I — shina; 2 — ultratovush generatori; 3 — nurlanish datchigi;
4 — qabul qilish datchigi;
5 — eritma; 6 — ultratovush qabul qilgichlar.
2
7
4.60-rasm. Shina karkasining qatlamlanib ko'chishini ultratovush defektoskopi yordamida aniqlash:
Sliinalarning ichki shikastla- nishlari maxsus bort kengaytir- gichlar, yog'och tayanchlar qo'l- lab. qo'lda olib yuriladigan lampa- lar bilan yoritib aniqlanadi. Karkasning qatlamlanib ko'chishi ultratovush nuqson aniqlagich yordamida aniqlanishi mumkin (4.60- rasm).
Ta’mirlashga yaroqli shinalar loydan tozalanadi, 50 — 70 'C temperaturagacha isitilgan suvda yuviladi va unga kirib qolgan narsalar (mix, shisha va boshqalar) chiqarib olinadi. Shundan so'ng shina quritish kanierasida 60 — 75 °C temperaturada, kamida 48 soat davomida, nisbiy namligi ko'pi bilan 60 % bo'lguncha quritiladi. Quritilgandan so'ng shinaning istalgan qismida namlik miqdori 3% dan oshmasligi lozim. Ta’mirlangan shinaning ish xususiyati ko'p jihatdan quritish sifatiga bog'liq, chunki shina tarkibida qolgan namliklar karkasning qatlamlanib ko'chishiga sabab bo'lishi. ta'mirlash materiallarining shina bilan birikish sifati yomonlashishi mumkin. Namlik ISHP-2 namlik indikatori bilan aniqlanadi, u shina karkasining elektr qarshiligini namlikka bog'liq holda o'zgarish prinsipida ishlaydi.
Shinaning namligi 3 — 4 joyda elektrod ignalarini karkasga botirib aniqlanadi. Tekshirish paytida paxta-qog'oz materialli kordlarning namligi 2 % bo'lganda indikatorning bir neon lampasi yonadi, namlik 3 — 5 % bo'lsa, ikkita lampa yonadi, namlik 5 % dan oshib ketsa, uchta lampa yonadi. Viskozali kordlarni tekshirishda namlik 4 % bo'lganda, bir lampa, namlik 7 % bo'lganda, ikkita lampa, namlik 10 % va undan ortiq bo'lganda, uchta lampa yonadi.
Shinaning shikastlangan uchastkasi ni belgilash va uni kesish usullari. Ta’mirlash materialini shina bilan mustahkam birlashtirish uchun, awal shikastlangan uchast- kalarni belgilab chiqish lozim.
a — pokrishka to'g'ridan (o‘g‘ri shikastlanmaganda tashqi konusni kesish; b — pokrishka to'g'ridan to'g'ri shikastlanganda konusni ramka bo'yicha kesish; d— pokrishka to'g'ridan to'g'ri shikastlanganda qarama-qarshi konuslar bo'yicha kesish; / — protektor; 2— yostiq qatlami; J—karkas.
4.61 -rasm. Shinani ta'mirlashda uni kesish usullari:
Undan so‘ng shikastlanish xarak- teriga va uning joylashishiga qarab, ular shinaning shikastlanmagan joylarigacha kesiladi. Protektorning to‘g‘ridan to'g'ri shikastlanmagan uchastkalari irnkoni boricha kichik burchakda, konussimon qilib, tashqarisidan kesiladi. Konusning keng asosi shinaning tashqi sirtiga yo‘nalgan bo'lishi kerak (4.61- rasm, a). Pokrishkadagi to'g'ridan to'g'ri shikastlangan joylarni ke- sislida, uning ichki tomonidan bosqichli konus kesiladi, lining qir- rasi shinaning tashqi sirtiga yo'nal- gan bo'ladi (4.61- rasm, b).
Bortdagi shikastlanishlar ham ?d). Pokrishkalarning shikastlangan uchastkalari o'tkir pichoqni suvda ho'llab kesiladi. Rezinani ichki tomondan kesishda bort dastaki kengaytirgichlar, tayanchlardan foydalaniladi (4,62-rasm).
G'adir-budurlash. Pokrishkaning ta'mirlanadigan joyining ta'mirlash materiali bilan tishlashish maydonini oshirish va kesilgan uchastkalarning silliq o'tishini ta’minlash maqsadida ular gadir- budur qilinadi.
G‘adir-budurlashda ish asbobi sifatida diskli rashpil, ishqalagich, po'lat simdan yasalgan cho'tka, kord tasma, jilvirtoshlar, ignali va plastinkali sharoshkalar ishlatiladi. Mahalliy shikastlangan uchastkalarga diskli rashpil bilan ishlov beriladi. Yuzaga donadorligi 100 — 50 bo'lgan jilvirtosh bilan yakuniy ishlov beriladi.
G'adir-budurlashda protektor rezinasi yoki karkasi yonlarining rezinasi yirtilib ketishining oldini olish maqsadida, uning kesuvchi qirralari karkas tomon harakatlanishi lozim. Shinaning g'adir- 16 — Avtomobillarni ta'mirlash 241
4.62-rasm. Dastaki kengaytirgichlar va tayanchlar
Do'stlaringiz bilan baham: |