12-§. Talabnoma materiallari bilan tanishishtirish
144. Talabnoma beruvchi (uning vakili) o‘zi topshirgan talabnoma va shu talabnoma
bo‘yicha Agentlik bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita
Agentlikda, va shuningdek, talabnoma, ko‘rsatilgan materiallar yoki ularning qismlari nusxasini
so‘rovnoma orqali olib tanishishi mumkin.
Talabnoma haqidagi ma’lumotlar chop etilgandan so‘ng, ixtiyoriy shaxs ushbu talabnoma
hujjatlari (tavsifi, formulasi, chizmasi yoki grafigiga oid materiallar) bilan Agentlik bilan kuni va
soatini avvaldan kelishib, bevosita Agentlikda, va shuningdek, talabnoma, ko‘rsatilgan materiallari
nusxasini so‘rovnoma orqali olib tanishishi mumkin.
Hujjatlar nusxasi muayyan to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng taqdim etilishi mumkin.
145. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish
zaruriyati munosabati bilan bepul tanishish huquqiga egalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |