6-§. Talabnomani topshirish
114. Ixtiro muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari talabnoma topshirish va
patent olish huquqiga ega.
115. Talabnoma bevosita Agentlikka topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
116. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Agentlikda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan patent vakillari yoxud boshqa vakil orqali topshirilishi mumkin.
117. Qonunning
35-moddasiga
ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan
jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar, agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro
shartnomada boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, talabnoma berish va patent olish bilan bog‘liq
ishlarni Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |