Dizayn va uning estetik xususiyatlari
Italyanchada loyiha, rasm ma’nolarini anglatuvchi disegno so‘zi
o‘rta asrlarda inson tabiatida mavjud bo‘lgan ijodkorlik
xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo, “ingliz tilidagi design so‘zi
birinchi marta 1919-yil ingliz rassomi Djozef Sinelo tomonidan
sanoatda
ishlab
chiqarilgan
narsalar
namunasiga
nisbatan
qo‘llanilgan. Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial so‘zini
kiritib «industrial design“ sanoatga, uning taraqqiy etgan mashina
texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi badiiy
predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini qo‘llaydi. Vaqt
o‘tishi bilan bu ibora xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi.”
Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional
sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati
bo‘lsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha yo‘nalish va
ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoliyatga
aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan dizayner
ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyihalaydi.
590
Dizayn estetikaning ijodiy faoliyat turiga mansub bo‘lib, uning
maqsadi sanoat mahsulotlari shakli va sifatini baholash, belgilashdan
iborat. Bu xususiyatlar mahsulotning tashqi belgilarini qamrab oladi,
shu bilan birgalikda mahsulotni xaridor-iste’molchi nuqtai nazarida
ham, tayyorlab-etkazib beruvchi nuqtai nazaidan bir butunlikka olib
keluvchi funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z ichiga
oladi. Dizayn amaliy san’at sohalarini sanoat olamiga ham tadbiq
etib, mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq
emas balki, hissiyotlarga ta’sir etishini ta’minlaydi.
Dizayn jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham
ko‘rsatadi. Bu kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan mehnat
qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsiya vositalari
televizor, komp’yuterlarda ham namoyon bo‘ladi. Insoniyat uchun
yaratilgan buyumlar bir-birini to‘ldirishi hamda estetik qimmatga ega
bo‘lishi lozim. Negaki ular insonning jismoniy-biologik, ruhiy-
estetik rivojlanishiga xizmat qilmog‘i kerak. Bu vazifaning bajarilishi
nafaqat dizaynerga, balki iste’molchiga ham bog‘liq. Iste’molchi
yoki haridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi, xarid jarayoni tovarga
faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq
bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga ega. Avvalo
go‘zal va sifatli, qulay narsalargina xaridor e’tiborini qozonadi.
Shunda tovarning umumezonga javob beradigan estetik qadriyat
sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning
xaridorga, xaridorning esa ishlab chiqarishga estetik ta’sirini
ta’minlaydi.
Utilitar va estetik qonuniyatlarning birligi, chambarchas aloqasi
dizaynning o‘ziga xos xususiyatni tashkil etadi. Utilitar xususiyatlar
deganda - foydalilik, funsionallik, qulaylik, texnologik tejamlilik va
konstruktiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Estetik prinsiplar esa
go‘zallik, nafislik, badiiylik, obrazlilikni o‘z ichiga oladi. Bugungi
kunda texnika estetikasi mehnat vositalaridan tortib ishlab chiqarish
jarayonining moddiy shart-sharoitlarini ham o‘z ichiga oladi. U
ishlab chiqaruvchining ish faoliyati, mehnat sharoitiga ta’sir
ko‘rsatadi, mashina-yu uskunalarni yangilash, yaxshilashdan tortib,
ularning ish joylarida estetik muhitni yaratish, ularning ijodkorlik
qobiliyatlarini yuzaga chiqarishini ta’minlashni ham o‘z oldiga
qo‘yadi. Demak, inson badiiy-texnik faoliyatning xususiyatlari va
591
qonuniyatlarini ochib berish texnika estetikasining vazifasidir.
Dizayn esa dunyoqarashga ham tegishli va umumiy estetik
nazariyaning tarkibiga kiradi.
Inson hayoti, faoliyati nafaqat tabiiy ehtiyojlarga, balki o‘zi
tomonidan yaratilgan narsalar olamiga ham bog‘liq. Inson o‘zini
qurshab turgan olamning qanday bo‘lishini ko‘p hollarda o‘zi
belgilaydi. Ana shu jarayonning asosida esa zamonaviy amaliyotning
muhim ko‘rinishi hisoblangan narsalar olamini badiiy loyihalash
masalasi yotadi.
Fan-texnikaning taraqqiy etib borishi natijasida badiiy
loyihalash ham takomillashib boradi. Dastlabki yaratilgan texnika
vositalarini kishilar go‘zallik olamiga mutlaqo begona bo‘lgan hodisa
sifatida idrok etishgan edi. Keyinchalik loyihachilar tomonidan
texnikaga nisbatan badiiy yondashuv natijasida u o‘zining avvalgi
dag‘al, qo‘pol, noqulay, insonni cho‘chitadigan ko‘rinishini yo‘qotdi.
Endilikda texnika o‘zining bejirimligi, qulayligi, jozibasi bilan
«insoniylama» boshladi. Mazkur holatning rivojlanib borishi bilan
birga texnika loyihasiga nisbatan ikki xil munosabat ham shakllanib
bordi. Birinchidan, loyihaning asosida texnikaning mexanik faoliyati,
uning ishlash jarayoni ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ikkinchidan, uning
tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratildi. Keyinchalik mazkur ikki
munosabatning uyg‘un faoliyati natijasida mashinalashgan ishlab-
chiqarishning «insoniylashgan» yangi uchinchi olami, zamonaviy
ibora bilan aytganda-dizayn yuzaga keldi.
Dizayn go‘zallik bilan hamkorlikda taraqqiy etib boradi.
Holbuki, buyumni badiiy loyihalashtirishda uning shakli bilan
mazmuni hamohang, mos bo‘lishi kerak. Qisqasi, dizayndagi estetik
talab shaxsning moddiy ehtiyoji bilan birga ma’naviy ehtiyojini ham
qondira olgandagina o‘zida go‘zallikni namoyon ettiradi.
Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayot-
ganligi, estetik madaniyatning takomillashib boryotganini kuzatish
mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda. Dizayn moddiy ishlab
chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uning insonning manfaatlari
va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qiladi. Dizaynning zaru-
riyatga aylanishi esa faqat zamonaviy ilmiy-texnikaning taraq-
qiyotigagina emas, balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy
madaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liqdir.
592
Dizayn estetikasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar muallifi
N.Abdullayeva dizayn yoki badiiy loyihalash texnika estetikasining
tarkibiy qismi ekanligini uqtiradi. Uning fikriga ko‘ra, dizayn texnika
estetikasining
ijtimoiy-falsafiy mohiyatini, hozirgi
davrdagi
ahamiyati, san’at bilan o‘zaro aloqadorligi, buyumlar olamining
estetik muammolarini o‘rganadi. Dizayn ishlab chiqarishda go‘zallik
va foydalilikning uyg‘unligini taqozo etadi. Iqtisodiy, utilitar,
texnologik jihatlar bilan birgalikda buyumlarning estetik qimmati
ham muhim ahamiyatga ega. Negaki, u insonda ma’naviy zavq
uyg‘otibgina qolmay, moddiy ishlab chiqarish jarayoniga samarali
ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Dizaynning estetik mohiyati uning san’at bilan aloqadorligida
ham namoyon bo‘ladi. Bizga ma’lumki, dizaynning san’at bilan
hamkorligi o‘ziga xos bo‘lib, bu xususida tadqiqotchilarning fikrlari
turlichadir. “Dizayn-abstrakt san’at” (Genrbert Rid), “Dizayn san’at
emas” (Gloag, Eshford), “iste’mol predmeti badiiy asar funksiyasini
bajarishi mumkin emas, u san’at taqdiri bilan mos kela
olmaydi”(T.Mal’donado), “dizaynnning maqsadi go‘zal shakl va
narsalar dunyosini yaratishdan iborat bo‘lib, ular sivilizatsiyamizning
chinakam xarakterini ochib berishi lozim” (D.Ponti) deb
ta’kidlashgan.
Darhaqiqat, dizayn sohasini aniqlash juda murakkab, ayrim
vaqtda ular san’at bilan o‘zaro qorishib ketadi. Har ikkalasi ham
ijodiy faoliyat ekanligi, inson ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qilishi, estetik qonuniyatlar asosida vujudga
kelishi ularning chambarchas aloqadorligini ko‘rsatadi. San’atning
kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud bo‘lib ularning asosida
ikki xil mazmun yotadi. Biri u o‘yin natijasida, ikkinchisi esa mehnat.
San’at o‘yindan kelib chiqqan, chunki unda majburiylik yo‘q, san’at
avalo inson ma’naviy ehtiyoji natijasi degan fikr asos sifatida olinadi.
Dizayn san’atni istisno qilmasada bizning nazarimizda mehnat
natijasida vujudga keladi. Chunki hunarmand ko‘zga yasaydi, unga
ishlov beradi, bezaydi bu uning mehnatining tarkibiy qismi hamdir.
U majburiyat bilan bog‘liq, maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa
va mehnatdan manfaatdorlik mavjud. Yuqorida ta’kidlanganidek,
xalq amaliy san’ati haqida gap ketganda bu yanada yaqqolroq
namoyon bo‘ladi.
593
Do'stlaringiz bilan baham: |