rasm Mahalliy shikastlangan pokrishkani sektorda vulkanizatsiyalash:
/—pokrishka; 2— sektor; 3~ vulkanizatsiyalanadigan uchas(kani presslash moslamasi. foydalaniladi. Matolar qatlamlari orasiga elektr spiral o'rnatiladi. Sektorda vulkanizatsiyalashda elektr manjet pokrishkaning tashqi tomonidan o'rnatiladi.
4.65-rasm Mahalliy shikastlanishi bor pokrishkani plitada vulkanizatsiyalash:
Vulkanizatsiyalashda pokrishkani ikki tomonlama isitish uchun pokrishkaga rezinalangan matodan tayyorlangan bug‘-havo qopi joylashtiriladi. Unga vaqt-vaqti bilan bug1 va siqilgan havo berib turiladi. Bug' va havoning bosinii ta’sirida vulkanizatsiyalanadigan materiallar presslanadi Vulkanizatsiyalash muddati vulkanizatsiyalanadigan uchastkaning qalinligiga ham bog'liq. Temperatura 140 °C bo'lganda, kord to‘rt qatlamli bo'lsa, vulkanizatsiyalash muddati 40— 50 minutni, kord o‘n qatlamli bo'lsa, 90—120 minutni tashkil etadi. Vulkanizatsiyalash vaqtining mi- nutlardagi taxminiy qiymati 140 °C temperaturada quyidagi formuladan aniqlanadi; T= 7h, 1 — pokrishka; 2 — tayanch plita; J-qumli qop; 4 — proflllangan aluminiy ost- qo'yma; 5—strubsina. bunda: h — vulkanizatsiyalanadigan uchastka qalinligi, mm; 7 — emperik koeffitsiyent. Vulkanizatsiyalashda foydalanila- digan ta’mir materiallarining zarur
/ — suv tarmog'i; 2 —berkilish ventillari; J—nasos elektr motori; 4—suv nasosi; 5—manometr; 6— berkitish ventili; 7 — manometr; 8— saqlash klapani; 9 — egiluvchan shlang; 10 — tez ta’sir etuvchi qulf; // —qaynatish kamerasiga suv keltirish shtutseri; 12 —qaynatish kamerasi; 13 — vulkani- zatsiyalanadigan shina; 14— yuqorigi yarim andazaning bug' quvuri; /7—bug' kiritish trub^si. bo'lgan zichligini, ta’mirlanadigan uchastkaning puxta pressla- nishini hamda bu materiallarning pokrishka bilan mustahkam bog' hosil qilishini ta'minlash lozim. Mahalliy shikastlanishlarni ta'mirlashda vulkanizatsiyalanadigan uchastkaning presslanishi maxsus moslamalarda olib boriladi. Buning uchun zarur bo'lgan bosim 6 — 1,2 MPa ni tashkil etadi.
Vulkanizatsiyalashdan awal vulkanizatsiya apparati qizdirilgan yuzalariga rezina yopishib qolishining oldini olish maqsadida shikastlangan joylarga yaxshi lab talk sepiladi. O'rnatilgan protektor individual halqasimon vulkanizatorlarda vulkanizatsiyalanadi (4 66- rasm). Ochiq vulkanizator dastlab isitiladi, protektor rasmining mat- ritsasi giposulfit eritmasi yoki sovun va eritma surtiladi, qurigandan so'ng, qaynatish kamerasi bor vulkanizatorga pokrishka o'rnatiladi. Vulkanizator boltlari bir tekis qotiriladi. Pokrishka suv tarmog'idan suv nasosi bilan qaynatish kamerasiga uzatiladigan bosimi 1,2 — 1,4 M Pa bo'lgan sovuq suvda presslanadi. Shinaning vulkanizatsiyalanadigan uchastkasi bug' ,,ko‘ylagidan“ 0,4 — 0,45 MPa bosim bilan uzatiladigan bug' bilan qizdiriiadi. Kerakli presslash bosimi hosil qilingandan so'ng, yopisli ventilidan suvning uzatilishi to'xtatiladi. Pokrishka qizigan sari 246
presslash bosimi ortib boradi.
4.67-rasm Rezina qattiqligini o'lchagich:
Vulkanizatoming xavfsiz va ava- riyasiz ishlashi uchun saqlagich klapan 2,0 MPa bosimga rostlanadi. Vulkanizatsiyalash nihoyasida qaynatish kamerasidagi suvning temperaturasi 85 °C gacha yetadi. Protektor bir tomonlama qiz- dirilsa, vulkanizatsiya vaqti ikki tomonlama bug'-havo bilan qaynatish kameralarida qizdirilganiga qaraganda 12—15% ga ortadi. I — rostlash gaykasi; 2— prujina; J—strelka: 4— shkala; 5— uchlik. Ammo, bunda karkasning qatlamlanib ko‘chishi kuzatilmaydi, chunki karkasda qolgan namlik presslash bosimining yuqoriligi va suv bilan sovitilganligi uchun bug'ga aylanmaydi. Karkas qatlam- larining qizish temperaturasi bu holda 95 °C dan oshmaydi. Ikki tomonlama qizdirishda esa karkasning temperaturasi 120 — 130 "C gacha ko'tariladi, bu esa vulkanizatsiyalangan uchastkaning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Vulkanizatsiya sifati rezinaning qattiqligi bo'yicha, qattiqlik o'lchagichda aniqlanadi (4.67- rasm). Protektor rczinasining vulkanizatsiyadan so'ng qattiqligi Shor bo'yicha 58 — 62 birlik chegarasida bo'lishi kerak. Pokrishka monolit butun holda bo'lishi lozim. Ta'mirlangan uchastkalarda boshliqlar bo'lmasligi lozim. Manjet chetlari karkas bilan silliq kirishib ketgan bo'lishi zarur. Vulkanizatsiya jarayoni tugagandan so'ng, qaynatish kamerasidagi suv nasos bilan chiqarib tashlanadi, yuk ko'tarish xususiyati 10 kN bo'lgan elektr telfer yordamida vulkanizator ochiladi, bort kengaytirgich yoki maxsus moslama bilan qaynatish kamerasi pokrishkadan chiqarib olinadi. Yuk avtomobillarining shinalari statik, yengil avtomobillaming g'ildiraklari qo'shimcha ravishda maxsus balansirovkalash dastgohida dinamik muvozanatlanadi. Bu pokrishkalarni ta’mirlash ning yakuniy operatsiyasi hisoblanadi. Yuk avtomobillari shinalarining pokrishkalarini muvozanatlash uchun list shaklidagi protektor rezinasidan yoki manjetlardan foydalaniladi. Ular pokrishka ichidan yelimlab qo'yiladi. Yengil avtomobillaming g'ildiraklari diskning chetlariga o'rnatib qo'yiladigan yukchalar yordamida muvozanatlanadi. Kameralarni ta'mirlash. Neft mahsulotlari shimgan, sirtida kichik darzlar to'ri bo'lgan yoki past hosinida ishlab yon tomonlari shilingan kameralar ta'mirlashga qabul qilinmaydi. Kameralar uchun xos bo'lgan nuqsonlarga ularning teshilishi, yirtilishi va ventilning shikastlanishi kiradi. Kameralarni ta'mirlash texnologik jarayoni. Ko'rinmaydigan shikastlanishi bo'lgan kameralar havo bilan to'ldirilib, vannadagi suvga tushiriladi, kamcraning tcshilgan joylaridan havo pufakchalari ajralib chiqadi. Kamera tekshirilgandan va quritilgandan so‘ng, teshilgan joylarining atrofi 20 — 30 mm radiusda qumtosh yoki qumqog‘oz bilan g‘adir-budurlanadi Kameraning yamashga tayyorlangan joyiga qil cho'tka bilan I : 4 konsentratsiyali yelim ikki marta surtiladi va quritiladi. Yamoq vulkanizatsiyalangan kamera rezinasidan diametri kameraning g‘adir-budurlangan qismining diametridan 5—10 mm ga kichik qilib yasaladi va uning sirti benzin bilan tozalanadi. yelim surtiladi va quritiladi. Quritilgandan so‘ng, yamoq teshilgan joyga o‘rnatiladi va ustidan rolik yurgiziladi. So'ng. kamera apparat plitasiga yotqizilib. vintli qisma bilan siqib qo'yiladi. Kamera 140 °C temperaturada 10—15 minut davomida vulkanizatsiyalanadi. Kamera yirtilganda uning shikastlangan chetlari qaychida dumaloqlanadi va g'adir-budurlanadi. Yamoq esa yaroqsiz kameradan tayyorlanadi. Yopishtiriladigan yuzalarga yelim surtilib vulkanizatsiyalanadi. Yamoq va kameraning mustahkam birikishi uchun ular orasiga vulkanizatsiyalashmagan rezina qatlami joylashtiriladi. Buning uclnin dastlab tayyorlangan uchastkaga yelim surtiladi. Vulkanizatsiyalash tugagandan so'ng. yamoq chetlari abraziv toshda, silliq o'tish hosil qilish uchun ishlov beriladi. So'ng, kamera suvli vannada tckshiriladi. Kamerada yirik yirtilishlar sodir bo'lsa,
4.68- rasm. Kameralarning uchini kesilgan silindrlar yordamida yopishtirish:
ular uchma-uch ulash usulida ta’mirlanadi. Buning uchun kameraning shikastlangan uchastkasi olib tashlanib, uning o'rniga yaroqsiz kameradan kcsib olingan qism o'rnatiladi. Yaroqsiz kameraning uzunligi ta’mirlanadigan ka~ mera shikastlangan qismining uzunligidan 50 — 60 mm ortiq boiishi lozim.