3 — ajratkich; 4— reostat;
5 — voltmetr;
6 — akkumulatorlar batareyasi.
4.33- rasm. 0‘zgarmas tok genera- torini sinash prinsipial sxemasi:
Undan so‘ng, reostatning qarshiligini nolgacha pasay- tirib, cho‘tka tagidan uchqun chiqishi tekshiriladi. Kuchli uchqunlanish cho'tkalarning kollektorga zich tegmasligini, kollektor yoki cho'tka yeyil- ganligini va yakor chulg'amida uzilish borligini bildiradi.
Reostat polzunining ushbu holatida generator tomonidan iste’mol qilinayotgan tok o'lchanadi. Generatorda tok ortishi, unda uyg'otish chulg'amida yoki yakor chulg'amida tarmoqlararo qisqa tutashuv mavjudligini ko'rsatadi.
Simni klemma Ya dan uzib, uyg'otish chulg'ami tomonidan iste’mol qilinayotgan tok o'lchanadi. Tokning ortishi yoki tokning yo'qligi uyg'otish chulg'amida nosozlik mavjudligidan darak beradi.
Ya^. Sh
4.34- rasm. Uyg'otish chulg'amlaridagi tarmoqlararo tutashuvni aniqlash sxe- masi.
Simni klemma Sh dan uzib, klemma Ya ga ulab, yakor chulg'ami tomonidan iste’mol qilinadigan tok o'lchanadi. So'ng
4.35- rasm. Uyg'otish g'altagini induksion apparatda sinash sxemasi:
]— induksion apparat; 2— temir o'zak (serdechnik); 3 — sinaladigan g‘altak.
massa cho'tkasini ko'tarib, zanjirdagi tok bo'yicha yakor chulg'ami yoki cho'tkatutqichning ,,massa“ga tutashuvi aniqlanadi. Sinash jarayonida nosozliklari aniqlangan generator qismlarga ajraladi va ta’mirlanadi.
Uyg'otish chulg’amidagi nosozliklar quyidagilardan iborat: uzilishlar; tarmoqlararo tutashuv va generator korpusiga tutashuv.
Ommetr yoki ampermetr va voltmetr yordamida o'lcha- nadigan, chulg'amlardagi qarshilik bo'yicha aniqlanadigan tarmoqlararo tutashuv sxemasi 4.34- rasmda keltirilgan.
Undan tashqari, tutashuvni — g'altak o'zgaruvchan magnit maydoniga joylashlirilganda uning qizishiga qarab ham aniqlash mumkin (4.35- rasm).
Chulg'am yoki chiqish klemmasi Sh ning izolatsiyasi shikastlanganda generator korpusiga uyg'otish chulg'ami tutashib qolishi mumkin. Bu nosozlikni voltmetrni kuchlanishi 220 V bo'lgan tarmoqqa ulab aniqlash mumkin. Nazorat shchuplari korpusga va chiqish klemmasi Sh ga ulanadi. G'altakdagi nosozliklar barcha g'altaklarni tutashtiruvchi simlar kavsharini buzib, ularning har birini kuchlanish ostida tekshirib, bartaraf etiladi.
Uyg'otish chulg'amidagi nosozliklarni ta'mirlash
Shikastlanish xarakteriga qarab, g'altaklar chulg'am simlarini kavsharlab, tashqi izolatsiyasini almashtirib, chulg'amni qaytadan o'rash yoki g'altaklarni almashtirish yo'li bilan ta’mirlanadi.
Izolatsiya qilingan cho'tkaning massaga ulanib qolishi 220 V kuchlanishda tekshiriladi. Shikastlangan izolatsion qistirmalar yangisiga almashtiriladi.
ChoMkalarning nosozligi quyidagilardan iborat: lagidan uchqun chiqishi ko'payishi natijasida cho'tkalar tez yeyiladi, yakor chulg'ami uziladi, cho'tkatuiqich prujinalarining bosimi pasayadi, cho'tkalar osilib qoladi, kollektor plastinalari orasidagi izolatsiya bo'rtib qoladi, kollektor mahalliy yeyiladi va moylanib qoladi.
Cho'tkalarning nosozliklarini ta'mirlash. Cho'tkatutqichdagi cho'tkalar almashtirilgandan va qotirilgandan so'ng, dastaki dinamometr yordamida prujinalarning cho'tkalarga bo'lgan bosimi tekshiriladi. Ko'pchilik generatorlarda bosim 8—12,5 N atrofida bo'lishi kerak. Agar prujina o'z elastikligini yo'qotgan bo'lsa, u yangisiga almashtiriladi.
Yakor chulg'amida uzilishlar; qisman va to'liq tarmoqlararo tutashuv va massaga ulanib qolish kabi nosozliklar uchraydi. 4.36- rasmda yakor chulg'amida uchraydigan nosozliklar keltirilgan. Yakor chulg'amlari ularga induksion apparat yordamida elektr
rasm. Yakor chulg'ami uchun xos bo'lgan nosozliklar:
Do'stlaringiz bilan baham: |