J — akkumulatorlar batareyasi; 2—datchik; 3 — stakan; 4— isitkich.
4.47- rasm. Elektr issiqlik impulsli termometrlar datchiklarini GARO-531 asbobida tekshirish sxemasi:
Datchiklarni ta'mirlash. Datchik qismlarga ajralganda u kavshardan. ballon esa korpusdan ajratib olinadi. Datchik mexa- nizmini tashqi ko'zdan kechirib, uning bimetall plastinalarining chulg'amlari, kontaktlarining sozligi va tozaligi aniqlanadi.
Kontaktlar, odatda, yopiq holatda bo'ladi. Ularni ajratilib, kuygan kontaktlar nadfil bilan ohista tozalanadi. Agar kontaktlar yeyilgan yoki kavshardan ajralgan bo'lsa, qaytadan kuniush yoki kumush kadmiy qotishmasi bilan kavsharlanadi Kavsharlangandan so'ng kontaktlarning zicli tegih turishi ta'niinlanadi.
Kuygan chulg'amlar diametri 0,12 mm bo'lgan konstantan simdan yasalgan yangi cluilg'amga almashtiriladi. Simning uzunligi shunday bo'lishi kerakki, u 13—15 Om qarshilikni ta’minlasin.
Datchik ballonini tekshirish uchun, kavsharlanmasdan avval, korpusga shu ko'rinishda suvli stakanga qo'yiladi. Qolgan operatsiyalar yuqorida ko'rsatilgandek amalga osliiriladi. Agar mikroampermetrning strelkasi shkalaning nazorat uchastkasi qarshisida toxtamasa, datchik termostatdan chiqarib olinadi. sozlash vinti burab qo'yiladi.
Avariya temperaturasi signalizatorining datchigini tekshirish
Avariya temperaturasi signalizatorining datchigi ham issiqlik elektr impulsli termometrining datchigi kabi tekshiriladi. Farqi shundaki, bunda suv temperaturasi qabul qilgich klemmalariga kuchlanishi 12 V bo'lgan nazorat lampasi ulanadi. Avariya temperaturasi signalizatori datchigini bakcha qopqog'i tcshigidan shunday tushirish kerakki, ballonning barcha yuzasi suyuqlik bilan ho'llansin. Stend ikki qutbli rubilnik bilan akkumulatorlar batareyasining signalizatori zanjiriga ulanadi va uning yordamida nazorat lampasi yonadigan temperatura aniqlanadi. Agar lampa yonadigan suyuqlik temperaturasi, talab etilgan temperaturaga to‘g‘ri kelmasa, datchik qismlarga ajratiladi, bimetall plastina chiqarib olinadi va rostlanadi.
Elektromagnit yonilgM sathini ko‘rsatkichni tekshirish, ta’mirlash va rostlash. Yonilg'i sathini ko'rsatkich GARO-531 asbobida tekshiriladi. Ayni paytda qabul qilgich va datchik ham tekshiriladi.
Asbobning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: qabul qilgich va datchik orasidagi sim uzilgan va tutashishi buzilgan; chap yoki o‘ng elektromagnitning chulg'ami uzilgan; datchik reostati chulg'ami uzilgan; polzunok bilan reostat chulg'ami orasidagi tutashuv yomon; qabul qilgich yoki datchikning rostlanishi buzilgan.
Birinchi nuqsonda chap elektromagnit qabul qilgichi chulg‘amidagi tok keskin pasayadi, asbobning strelkasi, bakdagi yonilgMning miqdoriga bog'liq bo'lmagan holda „Полный бак" ni ko'rsatadi.
Elektromagnit chulg'amlarining birida uzilish bo'lsa, qabul qilgichning strelkasi doimo shkalaning nol boMagida turadi.
Datchik reostati chulg'ami uzilsa, quyidagilar kuzatiladi. Agar uzilish joyi polzunokdan o'ngda joylashgan bo'lsa, qabul qilgich bakda normal miqdorda yonilg'i borligini ko'rsatadi, uzilgan joyi chapda joylashgan bo'lsa, qabul qilgich strelkasi toMiq bakka mos keluvchi holatda bo'ladi.
Polzunok va reostat chulg'ami orasidagi tutashuv yomon bo'lsa, qabul qilgich strelkasi butun shkala chegarasida tcbranib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |