1 — seksiyadagi birinchi uzilish; 2— sek- siyadagi ikkinchi uzilish; 3 — kollek- toming massaga ulanishi; 4 — seksiya rasm. Yakor chulg'amini induksion apparatda tekshirish sxemasi:
tarmoqlarining massaga ulanib qolishi; J—seksiya o'ramlarining qisman ulanib qolishi; 6—seksiya tarmoqlarining to'liq ulanib qolishi; 7—to'liq tutashuv. 1 — induksion apparat; 2— tekshirilayotgan yakor; 3— po'lat plastina; — galvanomctr.
yurituvchi kuch yuborish va uning qiymatini kollektor plastinalariga ulangan galvanomctrda o'lchash yo'li bilan tekshiriladi (4.37- rasm). Agar tekshirilayotgan seksiyada uzilish bo'lsa, galvanomctr strelkasi burilmaydi. Xuddi shunday holat chulg'amda to'liq tutashuv sodir bo'lganda ham kuzatiladi. Shikastlanish joyi ni aniqlash uchun yakor holatini o'zgartirmasdan, galvanomctr ko'rsatishi nolga teng bo'lganda, tekshirilayotgan chulg'am ariqchasining uzunligi bo'yicha po'lat plastinka qo'yib chiqiladi. Agar ariqchada tutashuv bo'lgan seksiya joylashgan bo'lsa. unda mahalliy o'zgaruvchan magnit maydonini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tok induksiyalanadi, u esa po'lat plastinani tebranishga majbur etadi. Seksiyaning qisman tutashuvi galvanomctrning ko'rsatishi bo'yicha va po'lat plastinaning tit rash i bo'yicha aniqlanadi. Yakordagi massaga tutashuv kuchlanishi 220 V bo'lgan o'zgaruvchan tok tarmog'iga ulangan nazorat lampasi yordamida aniqlanadi. Massaga ulangan joy galvanomeir shchuplarini yakor valiga va kollcktoiga bosib aniqlanadi. Yakor burilganda galvanomctrning induksion apparatning ulangan joyida ko'rsatishi massaga ulangan joyda nolga tcng bo'ladi. So'ng massaga tutashgan joy bo'shatiladi. Undan keyin seksiya qismlarining galvanometr ko'rsatishi nolga teng bo'lgan qismlari kavshardan bo'shatiladi. U nazorat lampasi vositasida tekshirilib, kollektor yoki chulg'amda tutashuv mavjudligi aniqlanadi. Yakor chulg‘amidagi nosozliklarni ta'mirlash
Chulg'am va kollektor yakorining tashqi shikastlanishi kavsharlab va kollektor plastinalarini tozalab bartaraf etiladi. Yakor chulg'amining ichki shikastlanishi uni qaytadan o'rab bartaraf etiladi. Kollektordagi nosozliklar ish yuzasining elektr eroziyadan notekis yeyilishi, kollektor plastinalari va kollektor vtulkasi hamda plastinalari orasidagi izolatsiyaning shikastlanishi natijasida sodir bo'ladi. Kollektoming notekis yeyilgan ish yuzasi tokarlik dastgohida yo'niladi, shishali yupqa jilvir qog'oz bilan tozalanadi va izolatsiya chuqurlashtiriladi. Kollektor diametrini 4 mm gacha kichiklashti- rishga ruxsat etiladi. Kollektor izolatsiyasi buzilganda presslab chiqarib olinadi, qaytadan yig'iladi va yangisiga almashtiriladi. Ta'mirlashdan so‘ng generatorni sinash va chiniqtirish. Ta’mirlashdan so'ng yig'ilgan generator elektr motor rejimida sinaladi va xo'rdalanadi. Uning asosiy elektr ko'rsatkichlarini aniqlash uchun Ya va Sh klemmalari ulanadi, yuklama rcostati esa massaga ulanadi va ampcrmetr orqali tutashtirilgan klcmmalarga ulanadi. Voltmetr esa reostatga parallel ulanadi. So'ng generator yakor valining nominal aylanishlar chastotasida kuchlanish va yuklamaning maksimal toki aniqlanadi. Oxirida generator rele- rostlagich va akkumulatorlar batareyasi bilan birgalikda sinaladi. Rele-rostlagichni ta'mirlash
Nasos rele-rostlagichi qismlarga ajratiladi, nuqsonlari bo'yicha saralanadi, ta’mirlanadi, yig'iladi, rostlanadi va sinaladi. Rele- rostlagichni ng asosiy nosozliklariga kontaktlarning jadal uch- qunlanishi, kontaktlarning oksidlanishi, asosiy chulg'amlarda uzilish borligi, rostlanishning buzilishi, tenglashtiruvchi chul- g'amda va tenglashtiruvchi qarshiliklarda uzilishlar borligi, rele- rostlagichni massaga, massani generator simiga qotirilishining buzilishi kiradi. Kontaktlarning oksidlanishi generator kuchlanishining pasayi- shiga olib keladi, asosiy chulg'amlarning uzilishi esa yakor aylanishlar chastotasining ortishiga yoki generator va akkumulatorlar batareyasi elektr zanjiri ning tutashmasligiga olib keladi. Rele-rostlagich rostlanishining buzilishi generatorning kuchlanishi va teskari tokning pasayishiga olib keladi. Tenglashtiruvchi chulg'am va tenglashtiruvchi qarshilik uzilganda generator uyg'onmaydi, tezlashtiruvchi chulg'am uzilganda, generatordagi kuchlanish kerakli qiymatgacha ko'tarilmaydi. Aytib o'tilgan nuqsonlar bilan uzoq muddat ishlasa, generator va rele-rostlagich ishdan chiqishi mumkin. Kuchlanishni rostlovchi chulg'amlaming nosozliklari sinash paytida aniqlanadi. Unda quyidagi nuqsonlar uchrashi mumkin: shunt chulg'amida tutashuv; shunt chulg'amida uzilish; tez- lashtiruvchi chulg'amda uzilish yoki tezlashtiruvchi chulg'amda tarmoqlararo tutashuvning sodir bo'lishi. Teskari tok relesining nosozliklari ham sinash paytida aniqlanadi. Ток cheklagichning nuqsonlari uni tekshirish jarayonida aniqlanadi. Agar chulg'amda zaryad toki bo'lmasa, tokni chegaralash relesida uzilish borligini ko'rsatadi. Kuchlanishni rostlagich g'altagidagi nosozliklar quyidagilardan iborat: g'altakdagi uzilish; tarmoqlararo tutashuv; chulg'amning shikastlanishi va kuyishi; rezbaning uzilishi va h. k. Tokni cheklovchi chulg'amdagi va teskari tok rclesidagi nuqsonlar nazorat qilish, chulg'am qarshiligini o'lchash, elektr mustahkamligini tekshirish paytida aniqlanadi. Agar kuchlanishni rostlash g'altagi chulg'amini almashtirish ehtiyoji tug'ilsa, tokni cheklovchi yoki teskari tok relesi qismlarga ajratiladi. Rele-rostlagichni nazorat stendida tekshirish Rele-rostlagichning asosiy nuqsonlarini aniqlash uchun uni nazorat-sinash stendida tegishli generator bilan birga sinaladi. Rele- rostlagichni sinashdan awal yakor va o'zak orasidagi hamda kontaktlar orasidagi tirqish 4.38- rasmdagi sxema bo'vicha tekshiriladi va rostlanadi.
rasm. Rele-rostlagichni tekshirish va sinash sxemasi: