Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘G‘risida



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/33
Sana11.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#443577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1329 22.03.2004hghfhfhfhf

2-§. Talabnoma tarkibi 
5. Qonunning 15-moddasi 
ikkinchi qismiga 
muvofiq talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z 
ichiga olishi kerak: 
a) ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs (bundan buyon 
matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, 
patent berilishi so‘ralgan ariza (1-ilova); 
b) ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi; 
v) ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;
g) ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar; 
d) referat. 
6. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj 
to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi. 
7. Patent vakili yoki boshqa ishonchli vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi 
tomonidan berilgan ishonchnoma yoxud uning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova 
qilinadi. 
8. Konvension ustuvorlik so‘rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvension 
talabnoma deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij 
konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda 
birinchi talabnoma deb yuritiladi) tasdiqlangan nusxasi va shu talabnomaning o‘zbek yoki rus tiliga 
tarjimasi ilova qilinadi va ular konvension talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan uch oydan 
kechiktirmay berilishi lozim.
Birinchi talabnoma berilgan sanadan o‘n ikki oy o‘tgandan keyin, lekin o‘n ikki oylik 
muddatdan ikki oydan kechiktirmay berilgan talabnoma bo‘yicha konvension ustuvorlik so‘ralganda, 
talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
konvension ustuvorlikni so‘rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent 
boji to‘langanligi to‘g‘risida hujjat; 


belgilangan o‘n ikki oylik muddatdan kechikib talabnoma berishning talabnoma beruvchiga 
bog‘liq bo‘lmagan sabablarini ko‘rsatuvchi hujjat ilova qilinadi va bu sabablar Agentlikka ma’lum 
emas deb hisoblansa, ularni tasdiqlovchi dalillar keltiriladi. 
9. Konvension ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimos talabnoma berilgan (arizaning 
tegishli grafasida ko‘rsatiladi) yoki talabnoma Agentlikka kelib tushish sanasidan boshlab ikki oy 
ichida berilishi mumkin. 
10. Yangi mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvonlar hujayralari liniyalariga, ularni 
olish yoki ulardan foydalanishga oid talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega bo‘lgan 
kolleksiya-depozitariyda deponentlanganligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinadi. 
11. Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxatini ichiga olgan talabnomaga 
aynan ushbu ro‘yxatning nusxasi yozilgan va BIMTning ST.25 standarti talablarini qanoatlantiruvchi 
axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchi (disketa) (bundan buyon matnda MO‘T deb 
yuritiladi) hamda talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan 
shakldagi taqdim etilayotgan axborot bosma ravishda taqdim etilayotgan ro‘yxat bilan bir xil ekanligi 
haqidagi ariza ilova qilinadi.
12. Ushbu Qoidalarning 
5-bandida 
ko‘rsatilgan, o‘zbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma 
hujjatlari uch nusxada taqdim etiladi: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchi nusxasi sifatida esa axborotni 
mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchida elektron ko‘rinishdagi nusxasi taqdim etilishi 
mumkin.
Agar aynan ushbu talabnoma hujjatlari boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa bir nusxada, ularning 
o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchi nusxasi esa elektron 
ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.
Talabnoma hujjatlari yoki qo‘shimcha materiallarning qog‘ozdagi va axborotni mashinada 
o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi mazmuni aynan bir xil bo‘lishi kerak. Qog‘ozdagi va axborotni 
mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi materiallarning aynan bir xil bo‘lishiga talabnoma 
beruvchi javobgardir. 
Qolgan hujjatlar va agar hujjatlar boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa ularning o‘zbek yoki rus 
tilidagi tarjimalari bir nusxada taqdim etiladi. 
13. Patent berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qoidalarga 
1-ilovada 
keltirilgan shaklda o‘zbek 
yoki rus tillarida beriladi. Agar biron-bir ma’lumotlarni tegishli grafalarda to‘liqligicha joylashtirish 
mumkin bo‘lmasa, u holda ular tegishli grafada “davomini qo‘shimcha varaqda qarang” yozuvi 
ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha varaqda aynan shunday shaklda keltiriladi. 
Xorijiy nomlar va korxona nomlari o‘zbek va rus tili transliteratsiyasida ko‘rsatiladi. 
Talabnoma beruvchining nomi, ixtiro nomi o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.
Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari o‘zbek, rus yoki boshqa tillarda 
taqdim etiladi. 
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa, u holda talabnomaga ularning 
o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi, ular talabnoma Agentlikka topshirilgan sanadan 
boshlab ikki oy ichida taqdim etilishi mumkin. 
14. Arizaning (21), (22), (85) kodli grafalari, Agentlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni 
kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi. 
15. “Yozishmalar uchun manzil” grafasida pochta orqali tezda etkazib berishning odatdagi 
talablarini qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi-sharifi yoki nomi, va 
telefon, teleks, faks raqamlari, e-mail (agar ular bo‘lsa) keltiriladi.
Yozishmalar uchun manzil sifatida O‘zbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma 
beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) — jismoniy shaxsning turar joyi manzili, yoki O‘zbekiston 
Respublikasidagi talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili, yoki Agentlikda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakilining manzili, yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa 
bir manzil ko‘rsatilishi mumkin. 
Arizada yozishmalar uchun manzil ko‘rsatilmaganda ushbu manzil sifatida agar tayinlangan 
bo‘lsa, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili hisoblanadi, aks holda — 
O‘zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega bo‘lsa, arizaning talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi 


ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha 
bo‘lsa, ularning birinchisini) manzili hisoblanadi. 
15
1
. (86) va (87)-kodlar ostidagi grafalar Patent kooperatsiyasi haqidagi shartnomaga (RST) 
muvofiq topshirilgan ixtiro uchun xalqaro talabnoma O‘zbekiston Respublikasida milliy fazaga 
o‘tkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldiriladi. 
(86)-kod ostidagi grafada ixtiroga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan 
belgilanadigan ro‘yxatdan o‘tish raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi. 
(87)-kod ostidagi grafada ixtiroga xalqaro talabnomani xalqaro e’lon qilish raqami va sanasi 
keltiriladi. 
16. (54) “Ixtironing nomi” kodi ostidagi grafada talabnoma berilgan ixtiro (ixtirolar 
guruhi)ning nomi keltiriladi, bu nom ixtironing tavsifidagi nomga mos bo‘lishi kerak. 
17. (71) “Talabnoma beruvchi” kodi ostida berilgan grafada talabnoma beruvchi(lar) 
haqidagi ma’lumotlar: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiyasi ismidan 
oldin ko‘rsatiladi, yoki yuridik shaxsning to‘liq rasmiy nomi (ta’sis hujjatlariga muvofiq) va 
shuningdek, yashash joyi yoki joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mamlakatning rasmiy 
nomi va to‘liq pochta manzili va mamlakatning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning 
ST.3 standarti bo‘yicha kodi ko‘rsatiladi (agar belgilangan bo‘lsa) keltiriladi.
Agar patent, dastlabki patent bir necha shaxs nomiga so‘ralayotgan bo‘lsa, yuqorida 
keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida beriladi. 
Ixtiro mualliflari bo‘lgan talabnoma beruvchilarning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ushbu grafada keltirilmaydi, balki (72) “Muallif(lar)” kodi ostidagi grafada bayon qilinadi. 
Ushbu grafada tegishli katakchada “X” belgisi qo‘yilgan holda talabnoma beruvchi ixtiro 
muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquq vorisi 
ekanligi yoki yo‘qligi belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining nomiga patent so‘ralayotgan korxona, tashkilotlari uchun 
KTUT kodi ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun 
nomiga patent so‘ralganda BIMTning ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar belgilangan 
bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
18. Ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimosni o‘z ichiga olgan grafa faqat sanasi 
talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik so‘ralayotgan bo‘lsagina 
to‘ldiriladi. 
Bu holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qo‘yib chiqish bilan ustuvorlik so‘rash uchun 
asoslar belgilanadi va quyidagilar: ancha ilgariroq berilgan talabnomaning raqami, uning asosida yoki 
unga qo‘shimcha materiallar asosida ustuvorlik so‘raladi va so‘ralayotgan ustuvorlik sanasi (ancha 
ilgariroq berilgan talabnoma yoki u bo‘yicha qo‘shimcha materiallar kelib tushgan sana) ko‘rsatiladi.
Konvensiya ustuvorligi so‘ralayotganda, (33)-kod ostida BIMT ST.3 standarti bo‘yicha 
birinchi talabnoma berilgan mamlakat kodi ko‘rsatiladi. 
19. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent vakili 
tayinlangan holda to‘ldiriladigan (74) “Patent vakili” kodi ostidagi grafada u haqidagi ma’lumotlar: 
familiyasi, ismi (otasining ismi), Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami, O‘zbekiston 
Respublikasidagi yashash manzili, telefon, faks raqamlari, e-mail (agar bo‘lsa) keltiriladi.
20. “Ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati” grafasi tegishli katakchada “X” belgisi 
qo‘yilgan va ilova qilinadigan hujjatlar nusxalarining va har bir nusxasidagi varaqlarning soni 
ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi.
Ixtiro tavsifida “Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati” bo‘limi 
mavjud bo‘lganida, tegishli grafalarda varaqlarning umumiy miqdori ko‘rsatiladi. 
Ariza shakli (“boshqa hujjatlar”)da nazarda tutilmagan taqdim etiladigan hujjatlar uchun 
ularning aniq maqsadi ko‘rsatiladi.
Talabnomada nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati va ushbu Qoidalarning 
11-bandida
 ko‘zda tutilgan arizaning nusxasi yozilgan MO‘T (disketalar) mavjud bo‘lganida “boshqa 
hujjat” grafasida “Disketa” deb ko‘rsatiladi. 


21. (72) “Muallif” va “To‘liq yashash manzili” kodi ostidagi grafalarda ixtiro muallifi 
(mualliflari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakatning nomi va 
uning BIMT ST.3 standarti bo‘yicha kodini ichiga olgan to‘liq turar joy pochta manzili keltiriladi. 
22. “Muallif” va “To‘liq yashash manzili” grafalarining bevosita ostida joylashgan grafa 
muallif (mualliflar) patent berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganida o‘zini (o‘zlarini) 
ushbu sifatda ko‘rsatilmasligi so‘ralgan hollarda to‘ldiriladi. Ushbu holda ma’lumotlar e’lon 
qilinganda nomlari ko‘rsatilmasligini istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va 
ularning imzosi keltiriladi.
23. Arizaning “Imzo” grafasi hamma hollarda imzolangan sanasi ko‘rsatilgan holda 
to‘ldirilishi shart.
Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza korxona, 
tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan 
holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Talabnoma patent vakili yoki ishonch bildirilgan shaxs orqali berilganda talabnoma beruvchi 
yoki patent vakili yoxud ishonch bildirilgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Imzolar yoniga imzo chekuvchilarning ismi, familiyasi ko‘rsatiladi. 
Imzo chekish talab qilingan biror ma’lumotlar qo‘shimcha varaqda keltirilsa, xuddi shu 
tartibda imzolanadi. 
Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining yoxud ishonch bildirilgan shaxsning imzosi 
har bir qo‘shimcha varaqda bo‘lishi shart.
24. Ixtiro tavsifi ixtironi amalga oshirish uchun yetarli ravishda to‘liq ochib berishi kerak. 
25. Tavsif ixtiro nomini keltirish bilan boshlanadi (talabnoma berilayotgan ixtiro tegishli 
bo‘lgan Xalqaro patent klassifikatsiyasining amaldagi tahriri rubrikasi belgilangan holda, ushbu 
rubrikaning indeksi ixtiro nomi oldida keltiriladi) va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 
ixtiro oid bo‘lgan texnika sohasi; 
texnika darajasi; 
ixtiro mohiyati; 
chizmalar va boshqa materiallar ro‘yxatining (agar ular bo‘lsa) qisqacha tavsifi; 
ixtironing amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar; 
nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati (agar bunday ketma-ketlikdan 
ixtironi tavsiflash uchun foydalanilgan bo‘lsa). 
Tavsif bo‘limi o‘rniga manbaalarda (adabiyotlar, avval topshirilgan talabnomadagi ixtiro 
tavsifi, muhofaza hujjatidagi ixtiro tavsifi va boshqalarda) keltirilgan ma’lumotlarga izoh ko‘rsatish 
mumkin emas. 
26. Ixtiro nomi aniq, qisqa bo‘lib, ixtiro mohiyatiga mos kelishi, ixtiro tegishli bo‘lgan 
obyektning umumiy tushunchasini aniqlashi va obektning vazifasini xarakterlashi (uning bajaradigan 
funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini ko‘rsatishi) kerak. 
Ixtiro nomi XPKning biror rubrikasiga mos kelishi kerak. Ixtiro mohiyatiga mos rubrikani 
aniqlash mumkin bo‘lmasa, ixtironing nomi umumiy qabul qilingan tarmoq, umumiy texnika 
atamalariga muvofiq ko‘rsatiladi. 
Agar ixtiro har xil sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, nomi buni ifodalasa, ixtiro nomida 
“afzal”, “ayniqsa” so‘zlarini ishlatib, ixtiro qaysi sohalardan birida ayniqsa ko‘p qo‘llanishini 
aniqlashga ruxsat etiladi.
Ixtiro nomida qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarning faqat bittasini ta’kidlovchi “masalan” 
va “xususan” degan iboralar qo‘llanilmaydi. 
Ixtiro nomi atamaga xos yoki tavsifiy bo‘lishi mumkin. 
Atamaga xos nom, texnikaning shu soha bo‘yicha mutaxassisiga ma’lum bo‘lgan 
obyektning muhim alomatlari majmuini ular sanab o‘tilganligi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar 
xarakterlaydi. 
Tavsifiy nom obyektning vazifasi va u tomondan texnikaning bir yoki turli xil sohalarida 
bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur beradi, ammo talabnoma berilgan ixtironi tavsiflovchi muhim 
alomatlarning zarur bo‘lgan majmuasi to‘g‘risida aniq fikr yuritish imkoniyatini bermaydi. 


Ixtiro nomi birlikda ifodalanadi. Birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy struktura 
formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid ixtirolarning nomlari bundan mustasno. 
Individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura 
bo‘yicha nomi kiritiladi; shuningdek uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir ko‘rsatma ham, 
biologik faol birikmalar uchun esa biologik faollik turi keltiriladi. 
Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekulyar birikmalarni olish usullariga oid ixtiro nomiga 
birikmaning nomi va zarur bo‘lsa uning vazifasi to‘g‘risida ko‘rsatma kiritiladi.
Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid ixtiro nomiga vazifasi 
to‘g‘risida ko‘rsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini ko‘rsatuvchi 
tushunchalar kiritiladi. 
Mikroorganizm shtammi yoki o‘simlik yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga oid ixtirolar 
nomiga biologik obyektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, muallif (mualliflar) ning 
familiyasi (familiyalari) va shtamm turi va vazifasi ko‘rsatilgan holda kiritiladi.
Genetik konstruksiyaga taalluqli ixtiro nomiga uning vazifasi ko‘rsatilgan holda nomlanishi 
kiritiladi. 
Avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishiga 
oid bo‘lgan ixtiro nomi tegishli obyekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan 
ma’lum bo‘lgan obyektning yangi vazifasini xarakterlaydi. 
Biri ikkinchisini olish, amalga oshirish yoki foydalanish uchun mo‘ljallangan obyektlarga 
oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing to‘liq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini o‘z 
ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun mo‘ljallangan obyektlarga oid ixtirolar guruhining 
nomi, guruhga kirgan ixtirolarning to‘liq nomini o‘z ichiga oladi. Variantlarga oid ixtirolar 
guruhining nomi bitta ixtironing nomidan iborat bo‘lib, “variantlar” degan so‘z bilan to‘ldiriladi.
Ixtiro nomi zarur bo‘lganda lotin alifbosi belgilarini va arab raqamlarini o‘z ichiga oladi.
Ixtiro nomidan boshqa alifbolarning belgilaridan, maxsus belgilardan foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Ixtiro nomida shaxsiy nomlar, familiyaga oid nomlar, abbreviaturalar, reklama, firma 
nomlari, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari i geografik 
nomlar, “va boshqalar” so‘zlari va ixtironi aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan xuddi shunday 
so‘zlardan foydalanilmasligi kerak. 
27. Tavsifning “Ixtiro mansub bo‘lgan texnika sohasi” bo‘limida ixtiro qo‘llaniladigan soha 
ko‘rsatiladi. Bunday sohalar bir necha bo‘lsa, ular orasida qaysi birida ko‘proq qo‘llanilishi 
ko‘rsatiladi. 
28. Tavsifning “Texnika darajasi” bo‘limida talabnoma beruvchiga ma’lum bo‘lgan ixtiro 
analoglari keltiriladi va ular orasidan ixtiroga muhim alomatlar majmui bo‘yicha eng yaqin bo‘lgan 
analog ajratib ko‘rsatiladi. 
Ixtironing analogi sifatida ixtironing ustuvorlik sanasigacha ommaga oshkor bo‘lgan 
ma’lumotlardan ma’lum bo‘lgan va ixtironing muhim belgilari majmuiga o‘xshash belgilar bilan 
tavsiflanadigan ixtiro bajaradigan vazifani bajaradigan vosita ko‘rsatiladi. 
Analoglarning har birini ta’riflash paytida u ochib berilgan axborot manbalarining 
bibliografiya ma’lumotlari, analogning belgilari talabnoma berilayotgan ixtironing muhim belgilari 
bilan mos keladiganlari ajratib ko‘rsatilgangan holda keltiriladi, shuningdek, ariza beruvchiga 
ma’lum bo‘lgan, texnikaviy natija olishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar ko‘rsatiladi. 
Agar ixtiro konkret vazifaga yoki biologik aktiv xususiyatlarga ega bo‘lgan aniqlanmagan 
tarkibli aralashmani olish usuliga oid bo‘lsa, analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik aktiv 
xususiyatga ega bo‘lgan aralashmalar olish usuli ko‘rsatiladi. 
Agar ixtiro yangi individual kimyoviy, shuningdek, yuqori molekulyar birikma olish usuliga 
yoki gen injeneriyasi obyektiga oid bo‘lsa, unga o‘xshash analogni olish usuli haqida ma’lumotlar 
keltiriladi. 
Mikroorganizm shtammi, o‘simlik va/yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga — modda 
produtsentiga oid bo‘lgan ixtironing eng yaqin analogini tavsiflashda hosil bo‘ladigan modda haqida 
ma’lumotlar kiritiladi.


Agar ixtiro avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda 
qo‘llanilishiga oid bo‘lsa, uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan ma’lum qurilmalar, 
usullar, moddalar, shtammlar kiradi. 
Ixtirolar guruhini tavsiflashda analoglar (shu jumladan eng yaqini) haqidagi ma’lumotlar har 
bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.
29. Tavsifning “Ixtiro mohiyati” bo‘limida ixtiro mohiyati ixtiro orqali texnik natijaga 
erishish yetarli bo‘lgan muhim alomatlar majmui orqali ifodalanadi. 
Alomatlar erishiladigan texnik natijaga ta’sir ko‘rsatsa, ya’ni texnik natija bilan sabab-oqibat 
bog‘lanishida bo‘lsa, muhim alomatlarga kiradi. 
Mazkur bo‘limda ixtiro hal qilishi kerak bo‘lgan vazifasi ixtiro amalga oshirilganda 
olinadigan texnik natija ko‘rsatilgan holda ochib beriladi.
Ixtironi xarakterlovchi barcha muhim alomatlar keltiriladi, eng yaqin analogdan 
farqlanuvchi alomatlar ajratiladi, bunda so‘ralayotgan huquqiy muhofaza hajmi amal qiladigan 
barcha hollarda texnik natijani olishni ta’minlaydigan muhim alomatlar majmui va ixtironi xususiy 
hollarda, bajarilishi aniq shakllarda yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflaydigan 
alomatlar ko‘rsatiladi. 
Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi ulardan alomatni tavsiflash uchun 
foydalangan hollarda agar ketma-ketliklar tavsifi ketma-ketliklar ro‘yxatida bunday matndan 
foydalanilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli erkin matn keltirilgan holda uning ketma-ketliklar 
ro‘yxatidagi raqamini “ SEC ID NO …” ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan taqdim etiladi. 
Alomatning tavsifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga ilova qilingan holda 
almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Texnik natija o‘zi bilan ixtironi namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) 
yoki undan foydalanishda olinishi mumkin bo‘lgan texnik samara, xususiyat, hodisalar va 
boshqalarning tavsifini ifodalaydi. 
Agar ixtiro bir necha texnik natijani olishni ta’minlasa (shu jumladan, uning bajarilishining 
konkret shakllarida yoki undan foydalanishning alohida hollarida), ularni ko‘rsatish tavsiya etiladi. 
Texnik natija xususan, ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish); qisilib qolishini 
oldini olish; vibratsiyani kamaytirish; biror organ qon aylanishini yaxshilash; dori-preparat ta’sirini 
to‘plash, uning zaharligini kamaytirish; quyish tuzilmasi defektlarini yo‘qotish; ishchi organning 
muhit bilan aloqasini yaxshilash; signal shaklining o‘zgarishini kamaytirish; suyuqlik sizib o‘tib 
ketishini kamaytirish, ho‘llanishini yaxshilash; yorilishini oldini olish; vaksinaning immunogenligini 
oshirishda ifodalanishi mumkin. 
Agar ixtiro yaratilishida ma’lum vazifaga ega bo‘lgan texnik vositalar arsenalini 
kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotgan bo‘lsa, texnik 
natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va buni maxsus ta’kidlash talab qilinmaydi. 
Ixtirolar guruhi uchun yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, shuningdek texnik natija haqidagi 
ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi. 
Mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvonlar hujayralari turlarini tavsiflashda ularning 
o‘zlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi alomatlari ko‘rsatiladi. 
Avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llashga oid 
ixtironi tavsiflashda ma’lum obyektning tavsifi keltiriladi va ular ko‘rsatilgan adabiyotlarining 
bibliografik ma’lumotlari beriladi hamda uning ma’lum bo‘lgan va yangi vazifasi ko‘rsatiladi.
30. Qurilmalarni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi: 
konstruktiv element (elementlar) mavjudligi; 
elementlar orasidagi bog‘liqlik mavjudligi; 
elementlarning o‘zaro joylashishi; 
elementning (elementlarning) yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan 
geometrik shakli; 
elementlar orasidagi bog‘liqlik bajarilishi shakli; 
elementning (elementlarning) parametrlari va boshqa xarakteristikalari va ular o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik; 


element (elementlar) yoki umuman qurilma tayyorlangan material; 
element funksiyasini bajaruvchi muhit. 
Qurilmalarni ta’riflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning 
ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun ta’sir etmaydigan (so‘zli, tasviriy yoki aralash) belgilardan 
foydalanish mumkin emas. 
31. Usulni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi: 
harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi; 
bunday harakatlarning vaqt bo‘yicha bajarish tartiblari (ketma-ket, bir vaqtda, har xil 
birikmalar va boshqalarda); 
harakatlarning bajarish shartlari, rejimi, moddalar, birlamchi xom ashyo, reagentlar, 
katalizatorlar, qurilmalar (asbob-uskunalar, moslamalar va boshqalar), mikroorganizm shtammlari, 
o‘simlik va/yoki hayvonlar hujayralarining liniyalari ishlatilishi. 
32. Individual kimyoviy birikmalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar 
ishlatiladi: 
belgilangan tuzilmaga ega bo‘lgan quyi molekulyar birikmalar uchun — sifat tarkibiy qismi 
(ma’lum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi 
bog‘lanish va ularning molekuladagi kimyoviy tuzilish formulasi orqali ifodalangan o‘zaro 
joylashganligi; 
belgilangan tuzilmaga ega bo‘lgan yuqori molekulyar birikmalar uchun kimyoviy tarkibi va 
makromolekula bir bo‘g‘imining tuzilishi, makromolekulaning umuman tuzilishi (chiziqli, 
tarmoqlangan), bo‘g‘imlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar massa taqsimlanishi, 
makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari; 
aniqlanmagan tuzilishga ega bo‘lgan individual birikmalar uchun — fizik-kimyoviy va 
ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarakteristikalari (shu jumladan 
olish usulining alomatlari); 
gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli bo‘lgan individual birikmalar uchun nukleotidlar 
ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy kartasi (rekombinant nuklein 
kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan 
farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa fizikaviy-kimyoviy xarakteristikalari. 
33. Kompozitsiyalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi: 
sifat tarkibi (ingrediyentlar); 
miqdoriy tarkibi (ingrediyentlar miqdori); 
kompozitsiya tuzilishi; 
ingrediyentlar tuzilishi. 
Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni xarakterlash uchun ularning fizik-kimyoviy, fizik 
va foydalilik ko‘rsatkichlari hamda ularni olish usulining alomatlari ishlatilishi mumkin.
34. Yadroviy parchalanish yo‘li bilan olingan moddalarni xarakterlash uchun xususan 
quyidagi alomatlar ishlatiladi: 
sifat tarkibi (element izotopi (izotoplari), miqdoriy tarkibi (proton va neytronlar soni);
asosiy yadroviy xarakteristikalari: yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va 
ko‘rinishi (radioaktiv izotoplar uchun). 
35. Individual mikroorganizm shtammlarini xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar 
ishlatiladi: 
shtamning oila va turi nomi (lotin tilida); 
kelib chiqishi (ajratib olinish manbasi, urug‘-aymog‘i); 
gen va xemotaksonometrik xarakteristikalari; 
morfologik, fiziologik (shu jumladan, kultural) xarakteristikalari; 
biotexnologik xarakteristikasi (yetishtirish sharoitlari; shtammdan hosil qilinadigan foydali 
moddaning nomi va xususiyati; faollik (mahsuldorlik) darajasi; 
virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari (meditsina va veterinariya sohasidagi 
mikroorganizmlar shtammlari uchun);
gibridlash prinsipi (gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun). 


36. O‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalarini xarakterlash uchun, xususan, quyidagi 
alomatlar ishlatiladi: 
passajlar miqdori; 
kariologik xarakteristikasi; 
o‘sish (kinetik) xarakteristikalari; 
hayvon organizmida o‘stirish xarakteristikasi (gibridlar uchun); 
morfogenezga qobiliyati (o‘simliklar hujayralari uchun).
37. Mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari kosorsiumlarini xarakterlash 
uchun yuqorida sanab o‘tilgan alomatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi alomatlar ishlatiladi: 
seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari, taksonomik tarkibi, miqdori va ustun bo‘lgan 
komponentlar, umuman konsorsiumning tipi va fiziologik xususiyatlari. 
38. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda xarakterlash uchun ushbu Qoidalarning 
30-
bandida 
ko‘zda tutilgan alomatlardan foydalaniladi (bunda konstruktiv elementlar bo‘lib enxanser, 
promotor, terminator, initsiirlovchi kodon, linker, o‘zga gen fragmenti, marker, flankirlovchi sohalar 
bo‘lishi mumkin). 
39. Transformatsiyalangan hujayrani xarakterlash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan 
foydalaniladi: 
transformatsiyalovchi element; 
hujayra tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar); 
hujayra kelib chiqishiga doir ma’lumotlar (prokariotik hujayra uchun urug‘, oila turkumi 
va/yoki turi); 
taksonomik alomatlar; 
tabiiy genom mutatsiyasi; 
hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun 
yetarli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari. 
40. Transgen o‘simlikni xarakterlash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi: 
genomda modifikatsiyalangan elementning mavjudligi; 
o‘simlik tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar); 
o‘simlikning kelib chiqishi; 
taksonomik tegishliligi va ushbu o‘simlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli bo‘lgan 
boshqa xarakteristikalari. 
41. Transgen hayvonni xarakterlash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi: 
hayvon genomiga transformatsiyalangan gen va/yoki DNK va kodlaydigan yoki 
ekspresslaydigan maqsadli mahsulot; 
hayvon tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar); 
hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikatsiyalangan mahsulot; 
hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash 
uchun yetarli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari. 
42. Mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlar hujayralari liniyalarining konsorsiumlarini 
xarakterlash uchun ushbu Qoidalarning 
37-bandida
sanab o‘tilganlarga qo‘shimcha ravishda, 
xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi: 
seleksiya va moslashish faktorlari va sharoitlari, taksonomik tarkibi, miqdori va ustun 
bo‘lgan komponentlari, umuman konsorsiumning o‘rin almashinishi, tipi va fiziologik xususiyatlari 
hamda ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa xarakteristikalari.
43. Avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llashni 
xarakterlash uchun yangi maqsadda qo‘llanayotgan obyektning identifikatsiyalash uchun yetarli 
bo‘lgan qisqa xarakteristikasi va uning yangi vazifasiga doir ko‘rsatmadan foydalaniladi. 
44. Tavsifning “Chizmalar figuralari ro‘yxati” bo‘limida figuralar ro‘yxatidan tashqari 
ularning har birida nima tasvirlanganligini qisqacha ta’rifi keltiriladi. 
Agar ixtiro mohiyatini tushuntiruvchi boshqa materiallar berilgan bo‘lsa, ularning qisqacha 
mazmuni keltiriladi. 


45. “Ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar” bo‘limda ixtironi 
talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ko‘rsatiladi. 
Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan funksional umumlashtirish 
darajasida keltirilgan alomatdan foydalanish bilan xarakterlanuvchi ixtironi amalga oshirish 
imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday alomatni hosil qilish uchun vositalarni yoki uni 
olish metodlari yoki bunday vosita yoki metodlarning ma’lum ekanligiga ko‘rsatmani ifodalash bilan 
tasdiqlanadi. 
Tavsifning ushbu bo‘limida, shuningdek, ixtironi amalga oshirganda olinishi mumkin 
bo‘lgan, hal qilinayotgan vazifa xarakterlanayotganda “Ixtiro mohiyati” bo‘limida ko‘rsatilgan texnik 
natijaga erishishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham keltiriladi. Ixtironi xarakterlash uchun 
miqdorlar intervali ko‘rinishida ifodalangan miqdoriy alomatlardan foydalanilganda texnik natijaga 
shu intervalda erishishi mumkinligi ko‘rsatiladi. 
46. Qurilmaga oid ixtiroga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma 
figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari 
chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularning ketma-ket ta’riflash davomida 
birdan boshlab o‘sish tartibida keltiriladi. 
Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati (ishlashi) yoki undan 
foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarida esa boshqa izoh 
beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt bo‘yicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh 
berilgan holda beriladi. 
Agar qurilma funksional darajada tavsiflangan bo‘lib, ko‘rsatilgan amalga oshirish shakli 
programmalangan (sozlangan) ko‘p funksiyali moslamadan foydalanishni ko‘zda tutgan bo‘lsa, unda 
qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar beriladi. 
Bunday ma’lumotlar sifatida algoritm, xususan hisoblash algoritmi keltirilsa, uni ko‘pincha 
bloksxema yoki agar mumkin bo‘lsa, tegishli matematik ifoda ko‘rinishida beriladi. 
47. Usulga oid ixtironi tavsiflash uchun moddiy obyekt ustida bajariladigan harakatlar 
ketma-ketligi va shuningdek, harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur bo‘lsa aniq 
rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar ko‘rsatiladi. 
Agar usul biror ustuvorlik sanasigacha ma’lum bo‘lgan vositalardan, qurilma, modda va 
shtammlardan foydalanish orqali tavsiflansa, bu vositalarni ixtironi amalga oshirish mumkin bo‘lgan 
holda ochib berish kifoya. Noma’lum vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, ularning xarakteristikalari 
keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi. 
Usulda yangi moddalardan foydalanilsa, ularni olish usuli ochib beriladi.
48. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini (qatorini) 
olish usuliga oid ixtirolar uchun, shu usul bilan guruhdagi (qatordagi) birikmalarni olish misollari 
keltiriladi. Agar guruh (qator) kimyoviy tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni o‘z ichiga 
olgan bo‘lsa, ushbu har xil radikalli birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan misollar 
keltiriladi. Guruhga (qatorga) kirgan birikmalarni olish uchun ma’lum metodlar bilan tasdiqlangan 
tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy xarakteristikalari keltiriladi. Tavsifda shuningdek, yangi 
birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida ma’lumotlari keltiriladi. 
Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni yoki tarkibi va/yoki tuzilishi aniqlanmagan 
aralashmalarni olish usuliga oid ixtirolar uchun ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumotlar keltiriladi. Birikmalarni olish uchun boshlang‘ich reagentlar haqida 
ma’lumotlar, va shuningdek, birikmaning talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasini 
amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, xususan bu vazifani keltirib chiqaruvchi 
xususiyatlar keltiriladi. 
49. Insonlar yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, tashhis qo‘yish yoki oldini olish 
usuliga oid ixtirolar uchun kasallik etiopatogeneziga ta’sir ko‘rsatadigan aniqlangan faktorlar yoki 
etiopatogenez va tashhis ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanishni keltirib chiqaruvchi faktorlar haqida 
ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, usulning ko‘rsatilgan holat yoki kasallikni 
davolash, tashhis yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi (xususan adekvat modellarda yoki 
boshqa yo‘l bilan olingan) haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi. 


50. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro uchun ma’lum 
metodlar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy doimiylar keltiriladi va yangi birikma 
birinchi marta olingan usul ochib beriladi.
51. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli bo‘lgan individual birikmalar uchun ketma-
ketliklar ro‘yxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir ko‘rsatma (nuklein kislotalar 
fragmentlarida) yoki tabiiy karta (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-
ketliklar ro‘yxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir ko‘rsatma hamda ushbu 
birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur bo‘lgan fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalar 
keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan ma’lum vazifa 
bo‘yicha foydalanish imkoniyati ko‘rsatiladi.
Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi agar ketma-ketliklar tavsifi ketma-ketliklar 
ro‘yxatida bunday matndan foydalanilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli erkin matn keltirilgan holda 
uning ketma-ketliklar ro‘yxatidagi raqamini “SEC ID NO …” ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan 
taqdim etiladi. 
52. Biologik faol birikma uchun faollik va zaharlilik miqdor xarakteristikalari 
ko‘rsatkichlari, zarur bo‘lganda esa amal qilishining tanlanilishi va boshqa ko‘rsatkichlari keltiriladi.
53. Agar ixtiro insonlar yoki hayvonlardagi ma’lum holatlari yoki kasalliklarini davolash, 
tashhis qo‘yish yoki profilaktika qilish vositasiga oid bo‘lsa, tavsifda uning ishlatilishi natijasida 
kasallik etiopatogeneziga ko‘rsatiladigan ta’sirini tushuntiradigan omillar haqida ma’lumotlar 
keltiriladi. Bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatilgan kasalliklarni davolash, tashhis 
qo‘yish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi. 
54. Agar ixtiro tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli bo‘lsa, ma’lum bo‘lgan 
metodlar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizikaviy-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma 
olingan usul tavsiflanadi va ixtirodan ko‘rsatib o‘tilgan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkoniyati 
ko‘rsatiladi. 
55. Agar yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar 
hujayralari liniyalaridan foydalanish orqali olingan bo‘lsa, shu shtamm, liniyalari ishtirokidagi uning 
olinish usuli, ular haqida ma’lumotlar, va shtammni deoponentlanganligi haqida ma’lumotlar 
keltiriladi.
56. Agar ixtiro oraliq birikmaga oid bo‘lsa, uni avvaldan ma’lum bo‘lgan oxirgi mahsulotga 
aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol 
xususiyatga ega bo‘lgan yangi mahsulot olish mumkinligini keltiriladi. 
57. Agar ixtiro nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli bo‘lsa, ketma-ketliklar 
ro‘yxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun — nukleotidlar, oqsillar uchun — 
aminokislotalar) hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy 
va boshqa xarakteristikalar keltiriladi. Mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan 
belgilangan vazifa bo‘yicha foydalanish imkoniyati ko‘rsatiladi.
58. Agar ixtiro kompozitsiyaga (aralashma, eritma, qotishma, shisha va boshqalarga) oid 
bo‘lsa, kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning xarakteristikalari va miqdoriy 
nisbatlari ko‘rsatilgan misollar keltiriladi. Kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi, agar biror 
ingrediyenti sifatida yangi moddani o‘z ichiga olsa, uning olish usuli ham tavsiflanadi.
Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori ixtiro formulasida keltirilgan 
chegaralarda bo‘lgan birliklarda beriladi (ixtiro formulasida ingrediyentlar nisbatini foizlarda 
ifodalanganda (massa yoki hajmi bo‘yicha) misolda ko‘rsatilgan hamma ingrediyentlar yig‘indisi 
100% ga teng bo‘ladi). 
59. Shtammga taalluqli bo‘lgan ixtiro uchun shtammning nomenklatura ma’lumotlari va 
kelib chiqishi, ozuqa (sepiladigan va fermentatsiya) muhitining miqdoriy va sifat tarkibi, madaniy 
yetishtirish sharoitlari (harorat, rN, O
2
ning solishtirma massa o‘tkazilishi, yoritilganligi va 
boshqalar), fermentatsiya vaqti, biosintez xarakteristikasi, foydali (maqsadga muvofiq) mahsulotlar, 
mahsulot chiqishi, shtammning faollik (sermahsullik) darajasi va uni aniqlash (testlash) usullari 
to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Maqsadga oid mahsulotlarning (yangi maqsadga oid mahsulotlar 


produtsentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) 
ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi. 
Mikroorganizmlar konsorsiumlari va o‘simliklar va hayvonlar hujayralari uchun quyidagi 
ma’lumotlar: komponentlar mavjudligini tekshirish metodi, ajratib olish (seleksiya) metodi va 
seleksiya olib borilgan alomatlar, uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning 
barqarorligi, o‘zga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi ko‘rsatib o‘tiladi. 
Shtamm, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga yoxud ular ishlatiladigan usulga 
taalluqli ixtironi amalga oshirish imkoniyati shtammni olish usulini bayon qilish bilan, yoki agar 
shtammni olish usulining tavsifi shtammni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasa, shtammning 
deponentlanganligi (depozitariy kolleksiyasining nomi va kolleksiya tomonidan deponentlangan 
obyektga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bilan 
tasdiqlanadi. Bunda uning sanasi ixtiro ustuvorligi sanasigacha bo‘lishi lozim. 
Agar shtamm, hujayralar liniyasi yoki konsorsium obyektni eng kamida patent amal qilishi 
muddati ichida hayotiyligini ta’minlashni kafolatlaydigan xalqaro kolleksiyaga yoki O‘zbekiston 
Respublikasi kolleksiyasiga joylashtirilgan bo‘lsa, patent amallari maqsadlari uchun deponentlash 
amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 
60. Ixtiro tavsifining ushbu bo‘limida agar nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-
ketligi to‘rtta va undan ko‘p aminokislotalardan iborat yoki o‘nta va undan ko‘p nukleotidlardan 
iborat tarmoqlanmagan ketma-ketliklar hisoblansa, ushbu ketma-ketliklar detallarga ajratilgan holda 
ochib beriladi. Har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan 
boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak. 
Ro‘yxatdagi har bir ketma-ketlikning raqami ixtiro tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda 
ko‘rsatilgan uning raqamiga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech bo‘lmaganda quyidagi imkoniyatlarning 
biri yordamida taqdim etilishi kerak: 
faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan; 
faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan; 
nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan. 
So‘nggi holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega bo‘lgan 
aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va 
aminokislotalar ketma-ketligining ro‘yxati o‘zi bilan ixtiro tavsifining bevosita tarkibiy qismini 
namoyon qiladi, shuning uchun ushbu ketma-ketliklarni tavsifning biron-bir joyida boshdan-oyoq 
bayon qilinishiga zarurat yo‘q.
Yuqorida eslatib o‘tilgan ro‘yxat o‘zining bayoniy qismida erkin matn — neytral til 
leksikasidan foydalanilmaydigan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni o‘z ichiga olgan 
hollarda ushbu erkin matn ixtiro tavsifining ketma-ketliklar ro‘yxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan 
o‘sha ko‘rinishda ichiga olgan boshqa bo‘limlarida takrorlanishi kerak. 
61. Qurilma, usul, modda, shtammni yangi vazifada qo‘llanilishiga taalluqli ixtiro uchun 
ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi. 
62. Ixtironing formulasi, patent orqali beriladigan huquqiy muhofaza hajmini belgilash 
uchun mo‘ljallangan. 
63. Ixtironing formulasi tavsifga va chizmalarga to‘liq asoslangan bo‘lishi, ya’ni ixtironi 
uning tavsifida mavjud bo‘lgan va chizmalarda ko‘rsatilgan tushunchalar bilan ta’riflab berishi lozim. 
64. Ixtironing formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, ya’ni talabnoma beruvchi 
tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijaga erishish uchun yetarli darajada ixtironing muhim 
alomatlari majmuini o‘z ichiga olishi lozim. 
65. Ixtironing alomatlari ixtiro formulasida shunday ifoda etilishi lozimki, ularni 
aynanlashtirish, ya’ni ma’lum bo‘lgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning ma’nosi va 
mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil ma’noda tushunilishi imkoniyatini ta’minlansin.
66. Ixtiro formulasidagi alomat ta’rifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilishi 
mumkin emas. Alomatni talabnoma tavsifi yoki chizmalariga havola qilmasdan ta’riflashning iloji 


bo‘lmasa, ushbu Qoidalarning 
65-bandi
 talablarini buzmagan holda, alomat ta’rifi bunday havola 
qilish bilan almashtirilishi mumkin.
67. Nukleotidlar yoki aminokislotalarning ketma-ketligi undan ixtiro formulasidagi alomatni 
xarakterlash uchun foydalangan holda ketma-ketliklar ro‘yxatidagi uning raqamini “SEC ID NO...” 
ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan taqdim etiladi. 
68. Agar umumiy tushunchadagi ta’riflar boshqa alomatlar bilan birgalikda talabnoma 
beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, ixtironing alomati uning 
xususiy hollarda amalga oshirish shakllarini o‘z ichiga olgan umumiy (funksiyasi, xususiyatini 
ifodalaydigan) tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.
Agar, ko‘rsatilgan alternativadan tanlab olingan har bir alomat ixtironing boshqa alomatlari 
bilan birgalikda birdan-bir texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, alomat alternativ tushunchalar 
ko‘rinishida ifoda etilishi mumkin. 
69. Ixtironing formulasi bir zvenoli va ko‘p zvenoli bo‘lishi hamda tegishlicha bir yoki bir 
necha bandlarni o‘z ichiga olishi mumkin. 
70. Bir zvenoli formula, ixtironing tayyorlanishi yoki undan foydalanishning xususiy 
hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega bo‘lmagan muhim alomatlar majmui bilan bitta 
ixtironi tavsiflash uchun qo‘llaniladi.
71. Ixtironing ko‘p zvenoli formulasi, ixtironing tayyorlanishi va/yoki undan 
foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega bo‘lgan muhim 
alomatlar majmui bilan bitta ixtironi yoki ixtirolar guruhini tavsiflash uchun qo‘llaniladi.
Bitta ixtironi tavsiflovchi ko‘p zvenoli formula, bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi 
unga bog‘liq band(bandlar) ga ega. 
Ixtirolar guruhini tavsiflovchi ko‘p zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega bo‘lib, 
ulardan har biri, guruhning ixtirolaridan birini tavsiflaydi. Shuning bilan birga guruhning har bir 
ixtirosi tegishli mustaqil bandga bo‘ysunuvchi bog‘liq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan bo‘lishi 
mumkin. 
Ko‘p zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab 
raqamlari bilan raqamlanadi.
72. Ixtirolar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal 
qilinadi: 
alohida ixtirolarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda, odatda, formulaning boshqa bandlariga 
havola qilinmaydi (shu mustaqil bandni unda boshqa bandning mazmunini butunlay takrorlamasdan 
bayon etishga imkon bersagina, bunday havola qilishga yo‘l qo‘yiladi); 
bog‘liq bandlar, o‘zlari bo‘ysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, 
shu jumladan guruhdagi har xil ixtirolarni ta’riflash uchun bir xil mazmundagi bog‘liq bandlar jalb 
qilingan holatlarni o‘z ichiga olganda ham. 
73. Formulaning bandi, odatda, eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, shu 
jumladan ixtironing vazifasini ko‘rsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani o‘z ichiga oladigan 
muhim belgilarga ega bo‘lgan cheklovchi qismdan va ixtironi eng yaqin analogidan farqlaydigan 
muhim belgilarni o‘z ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat. 
Formula bandini cheklovchi va farqlovchi qismlarga bo‘lib tuzilganda cheklovchi qismi 
bayon etib bo‘lingandan so‘ng “shu bilan farqlanadiki” so‘z birikmasi kiritiladi, bundan keyin 
bevosita farqlovchi qism bayon etiladi. 
74. Ixtiro formulasi, xususan, agar u quyidagilarni:
kimyoviy birikma; 
mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvon hujayralari liniyasi; 
avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishi; 
analoglarga ega bo‘lmagan ixtironi xarakterlasa, bandni cheklovchi va farqlovchi qismlarga 
bo‘linmay tuziladi. 
75. Formulaning bandi bitta gap ko‘rinishida bayon etiladi. 
76. Ixtiro formulasining mustaqil bandi faqat bir ixtiroga taalluqli bo‘lishi va bitta gap 
ko‘rinishida bayon etilishi lozim. Agar ixtirolar — variantlar faqat muqobil ko‘rinishda ifodalangan 


alomatlar bilan farqlansa, formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha ixtirolarni — variantlarni 
tavsiflashga yo‘l qo‘yiladi. 
Agar formulaning mustaqil bandida muqobil ko‘rinishda faqat funksional mustaqil 
bo‘lmagan (ya’ni, qurilmaning bo‘g‘imi yoki detali; usul operatsiyasi; usulda qo‘llaniladigan modda, 
material, moslama; kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) alomatlar ifodalangan bo‘lsa, bunday 
mustaqil band faqat bitta ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi. 
77. Formulaning mustaqil bandi, agar undagi mavjud alomatlar majmui turli obyektlarga 
yoki har biri o‘z vazifasiga ega bo‘lgan vositalar majmuiga oid bo‘lgan ixtirolarning tavsifini umumiy 
vazifadagi vositalarning ko‘rsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda, ta’rifini o‘z ichiga olgan 
bo‘lsa, bir ixtiroga taalluqli deb e’tirof etilmaydi.
78. Ixtironing bog‘langan bandi mustaqil bandda keltirilgan ixtironi faqat uni bajarish yoki 
foydalanishning xususiy hollarida tavsiflaydigan alomatlar bilan ixtiro alomatlari majmuini 
rivojlantirish va/yoki aniqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
79. Formula bog‘langan bandning cheklovchi qismi ixtironing nomini aks ettiruvchi, odatda, 
mustaqil bandda keltirilganiga nisbatan qisqartirilgan holda keltirilgan va ushbu bog‘langan band 
mansub bo‘lgan mustaqil band va/yoki bog‘langan bandga havola qilingan umumlashtirma 
tushunchadan iborat. Bog‘langan band formulaning bir necha bandlariga bo‘ysungan hollarda, ularga 
havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda ko‘rsatiladi. So‘ngra ixtironi bajarilishi yoki undan 
foydalanishining xususiy hollarida ixtironi tavsiflovchi alomatlar keltiriladi. 
Agar ixtironi tavsiflash uchun uning bajarilishi yoki foydalanishining xususiy hollarida, 
bog‘langan bandning alomatlari bilan bir qatorda mustaqil bandning alomatlari bilan va bu 
bog‘langan bandning mustaqil bandga bo‘ysunishidan foydalaniladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ta’riflash 
uchun formulaning boshqa bir yoki bir necha bog‘langan bandlarining alomatlari zarur bo‘lsa, shu 
bog‘langan bandning mustaqil bandga tegishli bog‘langan bandlari orqali bo‘ysunishidan 
foydalaniladi. Bunda ushbu bog‘langan bandda u bevosita bo‘ysungan bog‘langan bandgagina 
havolalar keltiriladi. 
80. Ixtiro formulasining bog‘langan bandini formulaning o‘zi bo‘ysungan o‘sha bandining 
alomatlarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etish kerak emas. 
Agar ixtiro formulasining bog‘langan bandi mustaqil bandning belgilari almashtirilgan yoki 
chiqarib tashlangan holda shakllantirilgan bo‘lsa, ushbu bog‘langan band o‘zi buysungan mustaqil 
band bilan birga bitta ixtironi ta’riflaydi deb e’tirof etilishi mumkin emas. 
81. Qurilma alomatlari formulada uni statik holatda tavsiflash uchun bayon qilinadi. 
Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi, uning 
tomonidan ma’lum bir funksiya (masalan, aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni 
amalga oshirilishi imkoniyatini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi. 
Agar talabnoma chizmalarni ichiga olgan bo‘lsa, formulada eslatib o‘tilgan va ekvivalent 
konstruktiv elementlarni ifodalaydigan alomatlar ularga taalluqli bo‘lgan izohli belgilar bilan birga 
berilishi mumkin. Izohli belgilar so‘ralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga ta’sir etmaydi va faqat 
formulani to‘liqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.
82. Amalni (usulni, operatsiyani) usul alomati sifatida tavsiflash uchun fe’llardan 
foydalanilganda, ularni aniqlik nisbatida, aniqlik maylida uchinchi shaxsda, ko‘plikda bayon qilinadi 
(qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar). 
83. Kelib chiqish tuzilmasi aniq bo‘lgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi ixtiro formulasiga 
birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli 
birikmalar uchun ixtiro formulasiga ketma-ketliklar ro‘yxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein 
kislotalar fragmenti holatida) raqamiga ko‘rsatma va tabiiy kartaning (rekombinant nuklein kislotalar 
va vektorlar holatida) so‘zli tavsifi, ketma-ketliklar ro‘yxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi 
raqamiga ko‘rsatma hamda fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur 
bo‘lgan boshqa xarakteristikalar kiritiladi. Tuzilishi aniqlanmagan birikmalar uchun ixtiro 
formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur 
bo‘lgan boshqa xarakteristikalar, masalan, uni olish usulining alomatlari kiritiladi.


84. Kompozitsiyani xarakterlaydigan ixtiro formulasiga kompozitsiyaga kiradigan 
ingrediyentlar va zarur bo‘lganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli alomatlari 
kiritiladi. 
Kompozitsiyani xarakterlaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini ko‘rsatadigan 
alomatlar kiritilsa, ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng ko‘p va eng kam miqdordagi 
(quyi va yuqori) chegaralarda ifodalanadi. 
Kompozitsiya elementlari bittasining miqdorini bitta qiymat orqali, boshqalarini esa uning 
qiymatiga nisbatan interval ko‘rinishida berish mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori 
kompozitsiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 l eritmaga nisbatan keltiriladi). 
Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdorini 
kompozitsiyasining boshqa komponentlari birliklaridan boshqa birliklarda ko‘rsatish mumkin 
(masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda). 
Agar kompozitsiyalarga oid ixtiro qo‘shimcha ingrediyent kiritish bilan xarakterlansa, 
formulada farqlovchi alomatdan oldin “qo‘shimcha ravishda o‘z ichiga oladi” degan ibora kiritiladi. 
Vazifasi yangi aktiv komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar an’anaviy 
qo‘llaniladigan neytral qismlar bo‘lsa, formulada shu aktiv komponentni va uning miqdorini 
“samarali miqdori” ko‘rinishida keltirish mumkin.
Bunday kompozitsiyalarni xarakterlaydigan yana bir varianti undagi aktiv komponentdan 
tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha “maqsadli 
qo‘shimchalar” ko‘rinishida ifodalanadi. Bu holda aktiv komponentlar va maqsadli 
qo‘shimchalarning miqdoriy nisbatlari ko‘rsatiladi. 
Agar ixtiro alomati sifatida murakkab tarkibli ma’lum modda ko‘rsatilgan bo‘lsa, shu 
moddaning funksiyasini va xususiyatini ko‘rsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bu holda ixtiro 
tavsifida shu modda tavsiflanagan adabiyot ko‘rsatiladi. 
85. Mikroorganizm shtammi, o‘simliklar va hayvonlar hujayralari liniyalarini 
xarakterlaydigan formulaga muallifning (mualliflarning) familiyasi (familiyalari), rasmiy kolleksiya 
— depozitariyning bosh harflari, deponentlangan obyektga berilgan ro‘yxat nomeri va shtamm 
vazifasi ko‘rsatilgan holda biologik obyektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini 
o‘z ichiga oladi. 
86. Ixtiro obekti avvaldan ma’lum qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llash 
bo‘lgan hollarda, quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: “(ma’lum qurilma, usul, modda, 
shtammning nomi yoki xarakteristikasi keltiriladi) (ko‘rsatilgan qurilma, usul, modda, shtammning 
yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi”. 
87. Ixtiro mohiyatini tushuntiradigan materiallar, grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, 
grafiklar, eryupalar, rasmlar, ossilogrammalar va h.k.), tasvirlar va jadvallar ko‘rinishida bajarilishi 
mumkin.
Tavsifni chizmalar yoki sxemalar bilan tasvirlashning iloji bo‘lmagan holda rasmlar 
topshiriladi.
Fotosuratlar grafik tasvirlarga qo‘shimcha sifatida topshirilishi mumkin.
Chizmalar, sxemalar, rasmlar alohida varaqlarda va har bir varag‘ining yuqorisidan o‘ng 
burchagida ixtironing nomi ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi. 
88. Referat ixtiro haqida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi va ixtiro tavsifining 
qisqartirilgan bayoni bo‘lib, ixtiro nomi, ixtiro mansub bo‘lgan texnika sohasining xarakteristikasi, 
mohiyat xarakteristikasi, u va/yoki qo‘llanilish sohasi, agar bu nomidan aniq bo‘lmasa erishiladigan 
texnik natijani mohiyat xarakteristikasini o‘z ichiga oladi. Referatda ixtiro mohiyati ixtiro 
formulasining mustaqil punktidagi hamma muhim alomatlarini saqlagan holda erkin ifodalanishi 
orqali xarakterlanadi. 
Zarur hollarda ixtiro referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritiladi. Referatga kiritilgan 
chizma alohida varaqda, referat matni miqdoridagi nusxalar sonida, shu jumladan tavsifga ilova 
qilingan chizmalar figuralaridan biriga mos kelgan hollarda ham beriladi. 
Referatda qo‘shimcha ma’lumotlar, xususan bog‘langan bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar 
mavjudligi va soni ko‘rsatilishi mumkin. 


Referat matnining tavsiya etiladigan o‘rtacha hajmi 1000 ta bosma belgigacha. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish