Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Ulug‘vorlikning falsafiy mohiyati



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Ulug‘vorlikning falsafiy mohiyati 

 

Ingliz  nafosatshunosi  E.Byork  go‘zallikni  ulug‘vorlik  bilan 

qiyoslaydi  va  ularni  bir-biriga  qarama-qarshi  tushunchalar  sifatida 

tadqiq  etadi.  Olmon  faylasufi  I.Kant  esa  go‘zallik  va  ulug‘vorlikni 

uyg‘unlikda  rivojlanuvchi  tushunchalar  deb  hisoblaydi.  Ulardan 

farqli  o‘laroq,  faylasuf  Gegel  ulug‘vorlikni  go‘zallikning  bir 

ko‘rinishi  bo‘lib,  ulug‘vorlik  –  zohiriy  go‘zallikning  botiniy 

go‘zallikka  aylanishidir,  deb  tushuntiradi.  Mazkur  fikrlardan 

ulug‘vorlik- insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar 

bilan  yondashishi  va  ulardan  yuksak  hayratlanish  tuyg‘usini  hosil 

qiluvchi estetik hissiyot majmui, degan fikr kelib chiqadi.  



565 

Ta’kidlash  zarurki,  ulug‘vorlik  go‘zallik  singari  qamrovli 

tushuncha. U o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni namoyon 

qiladi. Fridrix Shiller ulug‘vorlik qayg‘u va qo‘rquvni yenguvchi va 

insonni ulug‘lab unga go‘zallik baxsh etishini tushuncha ekanligini 

uqtiradi.  Buni  u  «axloqiy  xavfsizlik»  tushunchasi  orqali  izohlaydi. 

Chunki, qo‘rquv va dahshatga qarshi borish uchun ham xavfdan xoli 

bo‘lish  lozim.  Zero,  jismoniy  xavfsizlik  bevosita  shaxsning  o‘ziga 

tegishli bo‘lib, insondagi qat’iy ishonch bois xotirjam, xavfsiz. Biroq, 

dahshatli  yo‘qotishlar  va  mudhish  qotilliklar  qarshisida  insonning 

xotirjamligi yo‘qoladi. Agar xavf insonning o‘zigagina yaqinlashsa-

yu, u o‘zini hotirjam his qilsa, demakki, uning vijdoni xavfdan xoli; 

unga  hech  qanday  havf  tahdid  solmaydi.  Shu  bois  «axloqiy 

havfsizlik»  din,  e’tiqod  va  abadiylikka  dahldorlikni  taqazo  etadi. 

Buni o‘zbek xalqi ma’naviy merosida muhim o‘rin tutgan Jaloliddin 

Manguberdi, Temur  Malik, Amir Temur  kabi  sarkardalarning, Abu 

Rayxon  Beruniy,  Mirzo  Ulug‘bek  kabi  olimlarning  hayotidagi 

ma’naviy  jasoratni  asos  sifatida  aytish  mumkin.  Ayniqsa,  Abu 

Moʻmin Nasafiy islomiy xalqlarning zaiflashuvi va o‘zaro e’tiqodiy 

ziddiyatlar kuchaygan bir davrda e’tiqodiy masalalarda hujjatlari eng 

aniq  keltirilgan  manbalar  asosida  ahli  sunna  val  jamoa  bilan  unga 

xusumatlashgan  boshqa  firqalarning  o‘zaro  murosaga  kelishini 

ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan ma’naviy  jasorati bunga misol bo‘ladi. 

Shunga ko‘ra, ulug‘vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni 

talab  qiladiki,  bu  muhokama  go‘zallik  muhokamasidan 

ustuvorroqdir, deyish mumkin. 

Tabiatdagi ulug‘vorlikcheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak 

cho‘qqilar,  moviy  dengizlar,  ming  yillik  chinorlar,  shuningdek, 

vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon bo‘ladi. Ular 

uzoqdan  kishilarda  hech  qanday  hayajonli  taassurot  qoldirmaydi. 

Biroq,  ularga  yaqinlashganimiz  sari  ruhiyatimizni  hayajon, 

jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko‘z bilan qamrab 

ololmaslik  darajsiga  yetganda  esa  bu  hayajon  yanada  ortadi. 

Tabiatdagi  ulug‘vorlik  matematik  va  dinamik  xususiyatga  ega. 

Matematik  xususiyatida  hajm,  dinamik  xususiyatida  kuch  ustuvor 

ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli 

hayrat  va  hayratlanish  tuyg‘ularini  paydo  qiladi.  Tog‘lar  insonni 

yuksak fikrlashga, buyuk g‘oyalarga undaydi: Everestga O‘zbekiston 




566 

bayrog‘ini  tikib  qaytishgan  alpinistlarimizning  taassurotlari 

nihoyatda hayajonlidir.  

Odatda  estetikaning  asosiy  kategoriyalariga  “zid”,  “qarama-

qarshi”  va  “teskari”  tushunchalar  tabiat,  jamiyat  munosabatlarida 

namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Biroq,  estetika  kategoriyalari  orasida 

ulug‘vorlikning  ziddi  bo‘lgan  tubanlik  bevosita  inson  va  uning 

faoliyati bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi.  

Tubanlik- insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi 

estetik  kategoriya.  U  kishilarda  salbiy  his-tuyg‘u  paydo  qiladigan 

xunuklikdan ko‘ra kuchliroq, ta’sirchanroqdir: Shu bois uni hunuklik 

bilan  aynanlashtirib  bo‘lmaydi.  Tabiat,  hayvonot  va  nabotot 

olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa 

tubanlik  darajasiga  borib  yetadi.  Daryoning  suvi  loyqalangani, 

ko‘kalamzorlarga  to‘kilgan  axlat,  qurbaqa,  ilon  xunuk  ko‘ringani 

bilan  undan  odamlar  nafratlanmaydilar.  Gohida  muhtojlik  inson 

tabiatidagi  yovuz  maylni  qo‘zg‘atib  yuborishi  natijasida  insonni 

tubanlashtiradi.  

Tubanlik kategoriyasi Etika bilan Estetikaning bir-biriga yaqin, 

uzviy va ajralmas ekanligini isbotlovchi tushuncha hamdir. Tubanlik 

etikada – xoinlik, sotqinlik, qotillik, vahshiylik kabi illatlar bilan bab-

baravar mazmun kasb etadi.  

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish