Ajratkich-taqsimlagichlarni ta’mirlash
Ajratkich-taqsimlagich detallarining asosiy nuqsonlari ish aralashmalariningyonishida uzilishlar bo'lishi, ayrim hollarda svecha clekirodlarida uchqun razryadining bo'lmay qolishi hisoblanadi.
Ajratkich-taqsimlagichning o'ziga xos nuqsonlari quyidagilardan iborat: ajratkich kontaktlarida uchqunlanishning ko'payishi; kontaktlar orasidagi tirqishning kattalashuvi yoki kichiklashuvi; markazdan qochma ajratkich va vakuum rostlagich richagi prujinasining kuchsizlanishi va sinishi; kulachok bo'rtmasining yeyilishi; valik vtulkasining yeyilishi; vakuum rostlagichi germe- tikligining buzilishi; rotor va taqsimlash qopqog'ining ifloslanishi; ularda darzlarning paydo bo'lishi.
Kondensatorning yomon qotirilishi yoki uning nosozligi, kontaktlaming moylanib qolishi, kontaktlardagi tirqishning kichiklashuvi, generator tarmoqlarining tutashib qolishi oqibatida kontaktlarda uchqun paydo bo'lishi mumkin. Bu nuqson kontaktlaming tezda oksidlanib qolishiga, ularning elektrocrozion ycyilishiga va oraliq qarshilikning ortib ketishiga olib kcladi.
188
Richag yostiqchasi yeyilganda yoki noto'g'ri rostlanganda kontaktlar orasidagi tirqish qisqaradi, bundan tashqari, ularning noto'g'ri rostlanishi natijasida tutashuv paytida ajratkich valigining katta aylanishlar chastotasida kontaktlarning tebranishi ortib ketadi.
Vakuum rostiagich ning gerrnetikligi diafragma yoki shtutser tagidagi qistirmaning shikastlanishi oqibatida va qopqoq darz kctgan hollarda sodir bo'ladi.
Nosozliklarni bartaraf etish. Ajratkich-taqsimlagichdagi ko'pchilik nuqsonlar uni maxsus stendda sinalganda aniqlanadi. Kontaktlarning oraliq qarshiliklari kontaktlardagi kuchlanishning pasayishiga qarab tekshiriladi. Tekshirish natijalari esa ularning holatini xarakterlaydi.
Kontakt yopiq bo'lganda millivoltmetr bo'yicha kuchlanishning pasayishi aniqlanadi, lining qiymati 0,1 V dan katta bo'lmasligi lozim. Kontaktlar oynali qumqog'oz bilan yoki yupqa yalpoq nadfil bilan aniqlanadi. Volfram kontaktlarning yeyilishi sezilarli bo'lgan hollarda ular almashtiriladi. Yangi kontaktlar esa kumush kavshar ПСр-70 bilan kavsharlanadi.
KI-968 stendida ajratkich kontaktlarning tutashuv holatidagi burchagi, ular ishlayotgan paytidagi tokning o'rtacha qiymati bo'yicha aniqlanadi. Ajratkich kontaktlarining tutashuv holatida bo'lish vaqti 7+ 0,1° gacha ruxsat etiladi.
Tirqish rostlangandan so'ng dinamometr orqali ajratkich richagi prujinasi kontaktlari ajralishining boshlanish paytidagi tarangligi aniqlanadi. Kuchsizlangan richag prujinasi almashtiriladi.
Taqsimlagich davriylikka va o'z vaqtida to'xtovsiz uchqun hosil qilishga sinalganda kulachok, yuritma valigi va vtulkalarning yeyilish darajasi aniqlanadi. Buning uchun taqsimlagich katta kuchlanishi) disk klemmasiga ulanadi va taqsimlagich valining 200—250 ayl/ min aylanishlar chastotasida uchqunlanishning to'g'ri sodir bo'lishi kuzatiladi. Agar sinov natijalari qoniqarsiz bo'lsa, dastlab hara-katlantiruvchi valikning ko'ndalang siljishi tekshiriladi. Agar ko'ndalang yo'nalishda siljimasa, yeyilgan kulachok va mis-grafltdan yasalgan vtulkalar yangisiga almashtiriladi.
Taqsimlagichning markazdan qochma rostlagichi o't oldirishni ilgarilatuvchi burchak qiymati bo'yicha tekshiriladi. O't oldirishni ilgarilovchi burchak gradatsiyalangan diskda, valning ma'lum aylanishlar chastotasida uchqun hosil bo'lishning siljishi bo'yicha aniqlanadi. Agar uning ko'rsatkichlari me'yordan chctga chiqqan bo'lsa, prujina osmasining stoykasini bukib-rostiagich rostlanadi. Stoykani aylanish o'qi tomon bukib o't oldirishni ilgarilovchi burchak kichiklashadi, teskari tomonga bukilganda esa bu burchak kattalashadi. Agar bunday rostlash bilan zarur bo'lgan o't oldirishni ilgarilovchi burchakni hosil qilib bo'lmasa, prujina yangisiga almashtiriladi. Prujinani almashtirishda shunga ahamiyat berish kerak, ulardan birining elastikligi yuqori. Bu prujina cho'zmasdan qotiriladi. Elastikligi pastroq bo'lgan prujinani tortibroq qotirish lozim. Turli elastiklikka ega bo'lgan prujinalarning qoilanilishi, o't oldirishni ilgarilovchi burchakni motorning tezlik rejimida o'zga- rishiga qarab o'zgartirish imkonini beradi.
Vakuum-rostlagichning ishlashini tekshirishdan awal u gcr- mctiklikka sinaladi.
Tizimning gerrnetikligi vakuum-nasos tomonidan hosil qili- nadigan vakuumning pasayishi bo'yicha tekshiriladi. Uning gerrnetikligi diafragmani yoki shtutser ostidagi qistirmani almashtirish yo'li bilan tiklanadi.
Vakuum-rostlagich yuritma valining ma’lum aylanishlar chastotasida va vakuum-nasos hosil qiladigan vakuumda tekshiriladi. Gradatsiya diskidagi uchqun hosil bo'lishining siljishi bo'yicha vakuum-rostlagichning to'g'ri rostlanganligi aniqlanadi.
O't oldirishni ilgarilovchi burchak vakuum-rostlagichni qotirish vinti oval kesiklarida siljitish va prujinaning tarangligini, uning chetidagi shaybalar sonini o'zgartirib rostlanadi. Undan so'ng taqsimlagich maksimal aylanishlar chastotasida va vakuum- rostlagich hosil qilgan to'liq o't oldirishni ilgarilovchi burchakda va vakuumsiz uchqun hosil qilishning uzluksizligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |