to‘g‘risidagi iltimosnoma ixtiroga talabnoma berilgan sanadan e’tiboran uch yil o‘tmasdan turib ham
topshirilishi mumkin. Belgilangan muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan bir vaqtda
ko‘rsatilgan muddat uzaytirilgani uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan
hujjat taqdim etiladi.
Ixtiro xaqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnik ekspertizasi o‘tkazish
to‘g‘risidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, ixtiro haqidagi talabnoma
chaqirib olingan hisoblanadi va talabnoma beruvchi bu to‘g‘rida xabardor qilinadi.
Talabnomaning mohiyat bo‘yicha ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan
birga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.
Talabnoma beruvchi iltimosnoma va belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligi
to‘g‘risidagi hujjat Agentlikka kelib tushgani haqida xabardor qilinadi.
Shuningdek talabnoma beruvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan topshirilgan
iltimosnoma va belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat to‘g‘risida ham
xabardor qilinadi.
Agar talabnoma beruvchi tomonidan mohiyat bo‘yicha talabnoma ekspertizasini o‘tkazish
to‘g‘risida ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam to‘langan bo‘lsa, talabnoma
beruvchiga to‘langan patent bojini va formulaning mustaqil va bog‘li bandlari sonini bildirishnoma
jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida muvofiqlashtirish zarurligi xaqida bildirishnoma
yuboriladi. Talabnoma beruvchi ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ixtirolarga tegishli formula
bandlarini ko‘rsatish, yo ekspertiza o‘tkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani va/yoki
qo‘shimcha patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.
Agar talabnomaning mohiyat bo‘yicha ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma har
qanday boshqa shaxs tomonidan topshirilgan bo‘lib, patent boji belgilanganidan kam miqdorda
to‘langan bo‘lsa, talabnomaning mohiyat bo‘yicha ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma
qondirilmaydi va bu haqda iltimosnoma beruvchi va talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
Bir nechta shaxsdan iltimosnoma tushgan hollarda Agentlikka keyinroq kelib tushgan
iltimosnoma egasi avvalroq kelib tushgan iltimosnomalar xaqida xabardor qilinadi.
Talabnomaning mohiyat bo‘yicha ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bilan
murojaat qilgan talabnoma beruvchi bo‘lmagan har qanday shaxs talabnomani ko‘rib chiqishda
qatnashmaydi.
Talabnoma bo‘yicha yozishma talabnoma beruvchi yoki uning vakili bilan olib boriladi.
Iltimosnoma bilan murojaat qilgan har qanday shaxsga talabnomani ko‘rib chiqish natijalari
buyicha qabul qilingan qaror nusxasi yuboriladi.
Talabnoma beruvchi ixtiro uchun talabnomani foydali model uchun talabnomaga
o‘zgartirgan hollarda uning ixtiro uchun talabnoma sifatida ko‘rib chiqilishi to‘xtatiladi.
173. Bildirishnomada ko‘rsatilgan belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan
muddatda to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta ixtiro uchun talabnoma
bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi, ixtirolar guruhiga talabnoma
bo‘yicha esa mohiyati bo‘yicha ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar
bo‘yicha yoki agar u tanlagan bandlar haqida ko‘rsatilgan muddatda xabar bermagan holda formulada
birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
174. Ixtiroga talabnoma ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:
ixtiro ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi
qismlariga
ko‘ra so‘ralayotgan bo‘lsa;
talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro formulasining ushbu Qoidalarning
62 — 85-
bandlarida
keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;
qo‘shimcha materiallarni ushbu Qoidalarning
22-§ iga
muvofiq tekshirish, agar talabnoma
beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan bo‘lsa;
talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani
ko‘rib chiqishda e’tiborga olingan qo‘shimcha materiallarda taklif qilingan formulada ta’riflangan
ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: