Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘G‘risida


-§. Talabnoma materiallarini rasmiylashtirish



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/33
Sana11.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#443577
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
1329 22.03.2004hghfhfhfhf

5-§. Talabnoma materiallarini rasmiylashtirish 
91. Hamma hujjatlar, zarur bo‘lgan hollarda ularni bevosita reproduksiya qilinib, 
cheklanmagan miqdorda nusxa ko‘chirish imkoniyati bo‘lgan tarzda rasmiylashtiriladi. 
Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel 
joylashtirilgan holda foydalaniladi. 
92. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qog‘ozda bajariladi. 
Talabnoma hujjatlarini MO‘T da ham berish mumkin. 
93. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210x297 mm 
formatga ega bo‘ladi. Tavsif, formula, chizma va referatlarni o‘z ichiga olgan varaqning hoshiyasi 
quyidagicha bajariladi, mm: 
yuqorigi — 20; 
o‘ngdagi — 20; 
pastki — 20; 
chapdagi — 25. 
Chizmalar chizilgan varaqlardagi foydalaniladigan sathning o‘lchami 170 — 262 mm dan 
oshmasligi lozim, hoshiyalarning o‘lchami quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak, (mm):
yuqorigi — 25; 
chapdagi — 25; 
o‘ngdagi — 15;
pastki — 10. 
Bu varaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yaroqli sath atrofida ramka chizilmasligi 
lozim. 
Tasvirlar formati talabnoma hujjatlari varaqlarining belgilangan o‘lchamlaridan oshmagan 
holda tanlab olinadi. Kichik formatdagi tasvirlar (fotosuratlar) varaq formati va sifatiga qo‘yilgan 
talablarga rioya qilgan holda qog‘oz varaqlariga yopishtirilgan holda taqdim etiladi. 
94. Talabnoma har bir hujjatining varaqlari va nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi 
ro‘yxati bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan birdan boshlanadigan varaqlar raqamiga ega. Varaqlarning 
raqamlari ikkinchi varaqdan boshlab arab raqamlari bilan qo‘yiladi.


95. Hujjatlar qora rangli shriftda bosma harflar bilan mashinkada yoziladi. Tavsif, formula, 
referat matni 1,5 intervalda yoziladi, bosh harf kattaligi 2,1 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Grafik belgilar, lotincha nomlar, lotin va yunoncha harflar, matematik va kimyoviy 
formulalar va belgilar qora siyoh, tush bilan yozilishi mumkin. Formulani bosma harfda va qo‘lda 
aralash yozish mumkin emas.
MO‘Tda taqdim qilinadigan materiallarga bo‘lgan talablar Agentlik tomonidan belgilanadi. 
96. Ixtiro tavsifi formulasida va referatda kimyoviy formulalardan foydalanish mumkin. 
Kimyoviy birikmalarning tuzilish formulalari odatda alohida figura sifatida (grafik 
materiallar kabi) nomerlanib, izohli belgilarni ko‘rsatib, alohida varaqda beriladi. 
Kimyoviy tuzilish formulalarini yozishda umumiy qo‘llanadigan belgilar ishlatiladi
elementlar va radikallar o‘rtasidagi bog‘lanish aniq ko‘rsatiladi. 
Bosma shaklda taqdim etilayotgan nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi 
ro‘yxati BIMT ST.25 standartiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
97. Ixtironing tavsifida, formulasida va referatida matematik ifodalar (formulalar) va belgilar 
ishlatilishi mumkin. 
Matematik formulalardagi mavjud hamma harfiy belgilar deshifrovka qilinadi. Formulalarga 
beriladigan tushuntirishlarni ustun shaklida yozish lozim hamda har bir qatordan so‘ng nuqta vergul 
qo‘yish lozim. Bunda harfiy ifodalarning deshifrovkasi, formulada qo‘llanilgan tartib bo‘yicha 
beriladi. 
Quyidagi >,
Miqdorlar orasidagi intervallarni “...dan” va “...gacha” so‘zlari bilan belgilash lozim. 
Miqdorlarni foizlar bilan ifodalashda, foiz (%) belgisi sondan so‘ng qo‘yiladi. Agap 
miqdorlar bir nechta bo‘lsa, u holda foiz belgisi, ularni sanab o‘tishdan oldin qo‘yilib, ikki nuqta bilan 
ajratiladi. 
Matematik formulalarda ko‘chirish, faqat belgi bo‘yicha amalga oshiriladi. 
98. Grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar va h.k.) chizmachilik asboblari 
yordamida o‘chirilmaydigan, qora, aniq chiziqlar va shtrixlar bilan tushlanmasdan va bo‘yalmasdan 
bajariladi. 
99. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi reproduksiya qilish paytida o‘lchamlar 2/3 gacha 
chiziqli kichraytirilganda, hamma detallarni farqlab aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda tanlanadi. 
100. Raqamlar va harflar qavslar yoki qo‘shtirnoqlar ichiga olinmaydi. Raqamlar va 
harflarning balandligi 3,2 mm dan kam bo‘lmagan holda tanlanadi. Raqamli va harfli belgilar aniq 
qilib bajariladi, ularning chiziqlari qalinligi tasvir chiziqlarining qalinligiga mos bo‘lishi lozim.
101. Har bir grafik tasvirning turidan qat’iy nazar arab raqamlari bilan figura sifatida (fig. 1, 
fig. 2 va boshqalar), ularning tavsif matnida eslatib o‘tilishi navbatiga muvofiq yagona raqamlash 
tartibida raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan tavsiflansa, bunda u raqamlanmaydi. 
102. Chizmaning bir varag‘ida bir necha figuralar joylashtirilishi mumkin, bunday hollarda 
ular bir-birlaridan aniq chegaralab qo‘yiladi. Agar ikki va undan ortiq varaqlarda joylashgan figuralar 
bitta figuraning bo‘laklarini tashkil etsalar, har xil varaqlarda tasvirlangan figuralardan birortasi 
tushirib qoldirilmay kompanovka qilinishi mumkin bo‘lgan holda joylashtiriladi.
Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal holda to‘ldirilgan va varaqning 
uzun tomoni vertikal holatda joylashtirilganda, chizmalarni o‘qish mumkin bo‘lgan holda 
joylashtirilishi lozim. 
103. Chizmalar texnikaga oid chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi. 
104. Chizmada to‘g‘ri burchakli (ortogonal) proeksiyalardan (turli ko‘rinishlarda, 
kesmalarda va kesimlarda) foydalanish afzalroq hisoblanadi; shuningdek, aksonometrik 
proeksiyalardan ham foydalanish mumkin. 
105. Kesimlar izohli belgilar asosiy chiziqlarni bemalol o‘qishga to‘sqinlik qilmaydigan 
tarzda qiya shtrixli chiziq bilan bajariladi. 
106. Chizmadagi har bir element hamma boshqa elementlarga nisbatan proporsional holda 
bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarning bir-biridan farqlanishining zarur 
bo‘lgan hollari bundan mustasno.


107. Chizmalar hech bir qandaydir yozuvlarsiz bajariladi, “suv”, “bug‘”, “ochiq”, “yopiq”, 
“A-A” (kesimni ko‘rsatish uchun) va h.k. kabi zarur so‘zlar bundan mustasno. 
108. Chizmalarda o‘lchamlar ko‘rsatilmaydi, zarur bo‘lgan hollarda ular tavsifda keltiriladi. 
109. Chizmalarda tasvirlangan elementlar ixtironing tavsifiga muvofiq holda arab raqamlari 
bilan belgilanadi. 
Bir necha figuralarda keltirilgan bir xil elementlar, bir xil raqamlar bilan belgilanadi. Turli 
figuralarda keltirilgan turli elementlarni bir xil raqamlar bilan belgilash mumkin emas. Tavsifda 
ko‘rsatilmagan belgilar chizmaga qo‘yilmaydi. 
110. Agar grafik tasvir sxema shaklida keltirilsa, u holda uni bajarishda standartlashtirilgan 
shartli grafik belgilar qo‘llaniladi. 
Bir turdagi sxemada boshqa turdagi sxemaning alohida elementlarini (masalan, elektr 
sxemada — kinematika va gidravlika sxemalarining elementlarini) tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. 
Agar sxema to‘g‘ri burchaklar ko‘rinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida 
taqdim etilgan bo‘lsa, u holda bevosita to‘g‘ri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi 
yozib qo‘yiladi. Agar elementning grafik tasviri o‘lchamlari buni qilishga yo‘l qo‘ymasa, u holda 
element nomini tashqariga chiqariladigan liniyada (zarur bo‘lganda sxema maydoniga joylashtirilgan 
rasm ostiga yoziladigan yozuv ko‘rinishida) ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yiladi. 
111. Rasmlar ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati bilan aniq bajarilishi kerak. 
112. Chizmalar, sxemalar, rasmlar ixtiro tavsifi va formulasida keltirilmaydi. 
113. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular bo‘yicha axborot manbai topish 
mumkin bo‘lgan holda ko‘rsatiladi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish