Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘G‘risida


-§. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar kiritish



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/33
Sana11.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#443577
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
1329 22.03.2004hghfhfhfhf

9-§. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar kiritish
123. Qonunning 
20-moddasiga 
ko‘ra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan 
e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini 
o‘zgartirmagan holda tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar kiritish huquqiga ega. 
124. Belgilangan miqdordagi patent boji to‘langan taqdirda talabnoma bo‘yicha tuzatishlar, 
aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ham, lekin patent berish 
haqidagi qaror qabul qilingunga qadar tegishli ariza berish yo‘li bilan kiritilishi mumkin. 
Arizaga talabnoma materiallariga o‘zgartirishlar kiritish uchun patent boji to‘langani 
haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji to‘langani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik 
ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 
To‘langan patent bojining summasi belgilangan miqdorga mos bo‘lmaganda talabnoma beruvchi 
Agentlik tomonidan bojning yetishmagan qismini to‘lash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan 
e’tiboran uch oy ichida kerakli summani to‘lash huquqiga ega.
125. Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqliklar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan 
yozma ravishda tegishli ariza berish va almashtiradigan varaqlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 
2

3

4-ilovalarda 
keltirilgan. Almashtiradigan 
varaqlar talabnomaning tegishli hujjatining har bir nusxasi uchun o‘zbek yoki rus tilida beriladi.
Talabnoma beruvchi ariza Agentlikka kelib tushganligi va uni ko‘rib chiqish natijalari 
haqida xabardor qilinadi. 
126. Talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi 
(ismi, otasining ismi) o‘zgartirilganda Agentlikka talabnoma beruvchining nomiga o‘zgartirish 
kiritish haqida ariza beriladi va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza 
shakli ushbu Qoidalarga berilgan 
2-ilovada
 keltirilgan.
127. Talabnomaga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tkazilgan holda Agentlikka talabnoma 
beruvchini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu 
Qoidalarga berilgan 
3-ilovada 
keltirilgan. 
Patent olish uchun huquq boshqa shaxsga o‘tkazilgan holda yoki talabnoma beruvchining 
nomi o‘zgartirilishi natijasida talabnoma beruvchini o‘zgartirish ixtiro tegishli Davlat reestrida 
ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. 
Arizada talabnomaga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga — huquqiy vorisga o‘tkazilishi haqida 
ko‘rsatma, bu shaxs haqidagi ushbu Qoidalarning 
15-bandida 
ko‘zda tutilgan ma’lumotlar keltirilishi 
lozim. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 
23-bandida 
ko‘zda tutilgan tartibda imzolanadi. Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan holda, 
unga talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq o‘tkazilganligini 
tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 
3-ilovada 
keltirilgan. 
128. Belgilangan talablar bajarilgan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi 
talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilganligi 
haqida xabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Talabnomaga bo‘lgan huquq o‘tgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga 
talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma 
yuborilgan sana hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan holda talabnoma beruvchi va uning 
huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarni aniqlashtirish va/yoki tuzatish haqida yoki tegishli 


sabablarni ko‘rsatgan holda talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi 
to‘g‘risidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi. 
129. Agentlik talabnoma hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish haqidagi tegishli 
talabnoma raqami va tuzatilishi lozim bo‘lgan xato ko‘rsatilgan talabnoma beruvchi yoki uning patent 
vakili tomonidan imzolangan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 
4-ilovada
 
keltirilgan. 
Talabnoma hujjatlaridagi yaqqol ko‘rinib turgan texnik xatolarni tuzatish, aniqlik yoki 
ko‘shimchalar kiritish ixtiro tegishli Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amalga 
oshirilishi mumkin. Agar mutaxassis uchun ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan taklif qilingan 
tuzatishdan boshqacha bo‘lishi mumkin emasligi kelib chiqsa, tuzatish yaqqol ko‘rinib turgan deb 
hisoblanadi. 
Agar tuzatishlar harfiy xatolarga, bibliografiya ma’lumotlarini ko‘rsatishdagi xatoliklarga 
va boshqa shu kabi xatolarga oid bo‘lib, hujjatni tuzatish bevosita nusxa olishda aniqlikka nisbatan 
salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi almashtiradigan varaqlarni taqdim 
etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.
130. Talabnomaga ushbu Qoidalarning 
11-bandiga 
muvofiq nukleotidlar va/yoki 
amnokislotalar ketma-ketligi ro‘yxatining nusxasi yozilgan MO‘T ilova qilingan bo‘lsa, ko‘rsatilgan 
ro‘yxat talabnoma beruvchi tomonidan bosma shaklda istalgancha o‘zgartirilganda, albatta MO‘T da 
ham ilova qilinishi lozim. Topshirilayotgan MO‘Tning yorlig‘ida qo‘shimcha ravishda 
talabnomaning kelib tushish sanasi va raqami ko‘rsatilishi lozim.
131. Belgilangan talablar bajarilmagan holda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga 
aniqliklar kiritish va/yoki tuzatish lozimligi haqida yoki tegishli sabablarni ko‘rsatib, talabnoma 
materiallariga o‘zgartirish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi. 
132. Ixtiro birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma, talabnoma beruvchining 
iltimosiga ko‘ra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon — ajratilgan 
alohida talabnoma).
133. Ajratilgan alohida talabnomalar bo‘yicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi va 
ixtiro ustuvorligi, birinchi talabnoma bo‘yicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi 
mavjud bo‘lgan holda esa, ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi. 
134. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 
5 — 113-bandlariga 
muvofiq 
rasmiylashtirilgan hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji to‘langani haqidagi hujjat yoki patent 
bojini to‘lashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat 
taqdim etiladi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish