588
shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital
qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish,
shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini tubdan
takomillashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyotning ikki muhim jihati – moddiylik va
ma’naviylikni o‘zida namoyon ettiradigan me’morchilik o‘z
navbatida, mamlakatda shaharsozlik sohasining shakllanishiga,
ravnaq topishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Kundalik hayotda «shaharsozlik» va «obodonlashtirish» degan
so‘zlar tez-tez tilga olinmoqda. Sobiq Ittifoq davrida shaharsozlik
madaniyati va estetikasi me’moriy majmualarning umumiy
ko‘rinishi, ularning ekster’yer (tashqi) va inter’yer (ichki) bezagidagi
bir xillik shaharning badiiy-estetik qiyofasiga salbiy ta’sir etganligini
kuzatish mumkin. Ayniqsa, aholi uchun qurilgan turar joy
binolarining bir xil shaklda bo‘lganligi shundan dalolat beradi.
Mazkur binolar tartibsiz, noqulay hududda bunyod etilganligi,
aksariyatining qurilishida tabiiy muhit, milliy xususiyatlar hisobga
olinmaganligi natijasida shaharning jozibadorligini buzgan.
Shahar o‘z ko‘rki va go‘zalligini qo‘yidagi estetik xususiyatlar
orqali namoyon etadi: a) shaharda me’moriy obidalar, ko‘hna
yodgorliklar, ziyoratgohlarning mavjudligi va ularni odamlar e’tibori
va tasarufida ekanligi; b) binolarning aholi tarmush tarzi uchun
qulayligi va mos kelishi; v) shaharda bunyod etilgan inshootlar,
yo‘llarning xalq manfaati bilan muvofiqligi; g) shaharning geografik
jihatdan joylashuvi – suv va havosining musaffoligi, tabiiy
manzaralarga boyligi.
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
bunyod
etilayotgan
muhtasham inshootlar, ma’muriy binolar, ta’lim muassasalari milliy
me’morchilik an’analarining Ovro‘pa me’morchilik an’analari bilan
uyg‘unligiga asoslanadi. Misol uchun, Vatanimiz poytaxtida qad
rostlagan - Ma’rifat markazi, Simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Yoshlar ijod saroyi,
Poytaxt biznes markazi kabi betakror inshootlar bir-biriga hamohang
tarzda yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan. Yoki Vatanimizning bosh
maydoni - Mustaqillik maydoni betakror landshaft dizayni bilan
g‘oyat go‘zal qiyofa kasb etgan.
589
O‘zbek shaharsozligi estetikasi sobiq Ittifoq davrida nazardan
chetda qoldi: me’moriy obidalar qarovsiz holatga keltirildi, xalq
amaliy san’atining nodir turlari yo‘qola boshladi, erkin ijodiy muhit
ta’qiqlandi. San’atkorlar, me’morlar, usta va naqqoshlar tomonidan
ko‘plab binolar, xalq amaliy san’atining nodir namunalari yaratilgan
bo‘lsada, ammo ularda milliy bezak va uslublar, naqshlar to‘laligicha
o‘zini namoyon etolmas edi. Bugungi me’moriy binolar, tarixiy
inshootlar, xususan O‘zbekiston anjumani, mahobati, shakl va
kompozitsiyasi, naqsh va bezaklari o‘zining falsafiy-estetik mazmuni
bilan jahon me’morligining buyuk namunasi, o‘zbek xalqining estetik
qadriyatiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
XXI asrni O‘zbekistonda shaharsozlik estetikasida tub burilish
davri deyish mumkin. Bugungi kunda, shaharlarda nafaqat tarixiy
obidalar qayta tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator
zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar,
sport maydonlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari,
xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari,
favvoralar, gulzorlar barpo etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: