II BOB. AGENTLIK BILAN PATENT OLISh BO‘YIChA IShLARNI OLIB BORISh
7-§. Vakil tayinlash
118. Talabnoma bo‘yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko‘rib chiqishda o‘z
manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi
mumkin.
Agentlik oldida vakillik qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan
ishonchnoma, oddiy yozma shaklda tuziladi.
Agar ishonchnoma o‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan bo‘lsa, tarjimasi ilova
qilinadi.
Ishonchnoma talabnomani topshirishda taqdim etiladi.
Agar ishonchnoma, Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bir necha patent vakili nomiga
berilgan bo‘lsa, u holda talabnoma bo‘yicha patent olish ishlari ularning har biri tomonidan olib
borilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |