Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘G‘risida


-§. Ixtiro formulasini tekshirish



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/33
Sana11.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#443577
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
1329 22.03.2004hghfhfhfhf

19-§. Ixtiro formulasini tekshirish 
186. Tekshirish ixtironing talabnoma rasmiy ekspertizasi tugagan vaqtdagi dastlabki 
materiallardagi formulasiga nisbatan o‘tkaziladi, agar u talabnoma beruvchi tomonidan bundan keyin 
o‘zgartirilgan holda, ushbu Qoidalarning
20-§ida 
ko‘rsatilgan talablar bajarilgan bo‘lsa, 
o‘zgartirilgan formula tekshiriladi. 
Formulani tekshirishda ixtiro birligi talabi bajarilganligi aniqlanadi. 
Ixtiro birligi talabi buzilganligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga so‘rovnoma 
jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida bitta ixtiroga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan 


ixtirolar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinishi 
mumkin. Bu holda, tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qo‘shimcha patent boji 
to‘lash zarurligini ko‘rsatib o‘tiladi. 
Talabnomani topshirish uchun patent boji formuladagi bandlar soni uchun belgilangan 
miqdordan kam to‘langanda, talabnoma beruvchiga yuborilgan so‘rovnomada patent boji miqdori va 
formula bandlari sonini formula bandlariga tuzatish kiritish va/yoki patent bojiga qo‘shimcha to‘lash 
yo‘li bilan muvofiqlashtirish taklif qilinadi. 
Talabnoma beruvchi belgilangan muddatda topshirilgan talabnoma doirasida qaysi ixtiro 
(lar)ni ko‘rib chiqish lozimligi haqida ma’lum qilgan holda, tekshirish shu ixtiro(lar)ning formulasiga 
nisbatan o‘tkaziladi. 
Agar talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday xabar kelmagan taqdirda, 
tekshirish ixtiro formulasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan ixtiroga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil 
etgan ixtirolar guruhiga nisbatan o‘tkaziladi. 
187. Ixtiro formulasini tekshirishda unda talabnoma berilgan ixtironing majmui talabnoma 
beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli bo‘lgan muhim belgilari 
mavjudligi aniqlanadi. 
Agar biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmagan, lekin tavsifda yoki formulaning bog‘liq 
bandida keltirilgan bo‘lib, usiz texnik natijaga (natijalardan birortasiga, agar talabnoma beruvchi 
texnik natijasining bir necha turini ko‘rsatgan bo‘lsa) erishilmasa, talabnoma beruvchiga bunday 
belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bu holda texnik natijaga erishish 
uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar 
tavsifda ochib berilgan belgilar va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishiga yoki ekspertiza 
tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin. 
188. Ixtiro formulasini tekshirish undagi belgilarni ushbu Qoidalarnin 
81 — 85-bandlariga 
muvofiq aynanlashtirish mumkinligini aniqlashni ichiga oladi.
Agar belgini aynanlashtirish mumkin bo‘lishi uchun uning ta’rifini ixtiro tavsifiga asosan 
tuzatish zarur bo‘lsa, talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni o‘tkazish taklif etiladi. 
Belgini aynanlashtirish mumkinlik sharti bajarilgan bo‘lib, lekin uni ta’riflash uchun 
eskirgan yoki ma’lum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos bo‘lmagan atamalar 
qo‘llanilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga ixtiro formulasiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya 
qilinadi.
Ixtiro formulasini tekshirish formulada faqat texnikaviy bo‘lmagan yoki ushbu Qoidalarning 
29-bandida 
keltirilgan nizomlarni hisobga olgan holda, ixtironi aks ettiradigan vositaga oid deb tan 
olinmaydigan natijani (elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni yoki bunday dasturlarda 
ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda ta’riflanadigan ixtirolar uchun) olish uchun zarur 
bo‘lgan belgilarni aniqlashni o‘z ichiga oladi. 
Ixtiro formulasida faqat texnikaviy bo‘lmagan yoki ushbu Qoidalarning 
29-bandida 
keltirilgan nizomlarnii hisobga olgan holda, ixtironi aks ettiradigan vositaga oid deb tan olinmaydigan 
natijani olish uchun zarur bo‘lgan belgilar majud bo‘lgan holda talabnoma beruvchiga bunday belgini 
formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni o‘tkazish taklif etiladi. Bu holda, unga ixtironi 
ixtirolik darajasi shartiga muvofiqligini tekshirishda bunday belgilar e’tiborga olinmasligi va shu 
bilan birga patent berilgan holda ularni formulasida saqlab qolinishi huquqiy muhofaza hajmini 
torayishiga olib kelishi mumkinligi ma’lum qilinadi. 
Ixtiro formulasida ixtiro obekti bo‘lgan qurilmada yoki usulga oid ixtiroda foydalaniladigan 
so‘zli, tasviriy yoki aralash belgilar turiga kiradigan belgilar mavjud bo‘lgan holda talabnoma 
beruvchining diqqatini ushbu holatga qaratiladi. Bu holda, unga bunday belgilar qurilma bilan bir xil 
vazifada ishlatiladigan tovarlar yoxud tegishli xizmat turlari uchun boshqa shaxslar tomonidan 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish 
belgilari) bilan, tovarlar kelib chiqqan joy nomlari bilan mos kelib qolishi yoki aralashtirish darajasida 
o‘xshash bo‘lishi mumkinligi, ixtirodan foydalanganda esa, patent egasi va tovar belgisi (xizmat 
ko‘rsatish belgisi) egasi orasida to‘qnashuvga olib kelishi yoxud tovarlar kelib chiqqan joy 


nomlaridan qonunga zid ravishda foydalanishga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lum qilinadi va 
bunday belgilarnini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni o‘tkazish taklif etiladi. 
189. Agar ixtiro formulasi tarkibida umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi bo‘lsa, ushbu 
Qoidalarning 
71-bandiga 
muvofiq undan foydalanish qonuniyligi aniqlanadi. 
Xususan, agar belgi funksiya, xususiyat darajasida ta’riflangan bo‘lsa, ixtiro tavsifi ushbu 
umumiy tushunchaga kiradigan belgining ixtironing mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim 
belgilar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijani olishni ta’minlash 
uchun yetarli ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi. 
190. Agar talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijani olish imkoniyatini 
faqat eksperimental ma’lumotlar tasdiqlashi mumkin bo‘lsa, ixtiro tavsifida misollar keltirilganligi, 
va shuningdek texnikaviy natijaga faqat misollar bilan qamrab olingan xususiy hollarda erishish 
imkoniyati haqida xulosa qilish uchun yetarli ekanligi emas, balki talabnoma beruvchi tomonidan 
ixtironing belgilarini ta’riflashda foydalanilgan umumlashtirish darajasi qonuniyligi tekshiriladi. 
Ekspertiza tomonidan belgining ushbu umumiy tushunchaga kiradigan, lekin boshqa muhim 
belgilar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnik natijani olishni 
ta’minlamaydigan xususiy hollarda amalga oshirilganligi aniqlangan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga 
tegishli dalillar keltiriladi va ularni rad etish yoki formulaga tavsif asosida tuzatish. 
Agar talabnoma beruvchi tomonidan belgini ta’riflashda foydalanilgan tushunchalar 
formulaga kiritilgan bo‘lib, tavsifda keltirilmagan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga formula tavsifga 
chizmalarni hisobga olgan holda asoslanmaganligi ma’lum qilinadi va bu tushunchalarni tavsifga 
kiritish taklif qilinadi. 
191. Formulani ushbu Qoidalarning 
81-bandi 
talabiga muvofiqligini tekshirishda ixtiro 
ta’riflangan tushunchalar uning tavsifida keltirilganligi yoki chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.
192. Agar talabnomada bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli ko‘p zvenoli formula 
keltirilgan bo‘lsa, bunday formulada (ushbu Qoidalarning 
4-bandi
 talablariga muvofiq) bitta ixtiro 
ta’riflanishi lozimligi tekshiriladi. 
193. Ko‘rsatilgan talablar buzilganligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga 
yuboriladigan so‘rovnomada bu haqida ma’lum qilinadi va tegishli patent bojini to‘lab, formulani 
tuzatish taklif qilinadi. Bu holda, shuningdek tuzatilgan formulada ixtiro birligi talabi bajarilishi va 
tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida ko‘rsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilgan 
holda, tegishli patent bojini to‘lash, yoxud talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etgan holda, 
keyingi ko‘rib chiqishda e’tiborga olinadigan ixtironi ko‘rsatish zarurligi keltiriladi. 
Agar talabnoma beruvchi tomonidan belgini ta’riflash uchun alternativ tushunchalardan 
foydalanish sharti bajarilmaganligi ko‘rsatilgan xulosaga kelish uchun asos bo‘lsa, yo‘l qo‘yilgan 
xatoga oid bo‘lgan aniq alternativ ta’riflarni (talabnoma beruvchi tomonidan keltirilgan hammasi yoki 
ba’zi birlarini) keltirgan holda ko‘rsatiladi. 
194. Agar talabnoma beruvchi tomonidan bir nechta mustaqil bandli ko‘p zvenoli formula 
taklif qilingan bo‘lsa, ularning har biri (o‘ziga bog‘liq bandlar bilan birgalikda, agar ular bo‘lsa) 
ushbu Qoidalarning 
71-bandida 
bayon qilingan talablarga muvofiq tahlil qilinadi. 
195. Formulani tekshirish, shuningdek quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
a) ixtiro ko‘p zvenoli formulasining bog‘liq bandlarida ixtironing tegishli xususiy bajarilish 
hollaridagi yoki jamiyat manfaatlari, insonparvarlik yoki axloq-odob qoidalariga zid belgilar 
mavjudligini aniqlash; 
b) ixtiro formulasida o‘zi bog‘liq bo‘lgan bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki 
almashtirishni ko‘zda tutadigan bog‘liq bandning mavjudligi. 
196. Har bir mustaqil bandi (o‘ziga bog‘liq bandlar bilan birgalikda, agar ular bo‘lsa) bitta 
ixtironi ta’riflaydigan ko‘p zvenoli formulaga nisbatan unga kiritilgan ixtirolar yagona ixtirochilik 
fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhidan iboratligi aniqlanadi. 
Agar formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolar o‘zaro yagona ixtirochilik fikrini 
tashkil qilgan holda bog‘liq bo‘lsa, yagona ixtirochilik fikri sharti bajarilgan deb e’tirof etiladi. 


197. Mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolarni variantlarga tegishliligi to‘g‘riligini 
tekshirishda ixtirolarning talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasi va texnik natijalar mos 
tushishiga ishonch hosil qilish lozim. 
Agar guruhdagi ixtirolarning har biri uchun bir necha texnik natijalar ko‘rsatilgan bo‘lib, 
mos tushishlik faqat ba’zilariga nisbatan aniqlangan bo‘lsa, texnik natijalarning mos tushishlik sharti 
buzilgan deb hisoblanmaydi. 
Texnik natijaning barcha ixtirolar uchun umumiy ta’rifidan tashqari birortasining ta’rifida 
o‘ziga xos alohida xususiyati (“ishqalanishning kamayishi” va “yuqori namlik sharoitlarida 
ishqalanishning kamayishi”) ko‘rsatilgan holda texnik natijalarning mos tushishlik sharti buzilgan 
deb hisoblanmaydi. 
198. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan ixtiro formulasini tekshirishda u 
formulaning tuzilishi va bayon qilinishiga belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan bo‘lsa, 
shu jumladan bunday muvofiq emaslik rasmiy ekspertiza o‘tkazishda aniqlanmagan holda ham ixtiro 
formulasini tuzatish taklif qilinadi.
Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan ixtiro formulasini tekshirishda u ushbu 
Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan bo‘lsa, lekin bu kamchiliklar 
ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishga to‘sqinlik qilmasa, ixtiro formulasinini tuzatish bilan 
bog‘liq barcha savollar ixtironing patentga layoqatliligi haqida dastlabki xulosa olingandan so‘ng xal 
qilinadi. 
199. Ekspertiza so‘rovnomasiga ko‘ra yoki talabnoma beruvchining o‘z tashabbusiga ko‘ra 
o‘zgartirilgan formulaga nisbatan ushbu Qoidalarning 
187 — 197-bandlariga
muvofiq tekshirish 
o‘tkaziladi. 
Ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan 
tasdiqlangan, o‘zgartirilgan formula qabul qilinadi. 
200. Tekshirishda bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli ko‘p zvenoli formula 
bittadan ortiq ixtiroga oidligi aniqlangan bo‘lsa va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan bosh 
torsa, ekspertizani davom ettirish talabnoma beruvchi tomonidan keyingi ko‘rib chiqish lozim 
bo‘lgan ixtiro ko‘rsatilgan holda mumkin bo‘ladi va bu holda patentga layoqatlilikni baholash faqat 
ushbu ixtiroga nisbatan amalga oshiriladi. 
201. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu 
paragrafga muvofiq tekshirish o‘tkazilgan formula qabul qilinadi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish