I — g'altak oxiri; 2 — g'altak boshi; Hu H7 va H3 — birinchi, ikkinchi va uchinchi fazalaming boshlanishi; Kf va K7 — birinchi, ikkinchi va uchinchi fazalaming oxiri.
MJI-92 loki shimdiriladi, so'ng 100 — 200 °C da 4 soat davomida quritiladi.
G‘altak izolatsiyasining namga, issiqlikka bardoshliligini va tarmoq- lariling o‘zaro qotirilishini ta’minlash maqsadida lok shimdiriladi.
Megometr yordamida izolatsiyaning qarshiligi o'lchanadi va statorning chulg'amlarida fazalararo qisqa tutashuv bor-yo‘qligi tekshiriladi.
Starter ariqchalariga soat mili yo'nalishi bo'yicha uch fazali chulg'am g'altaklari 4.27- rasmda ko'rsatilgandek yotqiziladi. G-2R5 generatori uchun o'n sakkizta g'altak yasaladi. Statorning har bir fazasi uzluksiz ulangan g'altakdan iborat. Har bir g'altak ikki qatlam qilib o'ralgan bcshta tarmoqdan tuzilgan: birinchi qatlamda uchta tarmoq, ikkinchi qatlamda ikkita tarmoq mavjud.
Rotorlarning nosozliklarini ta'mirlash
Rotorni ta'mirlashda uning uyg'otish chulg'ami almashtiriladi, tutashuv halqasi yo'niladi yoki almashtiriladi, zoldirli podship- nikning valdagi o'rnatish joylarining yeyilishi bartaraf etiladi.
G-250 tipidagi o'zgaruvchan tok generatorlarida rotor qutblari va vtulkalari valga presslab. G-285 generatorida shponka va gayka yordamida qotirib mahkamlanadi. Tutashish halqalarining yeyilishi ularga chang, loy va moy tushishi oqibatida sodir bo’ladi. Bu esa. o'z navbatida, cho'tkalarning tez va notekis yeyilishiga sabab bo’ladi.
W,, H2 va H} — birinchi, ikkinchi va uchinchi fazalarning boshlanishi;
Kt, K2 va А'я — birinchi, ikkinchi va uchinchi fazalarning oxiri.
Yeyilgan tutashish halqalari tokarlik dastgohida qora dog'lar ketgunga qadar yo‘niladi. Bunda halqa diametrining kichiklashuvi
mm dan ortiq ho'lmasligi lozim. Yo'nilgan yuzalarning tepishi rotor barcha turlari uchun OJ mm dan katta boMmasligi lozim. Tutashish halqasining yeyilishi 1 mm dan ortiq bo'lsa. ular yangisiga almashliriladi. Buning uchun uyg'otish chulg'ami uchlari kavshardan ajratiladi, halqa valdan press yordamida chiqarib olinadi. G-250 generatorida halqalar ketma-ket, G-285 generatorida ikkala halqa bir yo‘la chiqarib olinadi, chunki ular umumiy plastmassa asosga o'tqazilgan. Yangi halqalar valga moslama yordamida prcsslanadi, so'ng yo'niladi, oynali qumqog'oz bilan tozalanadi. Uyg'otish chulg'ami ning chiqib turgan uchlari halqaga Г10С-40 kavshari bilan kavsharlab mahkamlanadi.
Barcha xildagi generatorlarning uyg'otish chulg'amlari vtulkaning o'ziga o'raladi. Tutashuv plastinkasi va val o'rtasiga yog'och pona o'rnatiladi. Tutashuv plastinkasining bir uchi tutashuv halqasiga kavsharlanadi, ikkinchisi esa uyg'otish chulg'ami uchlarining biriga kavsharlanadi. Uyg'otish chulg'amining bo'sh qolgan uchi ikkinchi tutashuv halqasiga kavsharlanadi. Awal uyg'otish g'altagi 110 - 120 °C da 2 - 3 soat davomida quritiladi So'ng g'altak izolatsiyasining metall qismiga nisbatan qarshiligi o lchanadi.
Rotorga yig'ilgan holda 25 — 60 minut davomida MJ1-92 loki shim-diriladi, so'ng 8—16 soat davomida 120— 130 °C da quritish shkafida quritiladi.
4.28- rasm. Cho'tkatutqich holatini tutashuv halqalariga nisbatan aniqlash:
Rotor havo tcmperaturasigacha sovitiladi va uning izolatsiyasi qarshiligi 500 V kuchlanishli megometr bilan o'lchanadi. Unda qarshilik 50 Q, dan kichik bo'lmasligi lozim.
Qismga chang va qum tushishi oqi- batida cho'tka jadalycyiladi. Yeyilgan cho'tkalar yangisiga almashtiriladi. Ko'pchilik o'zgaruvchan tok genc- ratorlarida cho'tkatuiqich yopiq holda ishlanadi. Bu holda prujinaning cho't- kaga bo'lgan bosimi 4.28- rasmda kcltirilgan sxemadan topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |