578
Endilikda odamlarning yaratuvchanlik faoliyati yuksalishi barobarida
estetik qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu
o‘z navbatida inson mohiyatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson
manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash barcha islohot va
evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan belgilanadi.
Ekologiyaning inson ekologiyasi bo‘limi odamning atrof-
muhitga moslashishi, kasalliklarning kelib chiqishi va ularni oldini
olish, salomatlikning tabiiy va ijtimoiy omillari, irsiyat, atrof-muhit,
turmush tarzi, oilani rejalashtirish, sog‘liqni saqlash, sport bilan
shug‘ullanish va shaxsiy gigiyenalar haqida bilimlar beradi,
shuningdek, salomatlikni baholash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Shubhasiz, ekologik ta’lim dolzarb global muammo hisoblangan
tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda katta o‘rin
egallaydi. Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-
muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodlaydigan
qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar
jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy,
mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. Darhaqiqat tabiat go‘zalligini his
qilish, undan zavqlanish, nafosat qonuniyatlari asosida tabiatni
yanada go‘zallashtirish, inson estetik didini rivojlantirish va estetik
ehtiyojini qondirish bilan estetik qadriyatlarning yangi ko‘rinishlari
shakllanib bormoqda. Tabiat va uning borlig‘idagi estetik qad-
riyatlarga aylangan nabotot va hayvonot olami shular jumlasidandir.
Ekoestetika quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
-
Dunyoni ekologik manzarasiga estetik munosabat.
-
Inson hayoti-Hayvonot dunyosi - Nabotot olami uyg‘un
rivojlanishi.
-
Atrof-muhitni muhofaza qilishning estetik asoslari.
-
Tabiatni estetik qadriyat sifatida baholash.
-
Tirik organizmlar bir butunliginini estetik anglash.
-
Tabiiy jarayonlar va hodisalarning antropotsentrikdan bio-
tsentrik va politsentrikka o‘zgarishi usulini qo‘llash.
-
Ekologik tanglikning estetik madaniyat tangligi sifatida xis
etish.
-
Ishlab chiqarish munosabatlarni estetik mezonlar asosida
tartibga solish.
579
-
Ekoestetika va etikosferaning axloqiy-estetik maqomini
anglash.
-
Insoniyat barqaror rivojlanish konsepsiyasiga tabiat va
jamiyat koevolyutsiyasi sifatida estetik baho berish.
Insoniyat kech bo‘lsada yer sayyorasidagi tabiatning yuksak
qadriyat ekanligini anglab bormoqda. Endilikda tabiat go‘zalligini
asrash, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish va tabiatni
go‘zallashtirish global masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom
Karimov “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin
ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha halqlarning
manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi
ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir” - deb
ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, insoniyat hozir o‘z tarixining
mas’uliyatli davrida yashamoqda, u “Tabiat – Jamiyat - Inson”
munosabatlari uyg‘unligining yangi rivojlanish bosqichiga qadam
qo‘ydi. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot
qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Bu
muammolar orasida eng muhimi - tabiatni asrash va oqilona
munosabatdir.
Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir
dargoh, inson ko‘z ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning
umumiy uyi. Shunday ekan, uni avaylab-asrash, atrof-muhitning
ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir.
Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos
bo‘lib, sivilizatsiyaning yashab qolishi ham ushbu muammoni qay
tariqa hal qilinishiga bog‘liq. Bu o‘z navbatida, insonning tabiatga
estetik munosabatini o‘zgartirishni taqozo etadi. Negaki, voqelikka
estetik munosabat - tabiatga muhabbatdan boshlanadi. Chunki, tabiat
inson kamoloti, salohiyati, iqtidori, imkoniyati uchun betakror manba
bo‘lib xizmat qiladi.
Inson bilimining ortishi, tabiatni o‘rganish va o‘zlashtirish
imkoniyatlarini kengayishi texnik-texnologik taraqqiyotga va inson
qudratini yuksalishiga olib keldi. Bu holat o‘z navbatida, insonni
tabiat ustidan hukmronlik qilishga undadi. Buning oqibati turli
ko‘rinishdagi ekologik halokat, tahdid, zarar va illatlarni yuzaga
keltirdi.
580
Endilikda tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujudga
kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, balki uning bir bo‘lagi
ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibat
insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi. Har qancha
ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik,
baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni
asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning
hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan
hamkorligida erishish mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni
sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni
o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni
jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida
idrok etishni taqozo qiladi.
Ekologiya atrof-muhitning sifat holatini belgilovchi omil
bo‘lganligi uchun u iqtisodiyot, ijtimoiy hayot, davlatlarning ichki va
tashqi siyosatiga ham kirib bordi. Bu bejiz emas, chunki dunyoda
ekologik muammolarning jiddiylashib borayotganligi hech kimga sir
emas. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va
mintaqaviy doiradan chiqib butun insoniyatning umumiy muam-
mosiga aylandi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlarida tabiatni
muhofaza qilishga oid qonunchilik rivojlanmoqda va takomil-
lashmoqda, genofondni barqaror rivojlantirishni saqlab qolishni
tabiiy resurslarda oqilona foydalanishni ta’minlaydigan hamda
fuqarolarning maqbul atrof muhitga bo‘lgan huquqni kafolatlaydigan
xalqaro konvensiyalar, shartnoma va bitimlarga qo‘shilish jarayoni
davom etmoqda.
Atrof-muhitga bepisandlik, tabiat ne’matlariga hurmatsizlik,
o‘simlik va nabotot olamiga e’tiborsizlik bugungi kunga kelib
pirovardida inson va uning genofondiga salbiy ta’sirini o‘tkaza
boshladi. Bundan tashqari, tabiatga g‘ayriestetik munosabat biologik
xilma-xillikning qisqarishiga, katta hajmdagi sanoat va boshqa xil
chiqindilarning ko‘payishiga, cho‘llanish, yer va suv resurslari
degradatsiyasiga hamda mintaqaviy va global miqyosda yechilishi
zarur bo‘lgan muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar inson
hamda uning manfaatlari himoyasi, avvalo, sog‘lom va musaffo
atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash jarayoni amalga
oshirilayotgan islohotlarning o‘zagini tashkil etgan O‘zbekiston
581
uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va uni sog‘lomlash-
tirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |