20-§. Ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish
202. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishda qo‘shimcha
ravishda u patentga layoqatli deb, tan olinmaydigan takliflar ro‘yxatiga oid emasligi tekshiriladi va
ixtironing sanoatda qo‘llash mumkinlik, yangilik va ixtirolik darajasi shartlariga muvofiqligi
aniqlanadi. Talabnoma berilgan obekt muhofaza qilinmaydigan takliflar ro‘xatiga oid deb, taxmin
qilingan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillarni bayon qilib so‘rovnoma yuboriladi.
203. Ushbu Qoidalarning
3-bandiga
asosan muhofaza qilinmaydigan obektlarga oid emas
deb, xulosa chiqarilgan talabnoma berilgan taklifning sanoatda qo‘llash mumkinlik, yangilik va
ixtirochilik darajasi shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
204. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan formulada alternativ tushunchalar bilan
ifodalangan belgi bo‘lsa, patentga layoqatliligini tekshirish bunday tushunchalardan birini ichiga
olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan o‘tkaziladi. Agar ixtironing patentga layoqatli emasligi
haqidagi xulosa ko‘rsatilgan majmuining bittasiga nisbatan olingan bo‘lsa, keyingi ko‘rib chiqishda
ushbu Qoidalarning
226-227-bandiga
asoslanish lozim.
205. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishda muallif, talabnoma
beruvchi yoki ulardan bevosita yohud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan
ixtiro mohiyati ommaviy tarzda oshkor etilgan axborotni ichiga olgan manba, agar ixtiroga talabnoma
axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran olti oydan kechikmagan muddat ichida Agentlikka
topshirilgan bo‘lsa, texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.
206. Qonunning 6-moddasi
oltinchi qismiga
ko‘ra agar ixtirodan sanoatda, qishloq
xo‘jaligida, sog‘liqni saqlashda va boshqa sohalarda amaliy jihatdan foydalanish mumkin bo‘lsa, uni
sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.
207. Talabnoma berilgan taklifni ta’riflanishi bo‘yicha uni tushunish mumkin bo‘lmasa yoki
uni Qonunning 6-moddasi
to‘qqizinchi qismiga
ko‘ra patentga layoqatlilik ixtiro sifatida e’tirof
etilmaydigan obyektlarga oid deb, hisoblashga asos bo‘lsa talabnoma beruvchiga aniqlangan
kamchiliklarni ko‘rsatib, huquqiy xarakterdagi zarur dalil-isbotlarni keltirgan holda va so‘rovnoma
jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida etishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni yuborish taklif
etilgan so‘rovnoma yuboriladi.
208. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni ularni taqdim
etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnoma yubormasa, talabnoma chaqirib olingan deb,
hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish
to‘xtatiladi.
209. Agentlik tomonidan o‘tib ketgan muddatlar tiklangan holda ish yuritish davom ettirilish
mumkin (ushbu Qoidalarning
11-§
).
210. Ixtirodan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida ixtironing
talabnoma berilgan obyektining vazifasi ko‘rsatilganligi tekshiriladi.
Talabnomaning birinchi materiallarida shuningdek, ixtironi formula bandlarining har birida
tariflangan ko‘rinishida amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan vositalar va usullar bayon qilinganligi
tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday materiallar bo‘lmagan holda, ko‘rsatilgan vositalar va
usullar ixtiro ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor bo‘lgan adabiyot manbaida bayon
qilingan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, ixtironi amalga oshirgan holda talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan
vazifasi haqiqatdan ham bajarilishi mumkinligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar ixtironi amalga oshirish va ko‘rsatilgan vazifani bajarish imkoniyatini faqat
eksperimental ma’lumotlar tasdiqlashi mumkin bo‘lsa, ixtiro tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi,
va shuningdek ko‘rsatilgan talabga rioya kilinganligi haqida xulosa belgining talabnoma beruvchi
tomonidan ixtiro formulasida keltirilgan tushunchalar bilan qamrab olingan turli xususiy hollarga
ta’sir etishi uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.
211. Agar ixtiro ustuvorlik sanasigacha barcha ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinganligi
aniqlangan holda, formulaning ushbu mustaqil bandida ta’riflangan ixtiro sanoatda qo‘llash
mumkinlik shartiga muvofiq deb e’tirof etiladi.
Ko‘rsatilgan talablarning birortasi bajarilmagan holda, ixtiro sanoatda qo‘llash mumkinlik
shartiga muvofiq emasligi haqida xulosa chiqariladi. Bu holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar
bayon qilinganda, bu dalillarga nisbatan o‘z fikrini bildirish va ixtiro formulasini tuzatish taklif
qilingan (agar ekspertiza fikriga ko‘ra talabnoma materiallarini tuzatish natijasida ko‘rsatilgan
xulosani o‘zgartirish mumkin bo‘lsa) so‘rovnoma yuborilishi mumkin.
212. Sanoatda qo‘llash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan
yangilik shartiga muvofiqligi tekshirilmaydi.
213. Qonunning 6-moddasi
ikkinchi qismiga
ko‘ra ixtiro agar texnika taraqqiyoti darajasidan
ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi.
Ixtironing yangiligini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar
majmuiga nisbatan o‘tkaziladi.
214. Axborot qidiruvi ixtiro formulasi asosida tavsif va chizmalarni hisobga olgan holda, va
shuningdek ixtiro formulasining ushbu Qoidalarning
22-§iga
muvofiq mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
215. Agar talabnoma bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish hakidagi iltimosnoma ariza kelib tushgan
sanagacha talabnoma beruvchi ixtiro birligi talabi buzilganligi haqidagi xabarga belgilangan
muddatda javob bermagan bo‘lsa, axborot qidiruvi formulada birinchi ko‘rsatilgan ixtiro (yagona
ixtirochilik fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
216. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda har bir shaxs o‘zi tanishishi mumkin bo‘lgan
yoki mazmuni qonuniy yo‘l bilan ma’lum qilinishi mumkin bo‘lgan axborot manbaidagi ma’lumotlar
ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar deb, hisoblanadi.
Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana
bo‘lib hisoblanadi:
muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun — ularda ko‘rsatilgan nashr etish
sanasi;
milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun — ularda ko‘rsatilgan nashr
etishga imzo qo‘yilgan sana;
nashr etishga imzo qo‘yilgan sana ko‘rsatilmagan milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR
bosma nashrlari uchun va shuningdek boshqa bosma nashrlar uchun — ular e’lon qilingan kun, uni
aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda esa — agar e’lon qilingan vaqti faqat yil va oy bilan aniqlangan
bo‘lsa, oyning oxirgi kuni yoki nashrda ko‘rsatilgan yilning 31 dekabri;
deponentlangan maqola, obzor, monografiya va boshqa materiallar uchun — ularni
deponentlash sanasi;
ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish
xatlari, va ilmiy-texnik axborot tashkilotlarida bo‘lgan boshqa konstruktorlik, texnologik va loyiha
hujjatlari uchun — ular ushbu tashkilotlarga kelib tushgan sana;
me’yoriy-texnik hujjatlari uchun — ularni vakolatli tashkilotda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana;
qo‘lyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari
uchun — ular kutubxonaga kelib tushgan sana;
tanlovga qabul qilingan ishlar uchun — ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va
tanlov o‘tkazishga oid hujjatlar bidlan tasdiqlangan sana;
ko‘z bilan qabul qilinadigan axborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar va h.k.)
uchun — ularni ko‘rish mumkin bo‘lgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlar uchun — ularni ko‘rstish boshlangan va hujjat bilan
tasdiqlangan sana;
og‘zaki ma’ruzalar, leksiyalar, so‘zga chiqishlar uchun — ma’ruzalar, leksiyalar, so‘zga
chiqishlar sanasi, agar ular ko‘rsatilgan sanagacha amal qilgan tegishli tadbirlarni o‘tkazish
qoidalariga muvofiq, belgilangan tartibda ovoz yozish apparaturasida yoki stenografiya yo‘li bilan
qayd etilgan bo‘lsa;
radio, televideniye, kino orqali ma’lumotlar uchun — bunday ma’lumot berilgan sana, agar
u ko‘rsatilgan sanagacha amal qilgan belgilangan tartibda mos axborot manbaida qayd etilgan bo‘lsa;
texnika vositasi haqidagi, undan foydalanish natijasida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar uchun
— ushbu ma’lumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.
Quyidagi shartlar majmui bajarilgan holda birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega bo‘lgan
ixtiro yoki foydali modelga talabnoma texnika taraqqiyoti darajasiga ustuvorlik sansidan e’tiboran
kiritiladi:
talabnoma O‘zbekiston Respublikasida topshirilgan holda;
talabnoma boshqa shaxs, ya’ni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan holda;
talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmagan holda.
Texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida (shuningdek o‘sha
shaxs tomonidan) patentlangan barcha ixtirolar va foydali modellar ustuvorlik sanasidan e’tiboran
kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida patentlangan ixtirolar va ixtirolar tegishli reestrda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan ixtirolar va ixtirolar formulasiga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.
217. Patent hujjatlaridagi qidiruv sohasining ta’rifi sifatida XPT rubrikalarining
indekslaridan foydalaniladi.
Qidiruv sohasini aniqlashda ixtiro obekti va eng yaqin analogdan farqlanuvchi funksional
mustaqil belgilari hisobga olinadi. Qidiruv sohasini aniqlashda, shuningdek agar ularga tegishli
funksional mustaqil bo‘lmagan farqlanuvchi belgilar bo‘lsa, ixtiro va eng yaqin analog uchun
umumiy bo‘lgan funksional mustaqil belgilari hisobga olinadi. Ushbu belgilarning qidiruvi ham
ma’lum obektlarda, ham ushbu obyektlar va ularning qismlarining vazifasidan qat’iy nazar qismlarida
o‘tkaziladi.
218. Qidiruv jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan qidiruv o‘tkazilayotgan ixtiro
belgilariga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar bilan ta’riflanadigan vosita topilgan taqdirda ham axborot
qidiruvi to‘xtatilmaydi va oxirigacha to‘liq hajmda olib boriladi. Qidiruv jarayonida topilgan
analoglar soni texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi takrorlashsiz va keraksiz qaytarishlarsiz to‘liq va
mazmunli axborot olish sharti bilan aniqlanadi.
219. Agar texnika taraqqiyoti darajasidan talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan ixtiro
formulasida bo‘lgan barcha belgilarga aynan o‘xshash belgilarga ega bo‘lgan vosita aniqlangan
bo‘lsa, ixtiro yangilik shartiga muvofiq emas deb, e’tirof etiladi.
Agar talabnoma berilgan ixtiro qurilma, usul, modda, shtammni yangi vazifada qo‘llashga
oid bo‘lsa, xuddi o‘sha qurilma, usul, modda, shtammni talabnoma beruvchi ko‘rsatgan vazifada
ishlatilgani ma’lum bo‘lgan adabiyot manbai topilgan holda bunday qo‘llash yangilik shartiga
muvofiq emas deb, e’tirof etiladi.
220. Texnika taraqqiyoti darajasidan aniqlangan, ko‘rilayotgan ixtiro ma’lum bo‘lgan
axborot manbai bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega bo‘lgan talabnoma bo‘lgan holda, bu
talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olish muddati o‘tmagan bo‘lsa,
ko‘rilayotgan ixtironing talabnoma beruvchisiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning
talabnoma beruvchisini ko‘rsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va uning talabnomasini ko‘rish bir
muncha oldinroq ustuvorlikka ega bo‘lgan talabnoma bo‘yicha bir qarorga kelingunga qadar to‘xtatib
turilishi haqida ma’lum qilinadi.
Talabnoma beruvchi talabnomani ko‘rish to‘xtatib turilishiga norozi bo‘lgan holda,
talabnoma berilgan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.
221. Agar formulaning bog‘liq bandlariga ega bo‘lgan mustaqil bandida ta’riflangan ixtiro
yangilik shartiga muvofiq bo‘lsa, bog‘liq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasini tahlili
o‘tkazilmaydi.
222. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan formulaning mustaqil bandida ta’riflangan ixtironing
yangilik shartiga muvofiq emasligi e’tirof etilganda talabnomani keyingi ko‘rib chiqish ushbu
Qoidalarning
230 — 233-bandlariga
muvofiq o‘tkaziladi.
223. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lmagan formula bilan ta’riflangan ixtironing yangilik shartiga
muvofiq emasligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillarini bayon qilgan holda
va bu dalillarga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari
asosida ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan so‘rovnoma yuborilishi mumkin.
224. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan ixtirolik darajasiga
muvofiqligi bo‘yicha tekshirish o‘tkazilmaydi.
225. Qonunning 6-moddasi
uchinchi qismiga
ko‘ra ixtiro agar mutaxassis uchun texnika
taraqqiyoti darajasidan yaqqol kelib chiqmasa, ixtirolik darajasiga ega deb hisoblanadi.
Ixtirolik darajasini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandida keltirilgan ixtiroga
nisbatan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ushbu Qoidalarning
28-bandiga
muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;
talabnoma berilgan ixtiro eng yaqin analogdan farqlanadigan belgilarni (farqlanuvchi
belgilar) aniqlash;
texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos bo‘lgan
texnikaviy yechimlarni aniqlash;
226. Agar ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos bo‘lgan texnikaviy yechimlarni
aniqlanmasa yoki bunday yechimlar aniqlangan holda ular talabnoma beruvchi tomonidan
ko‘rsatilgan texnikaviy natijaga erishishga ta’sir etishi tasdiqlanmagan bo‘lsa, ixtirolik darajasiga
muvofiq deb e’tirof etiladi.
Xususan, quyidagilar ixtirolik darajasiga muvofiq bo‘ladi:
belgilangan strukturali yangi kimyoviy birikmalarni (sinflar, guruhlarni) olish usullari;
ma’lum kimyoviy birikmalarni (sinflar, guruhlarni) olish usullari, agar ular ushbu sinf yoki
guruh birikmalari uchun yangi reaksiyaga yoki ushbu sinf yoki guruh birikmalari uchun ma’lum
bo‘lib, lekin uni o‘tkazish shartlari ma’lum bo‘lmagan reaksiyaga asoslangan bo‘lsa; erishish
imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik effektni ta’minlaydigan
kamida ikkita ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni ikkala ingrediyentning
xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy
ko‘rsatkichlari alohida ingrediyentning xususiyatlarining ko‘rsatkichlaridan yuqori);
erishish imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik effektni
ta’minlaydigan kamida ikkita ma’lum ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni ikkala
ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining
miqdoriy ko‘rsatkichlari alohida ingrediyentning xususiyatlarining ko‘rsatkichlaridan yuqori);
ma’lum birikmalar guruhining umumiy struktura formulasiga mos, lekin maxsus olingan va
tekshirilgan hamda ushbu guruh uchun sifat va miqdoriy jihatdan yangi ma’lum bo‘lmagan kimyoviy
birikmalar ( selektiv ixtiro).
Agar bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan ko‘p zvenoli formula bilan ta’riflangan talabnoma
berilgan mustaqil bandiga nisbatan ixtiro ixtirolik darajasi shartiga muvofiq bo‘lsa, bog‘liq bandlarga
nisbatan tekshirish o‘tkazilmaydi.
227. Xususan, quyidagilarga asoslangan ixtirolar ixtirolik darajasi shartiga muvofiq deb
e’tirof etilmaydi:
Texnikaviy natijaga erishish uchun xuddi shunday to‘ldirishlar ta’siri aniqlangan holda,
ma’lum vositani unga ma’lum qoidalar asosida biriktiriladigan biron-bir ma’lum qism (qismlar) bilan
to‘ldirishga;
Texnikaviy natijaga erishish uchun xuddi shunday almashtirishlar ta’siri aniqlangan holda,
ma’lum vositaning biron-bir qismini (qismlarini) boshqa ma’lum qism (qismlar) bilan almashtirishga;
Vositaning (elementni, harakatning) biron-bir qismini ushbu qism mavjudligi hisobiga hosil
bo‘ladigan funksiyasi bilan bir vaqtda chiqarib tashlash va shu bilan birga bunday chiqarib tashlash
uchun xos bo‘lgan natijaga erishish (konstruksiyani soddalashtirish, massani, o‘lchamlarni, material
sarfini kamaytirish, ishonchlilikni oshirish, jarayon vaqtini qisqartirish va h.k.);
Vositada xuddi shunday elementlar mavjudligi hisobiga hosil bo‘ladigan texnikaviy natijani
kuchaytirish uchun bir xil tipdagi elementlar, harakatlar sonini o‘zgartirishga;
Ushbu materialning xususiyatlari hisobiga hosil bo‘ladigan texnikaviy natijaga erishish
uchun ma’lum vositani yoki uning qismini ma’lum materaldan bajarilishiga;
turi va ular orasidagi munosabatlar ma’lum qoidalar, tavsiyanomalar asosida amalga
oshirilgan ma’lum qismlardan tashkil topgan vositani yaratishga, bu holda texnikaviy natija faqat
ushbu vosita qismlarining ma’lum xususiyatlari va ular orasidagi munosabatlari natijasida hosil
bo‘lsa;
ma’lum qurilma, usul, modda, shtamm yangi vazifada qo‘llanishiga, agar yangi vazifada
qo‘llash uning ma’lum xususiyatlari, strukturasi, bajarilishi natijasida mumkin bo‘lsa va ushbu
vazifani amalga oshirish uchun aynan shunday xususiyatlar, struktura, bajarilish zarurligi ma’lum
bo‘lsa.
Shuningdek, miqdoriy belgilarning o‘zgarishiga, bunday belgilarning o‘zaro bog‘liqlikda
taqdim etish yoki uning ko‘rinishini o‘zgartirishga asoslangan ixtirolar ixtirolik darajasiga muvofiq
deb e’tirof etilmaydi, agar ularning har birining texnikaviy natijaga ta’sir etishi ma’lum bo‘lsa va bu
belgilarning yangi qiymatlari yoki ularning o‘zaro bog‘lanishi ma’lum bog‘lanishlar, qonuniyatlardan
kelib chiqqan holda olinishi mumkin bo‘lsa.
Talabnoma berilgan ixtiro farqlanuvchi belgilarining texnikaviy natijaga ta’sirining
ma’lumligi bir yoki bir necha axborot manbai bilan tasdiqlanishi mumkin. Aniq texnika sohasidagi
umum e’tirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni biror axborot manbaini ko‘rsatmasdan jalb
qilishga yo‘l qo‘yiladi. Lekin bu agar talabnoma beruvchi talab qilgan holda talabnomani keyingi
ko‘rib chiqishda ekspertizani bunday manbalarni ko‘rsatish majburiyatidan xalos etmaydi.
Texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos belgilari bo‘lgan
yechimlar aniqlangan holda, agar ular talabnoma beruvchi tomonidan aniqlanmagan bo‘lsa yoki
talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijaga erishilmagani aniqlangan holda
ularning texnikaviy natijaga ta’siri ma’lumligini tasdiqlash talab qilinmaydi.
228. Agar bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan mustaqil band bo‘yicha ixtiro ixtirolik darajasi
shartiga muvofiq emasligi aniqlangan holda talabnomani keyingi ko‘rib chiqish ushbu Qoidalarning
236-bandiga
muvofiq o‘tkaziladi.
229. Agar bog‘liq bandlarga ega bo‘lmagan formula bilan ta’riflangan ixtiro ixtirolik
darajasiga ega emasligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga, tegishli dalillarni bayon qilib
so‘rovnoma yuboriladi va ushbu dalillarga nisbatan o‘z fikrini bildirish taklif etiladi.
230. Agar ixtiro tarkibida bog‘liq bandlar bo‘lgan ko‘p zvenoli formula bilan ta’riflangan
bo‘lsa va mustaqil bandning yangilik yoki ixtirolik darajasi shartiga javob bermasligi sababli patentga
layoqatli emasligi haqida xulosa olingan holda, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va
talabnomani ko‘rib chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqidagi fikrini bildirishni va agar
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini tasdiqlagan holda, ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim
etish taklif etiladi. Mustaqil bandga bog‘liq bandlarning mazmunini qo‘shganda e’tiborga olinishi
mumkin bo‘lgan axborot manbalari ekspertga ma’lum bo‘lganda talabnoma beruvchiga bu haqida
ma’lum qilinishi mumkin.
231. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan mustaqil bandga nisbatan ixtironing patentga
layoqatliligi aniqlangan holda, ushbu bog‘liq bandlardagi ixtiro belgilarining ta’rifi ixtironi amalga
oshirishga yoki talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasini bajarishiga to‘sqinlik
qilmasligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bundan tashqari, bog‘liq bandlardagi belgilarni jalb qilgan
holda ta’riflangan ixtiro jamiyat manfaatlariga, axloq-odob qoidalariga zid emasligiga ishonch hosil
qilishi lozim.
232. Bog‘liq bandlarga ega bo‘lgan ko‘p zvenoli formula bilan ta’riflangan ixtironi yuqorida
ko‘rsatilgan barcha shartlarga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy bo‘lgan holda patentga layoqatli deb
tan olinadi va patent berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
233. Shartlardan birortasiga nisbatan tekshirish natijasi salbiy bo‘lgan holda talabnoma
beruvchiga bu haqida so‘rovnomada ma’lum qilinadi va ekspertiza xulosasini rad etuvchi dalillarini
taqdim etish yoki formulani tuzatish yohud ixtiro formulasidan bunday bog‘liq bandlarni chiqarib
tashlash taklif etiladi.
234. Agar talabnoma ixtirolar guruhiga berilgan bo‘lsa, patentga layoqatlilikni tekshirish
guruhga kirgan har bir ixtiroga nisbatan o‘tkaziladi. Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha
ixtirolar patentga layoqatli bo‘lgan holda tasdiqlanadi.
Agar guruhning barcha ixtirolari patentga layoqatli emasligi aniqlangan holda talabnoma
beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida o‘z fikrini bildirish, hamda zarur
holda patentga layoqatli bo‘lmagan ixtirolar ta’riflangan bandlarni formuladan chiqarib tashlash yoki
bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.
235. Agar yuqorida keltirilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing
o‘zgartirilgan formulasi taqdim etilgan bo‘lsa, talabnomani ko‘rib chiqishni davom ettirish ushbu
formulada ta’riflangan ixtiroga (ixtirolarga) nisbatan ushbu Qoidalarning
186 — 201-bandlariga
muvofiq o‘tkaziladi.
Talabnoma beruvchi ekspertiza xulosasini rad etuvchi dalillarni yoki o‘zgartirilgan
formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilgan holda talabnomani ko‘rib
chiqish davom ettirilmaydi va patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |