R. — massani uzgich; Л, — zanjir uzgich; At, A2 va t, — ampermetr va voltmetrlar; RR — rele-rostlagich; T — tog rilagich; G— generator; QCh — uyg‘otish chulg'ami; Rn — yuklash reostati; E— akkumulatorlar batareyasi; Sh va B— rele-rostlagichdan chiqish.
4.40- rasm. Himoya relesining ishlash tokini tekshirish sxemasi:
E— akkumulatorlar batareyasi; rostlash qarshiligi; P— ulagich;
A— ampermetr; RR — rele rostiagich; E, В \a K — emitter, baza va kollektor; Sh va B— rele-rostlagichdan chiqish.
ko'rsatayotgan tok keskin pasayadi, yakor qo'yib yuborilgandan so‘ng, dastlabki holatiga qaytishi lozim. Agar tok o'zgarmasa, tranzistor nosoz hisoblanadi.
Soz tranzistorda rostlanadigan kuchlanish stendni yurgizib, ma'lum aylanishlar chastotasida va yuklama tokida aniqlanadi.
Masalan, G-285 generatorida va RR-385 relc-rostlagichida rotorning aylanishlar chastotasi 4100 ayl/min gacha yetkaziladi va yuklama reostati bilan 40 A tok yuklamasi o'rnatiladi. Bunda rostiagich kuchlanishini 13,4—14,4 V chegarasida ushlab turish kerak.
Agar kuchlanish texnik shartlarda ko'rsatilgan chegaraviy qiymatlarga to'g'ri keimasa, kuchlanishni rostlash prujinasi ning tarangligini o'zgartirish lozim. Prujinaning bosish kuchlanishini oshirish uchun, ti taranglashtiriladi, kamaytirish uchun esa bo'shatiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, rostiagich korpusi massaga nisbatan kuchlanishda bo'ladi, shuning uchun ham ular orasidagi qisqa tutashuv rele-rostlagichning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Himoya relesi quyidagicha tekshiriladi va rostlanadi. Rubilnik P ulanib (4.40- rasm), reostat Rr bilan uyg'otish chulg'ami zanjiridagi tok tekis oshiriladi. Kontaktlar ulanayotgan paytda ovoz chiqadi. Himoya relesining ishlab kctish toki 20“C da 4—4.5 A oralig'ida bo'lishi lozim. Agar ishlab ketish toki keltirilgan chegaradan farq qilsa, rele kuchlanishni rostiagich kabi, ya’ni rostlash prujinasi- ning tarangligini oshirib rostlanadi.
Rele-rostlagichni sinash paytida relc bloklaridan va rele- rostlagich yarimo'tkazgich elementlaridan qopqoqni olish mumkin emas, chunki bunda issiqlik o'tkazgich unga qotirilgan tranzistorni massaga qisqa mtashtirishi mumkin.
Kontakt-tranzistorli rclc-rostlagichlardagi nosozliklami bartaraf etish
O'zakka o’ralgan sim qarshiligining qiymati ommetr bilan o'lchanadi. Agar uning qiymatlari texnik shartlarga mos keimasa, qarshilik almashtiriladi.
So'ndiruvchi diodlarning sozligi haqida unga ketma-kct ulangan uch ornli qarshilikning holatiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
Agar diodlar teshilgan bo’lsa, bu qarshiliklar kuyadi yoki ularning o'zagi qiyshayib qoladi.
Rele-rostlagichni KI-968 stendida tckshirib ajratuvchi diodlarning ishdan chiqqan-chiqmaganligini aniqlash mumkin. Shikastlangan diodda va kontaktlar tutashganda kuchlanishni rostlovchi himoya relesini o'z-o’zidan ishga tushirib yuboradi, 206 natijada undan o'ziga xos ovoz chiqadi. Himoya relesi generatorning uyg'otish chulg'ami zanjiridagi tokning kichikligi tufayli ulanishi mumkin.
Tranzistorlarning ish xususiyatini ommetr bilan ham tekshirish mumkin. Buning uchun yarimoMkazgich elementlari blokining qopqog'i olinadi. Tranzistomi tekshirish uchun issiqlik o'tkazuvchining panelidan so‘ndirish diodlarining chiqishi kavshardan ajratib olinadi. Bunday chiqish uchlari rele- rostlagichning issiqlik ajratkichida K—kollektor, H—emitter, B— bazani ko'rsatuvchi harflar bilan belgilab qo'yiladi. Tekshirishda ommetrning nuisbat klemmasi tranzistorning bazasiga ulanadi, manfiysi esa navbatma-navbat emitter va kollektorga ulanadi. Asbob klemmalarining o'rnini almashtirib, qarshilik qiymatlari aniqlanadi.
Agar tranzistorlar soz bo‘lib, siquvchilar to'g'ri ulangan bo'lsa, emitterning teskari qarshiligi 20—30 kOm, kollektoming qarshiligi esa 18—25 kOm bo'ladi. Qarshiliklar birortasi qiymatining pasayishi tranzistor o‘tish joyining teshilganligini ko'rsatadi. Klemmalar teskari ulanganda tranzistorning chiqish uchlaridagi qarshilik bir necha Om ga teng boMishi lozim. Agar ulardagi qarshilik ko'rsatilgan qiymatlardan ancha katta bo'lsa, tranzistor soz hisoblanadi.
Emitter va kollektor o'rtasidagi qarshilikni ham o’lchash lozim. Agar emitterga ommetrning musbat, kollektorga esa manfiy klemmasi ulansa, soz tranzistordagi qarshilik bir necha Om ga teng boMishi kerak, klemmalarning qutbi o'zgartirilsa, bir necha ming Om ga teng boMadi. Agar qarshilik ko'rsatilgan qiymatlardan anchaga farq qilsa, tranzistor soz hisoblanadi. Qarshilik nolga yaqin, o‘tish joylaridagi tutashuv juda katta boMsa, kontaktlardagi tutashuv buzilganligini ko'rsatadi.
Yaroqsiz tranzistor yaroqliligiga almashtirilganda, issiqlik ajratkich paneliga qotiriladi, uning uchlari esa parchinmixlarga yumshoq kavshar bilan kavsharlab qo’yiladi. So'ng issiqlik ajratkichning paneli rele-rostlagichning asosiga o'rnatiladi, so'ndiruvchi diodlarning chiqish uchlari birlashtirilib, ular parchinmixlarga kavsharlanadi. Kavsharlangan joylar esa saponlok bilan bo‘yab qo'yiladi. Chulg'amlarda uzilish yo'qligi, nazorat lampasida izolatsiyalarning sozligi tekshiriladi.
Startcrlarni ta'mirlash
Starterlarda ham o'zgarmas tok generatorlaridagi kabi nosozliklar uchraydi.
Starterning nuqsonlarini aniqlash. Starterdagi nuqsonlar uni stendda salt yurish rejimida sinaganda aniqlanadi. Starterni sinash sxemasi 4.41- rasmda keltirilgan.
Starter qisqa (30 s, katta emas) muddatga ulanganda ampermetr bo‘yicha salt yurish toki, taxo- metrdan starter yakorining aylanishlar chastotasi aniqlanadi.
4.41- rasm. Starterni KI-968 stendida sinash sxemasi.
Agar val podshipniklarining vtulkasi yeyilsa va qiyshaysa, vtul- kalar bo‘yinlarga zich o'rnatilsa, yakor qutb uchlariga tegib qolsa, yakor chulg'amida yoki uyg'otish chulg'amida starter tomonidan iste’mol qilinadigan tok oshsa, yakorning aylanishlar chastotasi pasayadi. Yakorning tepishi va uning chulg‘amlaridagi nosozliklar cho'tkadan jadal uchqun chiqishiga sabab bo'ladi. Yakor chulg‘amidagi va uyg‘otish chulg‘amlaridagi shikastlanish induksion apparat yordamida aniqlanadi. Starterni sinashda keltirilganlardan tashqari, starter ajratkichini va starterni ulash relesini ham tekshirish lozim.
Ajratkich klemmalarining tutashuv paytini va o‘t oldirish g‘altagi qo'shimcha qarshiliklari kontaktlarining ulanish paytini tekshirish 4.42-rasmda keltirilgan.
4.42- rasm. Starter ajratgichini tekshirish sxemasi:
/ — starter shestemasi; 2—tayanch shayba; J—kalibr; 4— turtkich; 5— qotirib qo'ygichlar; 6 va 7— yondirish g'altagiga qo'shimcha qarshilik ulash uchun mahkamlagich; 8va 9— elastik plastinalar.
Tekshirishdan awal shes- tcrna cheti va tayanch shayba orasidagi tirqishni o'lchash va, zarur bo'lsa, ularni rostlash lozim. So‘ng nazorat lampasi A yongunga qadar starter ri- chagini surib, shesterna cheti va tayanch shaybalar orali- g'idagi tirqish o'lchanadi. Agar ehtiyoj tug'ilsa, uning turtkich i n i surib, tirqish kattaligi rostlanadi.
/ — voltmetr; 2— akkumulatorlar bata- reyasi; 3 — ajratgich; 4— ko'mir reostat; 5— ampermetr; 6 va 7—rele kontaktlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |